Xulosa qilib shuni aytish joizki, metodika bo`yicha tadqiqotlar olib borishda zamonaning eng ilg`or usullaridan biri xar bir ob`ekt (narsa va xodisa) ga majmua yondashishdan foydalanish zarur. Aks xolda tadqiqot an`anaviy tus olib, kechagi kunni ifoda etib qoladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, dars o`tish uslubiyotidan tadqiqotlar olib borish jarayonida pedagogik texnologiya tamoyillari markaziy o`rinda turishi shart. Chunki u butunlay darsga majmuadan kelib chiqib yondashuvga asoslangan.
Yuqorida qayd etilgan majmualar nazariyasidan kelib chiqib ta`lim-tarbiya jarayoni asosiy shakli xisoblangan barcha darslar kabi ijtimoiy-gumanitar fanlardan dars majmuasini quyidagicha tavsiflaymiz:
-dars o`zining asosiga ko`ra tartibli, chunki u avvaldan rejalashtiriladi, va ma`lum maqsadga yo`naltiriladi;
-tizimga va tezlikka ega chunki u doim rivojlanib o`zgarib turadi;
-ikki tomonlama hususiyatga ega ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi;
-tiklanuvchi ma`lum bir darsni qaytarsa bo`ladi.
-murakkab u ikkitadan ortiq elementdan tashkil topgan;
-markazlashgan, uning markazida ta`lim oluvchi shaxsi turadi.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asosan o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimida ijtimoiy gumanitar fanlarning xajmi ham, salohiyati ham ortib bormoqda. Bizningcha bunday jarayon dunyo ta`lim bozoridagi tendentsiyalarga mos va ularga ma`lum darajada ekvivalent, jahon andozalariga mos mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatini beradi. Ta`lim mazmunining gumanistik paradigmasi o`rta maxsus kasbiy ta`limida ham shaxsni rivojlantirishga qaratilgan gumanitar texnologiyalarni ishlab chiqishni hozirgi kunning eng dolzarb talabiga aylantirdi.
«Ta`lim jarayonining gumanitar texnologiyasi» tushunchasi yoshlarni milliy istiqlol g`oyalari va mafkurasi tarbiyalashning kafolatlangan maqsadlariga erishish quroli oldindan, loyihalashtirilgan ta`limtarbiya jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
U didaktik maqsad, talab etilgan o`zgarish darajasiga erishish, mafkuraviy tarbiyaning natijasi o`laroq, yoshlar ijtimoiy ongi, dunyoqarashi, xatti xarakati va xarakterida namoyon bo`lish jarayonini oldindan loyihalashtirishdan iborat bo`ladi.
«Gumanitar pedagogik texnologiyalarning tamoyillari» quyidagilardan iborat: tarbiyalanganlikning kafolotlangan natijalari, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, yoshlar yurish-turushi, axloqi, turmush tarzida, xarakterida, dunyoqarashida milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining aniq shakllanganligi va ma`naviyatining yuksakligi bilan belgilanadi.
Gumanitar pedagogik texnologiyalar, o`quv-biluv faoliyatining izlanuvchanlik xarakteri tarbiya jarayoniga evristik hususiyat kasb etadi va ta`lim-tarbiya jarayonida yuqori darajadagi muammoli, muammoli-rivojlantiruvchi ta`lim metodlaridan, vaziyatlarni taxlil qiluvchi topshiriqlardan foydalanishni taqazo etadi.
Gumanitar pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy gumanitar fanlarni o`qitishda keng ko`lamda ko`llash sharoitida milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasini yoshlar ongiga singdirish targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borish uchun ilmiy o`quv metodik majmualar yaratish, ta`lim-tarbiya jarayonlarini didaktik metodik va tashkiliy jixatdan ta`minlash darkor. Gumanitar pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish quyidagi ketma-ket bosqichlarni o`z ichiga oladi: analitik, kotseptual maqsadli, mazmunli va jarayonli.
Gumanitar pedagogik texnologiyalarni tuzishning analitik bosqichlarida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Kadrlar tayyorlash milliy modeli”dan o`quv predmeti bo`yicha davlat ta`lim standartlari, ulardan kelib chiqadigan xulosalar, yosh avlodni milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi ruhida tarbiyalashda ta`lim va tarbiya mazmunini tanlash xolatlari, tegishli mashg`ulotlarning umumiy aniq maqsadiga erishish uchun ta`limning tashkiliy shakllarini tanlash katta ahamiyatga ega bo`ladi.
O`quvchi yoshlarda zukkolik, aqllilik hislatlarini shakllanti-rilayotganidan uning mezonlariga e`tabor qaratish darkor. Hozirgi dunyo ta`lim bozorida aqlli bo`lish uchun faqat bilim, iqtidor va ko`nikmalarning xajmi etarli emas. Aqlli shaxs deganda ma`lum malakaga ega bo`lgan analitik, va sintezik fikrlay voqelikni induktiv va diduktiv analiz qila oladigan, fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan tadbirkor, intizomli shaxs tushuniladi. Shu xislatlarning birontasi etarli bo`lmasa shaxsni mukammal deb bo`lmaydi.
O`quvchi shaxs xam buyurtmachi xam is`temolchi sifatida hamda o`z-o`zini boshqaruvchi va o`z o`zini to`g`ri yo`lga soluvchi sifatida juda ham rivojlangan tizim xisoblanadi. Shaxs “ichki psixolog” faoliyatini boshqarishda ichki tanlov mezonlariga, tez-tez o`zgaruvchan xarakterga ega. Shuning uchun ham auniqa yosh bo`g`inlarni dastlabki ichki xislatlarida biron bir xulosa qilishda shoshilmaslik, umuminsoniy, milliy, vatanparvarlik qadriyatlarga amal qilishni ta`minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarning mafkuramizga zid oqimlarga qo`shilib ketishini oldini olishning birdan-bir yo`li ularni . O`zbekistonning milliy g`oyasi va mafkurasi g`oyalari bilan qurollantirishdan iborat.
Gumanitar pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishning kontseptual bosqichida bosqichli ta`lim tizimi elementlarida nazarda tutilgan asosiy g`oyalar ifodalangan hulosalar xisobga olinadi. Aniqrog`i o`rta maxsus, kasb-xunar ta`lim tizimining, o`quvchi yoshlar o`rtasida o`tkaziladigan mafkuraviy targ`ibot ishlarini o`ziga xos talablari, mezonlari hisobga olinadi.
Gumanitar pedagogik texnologiyani mazmunli bosqichida ta`lim sohalari, shuningdek ijtimoiy gumanitar fanlar blok tizimidagi o`quv predmetlari va suhbat mavzulari mazmunini tanlash tamoyillari va mezonlari aniqlanadi va tanlangan mezonlar asosida bevosita ta`lim va tarbiya mazmuni tanlanadi, tizimlashtiriladi va turli joylarda tarqalib yotgan ilmiy, ommabop axborotlar o`quv tarbiya axborotlariga aylantiriladi.
Gumanitar pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishning jarayonli bosqichida o`qituvchi yoki tarbiyachilarning vazifalari, o`quvchilar va tinglovchilarning o`quv faoliyatini bajarilishiga yo`naltirilgan ta`lim va tarbiya shakllari, ta`lim va tarbiya metodlari tanlanadi. Bu jarayonning pedagogic texnologiyasida o`qituvchi va o`quvchilarning targ`iboti va eshituvchilarning o`zaro munosabatlarida demokratik usullar noan`anaviy tashkiliy shakllar va tarbiya vositalarini tanlashga aloxida o`rin beriladi.
Gumanitar pedagogik texnologiyalarni tuzishda an`anaviy ta`lim va tarbiya metodlaridan nimalarni olish mumkin? I.A.Karimovninng “Yangisini qurmasdan eskisini buzmaylik” iborasi ta`lim-tarbiya tizimiga ham bevosita ta`luqlidir. Ijtimoiy gumanitar fanlarni o`qitishda o`quvchilar va eshituvchilar bilan bevosita aloqa, og`zaki so`rov, yozma ishlar olish, insho, mustaqil ish, sur`atlar chizish, shakllar yasash, amaliy ishlarni xususan konturli kartalarni to`ldirish turli rasmlarni tasvirlarni qog`oz, yog`och, yung, metall, plasmassa materiallaridan tayyorlash, maqola, izohli o`qish, dramalashtirish, monologlarni hayajonli bayon etish tarzida olib boriladi Shu bilan birga milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasini yangi dasturlar asosida o`qituvchilar ongiga singdirishda an`anaviy metodlarning uzi etarli bo`lmay qoldi. Xozirda ta`lim –tarbiya jarayonini faollashtirish uchun o`quvchilar va eshituvchilar bilan ishlashda muammoli, dasturli, izlanuvchi metodlardan ko`prok foydalanish, amaliy mashg`ulotlarda esa ishchan va pedagogik uyinlarni kullash, aloxida–aloxida individual topshiriqlar berish, o`quvchilar va eshituvchilarni yakkama yakka va guruxiy faoliyatlarni uyg`unlashtirishni amalga oshirilishi zarur shartlardan biri bo`lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |