«Senariy» («Sahna») - ijodiy fikrlashni rivojlantirish, tadbirning reja-senariysini tuzish ko‘nikmasi hamda sahna va aktyorlik, madaniyat, rejissura, tadbirni tashkil etish, notiqlik mahoratini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Strategiya — tashkilot, sohalar, hududlar, mamlakat, millat taqdiri uchun jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan, aniq belgilangan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan asosiy harakatlarning uzoq, muddatli dasturi.Ta’lim sohasidagi bosh maqsadlarga qaratilgan uzoq, muddatli ishlarni amalga oshirish dasturi ta’lim strategiyasini hosil qiladi.
Tafakkur operatsiyalari — qiyoslash, tahlil, sintez, abstraktlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtirish, tasniflash, tizimlash.
Taktika — bosh maqsad yo’lida xususiy, oraliq, masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan harakatlarni tashkil qilish usuli.Pirovardida strategik maqsadlarga ko’prok, samara bilan erishishni ta’minlash uchun sharoitning o’zgarishlarini mos ravishda hisobga olish.
«Talaba» - talaba (yoki o‘quvchi)lar bilan yakkama-yakka holda ishlasho‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikdaishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
«Tanishuv» - talaba (yoki o‘quvchi)larni bir-biri bilan tanishtirish,do‘stona munosabat va ijodiy muhit yuzaga keltirish, ularning ijodiyimkoniyatlari va shaxsiy sifatlarini ochish, jamoada ishlash uchun qulaysharoit vujudga keltirish hamda talaba (yoki o‘quvchi)lar o‘rtasidapsixologik to‘siqlarni yengishga yo‘naltirilgan.
«Tanqid qilishni o‘rganing» - tanqid ko‘rinishlarining tasnifi,ularni ishlatish yo‘llari bilan tanishtirish, tanqidni to‘g‘ri qabul qilishko‘nikmasi va tanqid qilish madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Ta’lim-bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni bo‘lib, kishini hayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o‘zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi kabilar bilan belgilanadi.Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma’lumotga bo‘lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g‘oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o‘zgarib, takomillashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |