4.Zamonaviy ta`limda keng qo`llanayotgan interfaol metodlar
INTERFAOL METOD – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “INTERAKTIV” (interfaol)-inglizcha so’z bo’lib, “interact”- “inter”- bu o’zaro, “act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.
Umumlashtirganda esa “Interaktiv” (interfaol) –“o’zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.
STRATEGIYA VA METODOLOGIYA;
▲DOIMIY MULOQOTGA ASOSLANGAN METODLAR TIZIMI;
▲BIRGALIKDAGI O’QISH VA FAOL ISHTIROK ETISHDIR.
Norasmiy baxs – munozaralar o’tkazish;
O’quv materiallarini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati;
Ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi;
O’quvchilar tashabbus ko’rsatishiga imkoniyatlar yaratilishi;
Kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish;
Yozma ishlar bajarish.
INTERFAOL USULLARNI QO’LASH NATIJASIDA QUYIDAGILARGA ERISHILADI
Mustaqil fikrlash;
Tahlil qilish;
Xulosalar chiqarish;
O’z fikrini bayon qilish va uni asoslangan holda himoya qilish;
Sog’lom muloqot;
Munozara, baxs olib borish;
Ko’nikmalarning shakllanishi.
Texnika tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bevosita bog‘liq holda fanga 1872 yil kirib kelganligini ta’kidlash lozim. U yunoncha «texnos», ya’ni san’at, mahorat, hunar, shuningdek, «logos»- fan so‘zlaridan tashkil topib, mahorat va hunar fani ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya o‘qituvchining o‘quvchi faoliyatiga bevosita ta’siri bo‘lib, uning shaxsiy sifatlarini shakllantirishga amaliy yordam beradi. Metodika o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar yig‘indisidir. Pedagogik texnologiya esa o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va natijalarini kafolotlovchi tadbirlar yig‘indisidir. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘kuv jarayonida qo‘llash bo‘lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardandir. Ma’lumki xukuqiy ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda, asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog‘liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat.
Ma’lumki, inson hamma sohada biror maqsadga erishish yo‘lida o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan yo‘l, usul, vositalardan foydalanib, zarur faoliyatni amalga oshiradi. Demak avval maqsad paydo bo‘lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holdagi faoliyat kelib chiqadi. Bundan ko‘rinadiki, maqsad har bir ishning sababi va so‘nggi natijasini belgilaydi. Lekin aytish kerakki, maqsadning o‘zi ma’lum sabablar asosida shakllanadi. Bunday sabablar ehtiyoj deyiladi. Agar extiyoj paydo bo‘lsa, maqsad kelib chiqadi va shu maqsad faoliyatga sabab bo‘ladi. Extiyoj va maqsad umumiy nom bilan motivlar deb ataladi. Bundan esa har bir faoliyat motivlar asosida kelib chiqishi va shu motivlarga muvofiq davom etishi hamda so‘nggi natijaga erishish ko‘zda tutiladi.
Dars jarayonida, ta`lim-tarbiyada o’quvchi asosiy harakatlantiruchi kuch, ta`lim jarayonining sub`ekti bo’lishi kerak, ya`ni o’qish, o’rganish, muomala qilish o’quvchi zimmasiga o’tishi kerak. O’qituvchining vazifasi esa o’qitishdan o’qishni o’rgatishga, bilimi berishdan o’quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko’maqlashishdan iborat bo’lishi kerak. U o’quvchida ehtiyoj tug’dirish, muhit yaratish va uni mas`uliyatni his qilishga yo’llashi kerak. Har bir dars oldiga ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, bir-biri bilan bog’lik maqsadlar qo’yiladi. Bunga erishish uchun o’qituvchi rahnamoligida o’quvchilar bilan birgalikda harakat qilinadi. Bu jarayonni didaktikada "o’quv jarayoni" deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |