Loyihalashtirish – real natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibgasolingan harakatlar izchilligini o‘z ichiga oluvchi muammoni o‘zgartiruvchifaoliyatni anglatadi.
4. Topshiriqni tanlash va uni ifodalash.
Kichik guruhlarda samarali ishlashni tashkil etish qoidalari.
1. Har bir ishtirokchining qadriyatlari va qarashlari, boshqalar ularga qarshi bo‘lsalar ham, hurmat qilinadi. Chunki, ishtirokchilarning fikrlari hamma vaqt ham bir xilda bo‘lavermaydi. Biz ushbu fikrlar turli-tumanligiga ko‘nikishimiz kerak.
2. Odamlarni emas, balki ular tomonidan bildirilgan fikrlar, g‘oyalarni muhokama qilish lozim. Bildirilayotgan qarshi fikrlar, e’tirozlar va izohlar inson shaxsiyatiga tegishli bo‘lmasligi kerak. Agar biror fikrga qo‘shilmasangiz, o‘z fikringizni bayon qiling, avvalgi fikrni bildirgan kishiga tashlanmang.
3. Har bir ishtirokchi, agar xohlasa, fikr bildirish imkoniyatiga ega.O‘z fikringizni hurmat qilar ekansiz, boshqalarni ham tinglashni o‘rganing. Kimdir gapirayotganda so‘zlashni yoki uning so‘zini bo‘lish mumkin emas.
4. O‘z fikringizni himoya qila turib, boshqalar fikrlarini, g‘oyalarini muhokama qilishga tayyor bo‘ling. G’oyalar va fikrlarning kimning fikri ekaniga yoki yaxshi yoinki yomonligiga qarab emas, balki ularni muhokama qilishga vaqt sarflang.
5. Ochiq va kelishuv muhitini yaratishga harakat qiling. Guruh a’zolari orasida o‘zaro do‘stlik va ochiq muloqot muhitini yaratishga ko‘maklashing, turli fikrlarni tushunishga harakat qiling, hamma bir xilda ishtirok etishiga va muammolar yechimini topishiga ijodiy yondoshishga intilishi kerak.
6. O‘z e’tirozlaringiz, izohlaringiz qisqa va masalaga oid bo‘lishiga harakat qiling. Vaqt cheklanganligi sababli e’tirozlar qisqa, lo‘nda va tartib bilan bayon qilinsa, boshqalar ham ular xususida fikr bildirishi imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
7. Yomon oqibatlar kelib chiqishini aytishdan saqlaning, birovning fikrini baholamang, mensimaslik kayfiyatini namoyon etmang. Gapirishdan avval o‘ylab ko‘ring. Mensimay gapirish yoki salbiy fikrlar bildirish ko‘pincha samarali muhokama qilishga jiddiy halaqit beradi.
5. Guruhlarda hamkorlikda o'qishni tashkillashtirish tayyorgarligini o’zi baholashi, tahlil qilishi.
"Kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash"
Kichik guruhlarda ishlashning yana bir samarali metodi - bu nashr qilingan materiallar bilan ishlash hisoblanadi. O‘quvchilarning zaruriy axborotlarni izlab topishlari, nazariy bilimlarni mustahkamlash yoki tasniflashlari, nazariy materiallarni chuqur anglab olishlari uchun bu metoddan foydalanshn yaxshi samara beradi. O‘quvchilar 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar bir xil yoki turlicha mazmundagi topshiriqlar, gazetalar, jurnallar, fotoalbomlar olishadi.
Zaruriy materiallar: A -1 Formatli oq qog‘oz, qaychi, yelim.
Topshiriqlar:
A) Gazetalardan inson huquqlari to‘g‘risidagi axborotlarni toping va quyidagi tartibda ularni joylashtiring.
1. Fuqarolik huquqlari
2. Siyosiy huquqlar
3. Iqtisodiy huquqlar
4. Ijtimoiy huquqlar
5. Madaniy huquqlar
B) Inson huquqlarini joriy etish shakllarini namoyish eting. Joriy etishning 4 guruhi mavjud:
• rioya kilish;
• bajarish;
• foydalanish;
• qo‘llash.
Har bir guruh (ular 4 ta) topshiriq oladi, gazetadan kerakli materiallarni topadi, maqolalarni, suratlarni qirqib oladi va plakatga yelimlaydi, zaruriy matnni sharhlaydi. Har bir guruh o‘z sardorini aniqlaydi va ular ish yakuni to‘g‘risida hisobot beradilar. Boshqa guruh o‘quvchilari savollar berishadi va ishni baholashadi.
Bu metodni qo‘llash davomida o‘quvchilardan barcha materiallar yig‘ib olinadi, aksincha o‘quvchilar gazetalardagi boshqa qiziqarli maqolalarni o‘qishga kirishib ketadilar va sa
rdorlar fikrlariga quloq solmaydilar. O‘quvchilardan ehtiyot bo‘lib ishlash talab etiladi, ortiqcha qog‘oz qirqish, yelimlash, xonani ifloslantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Guruhlarda ishlash – bu o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarish uchun tashkil etilgan, o‘quv jarayonida kichik guruhlarda ishlashda (2 tadan – 8 tagacha ishtirokchi) faol rol o‘unaydigan ishtirokchilarga qaratilgan ta’limni tashkil etish shaklidir. Bunda asosiysi topshiriq – natija emas balki, guruh ichidagi hamkorlik jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |