Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Milliy siyosat quyidagi tamoyillarga asoslangan



Download 0,71 Mb.
bet57/115
Sana11.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#490472
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
Bog'liq
МАЖМУА ГЛОБАЛЛАШУВ 2021

Milliy siyosat quyidagi tamoyillarga asoslangan:

  • O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanish uchun sharoit yaratadi;

  • Millatidan qat’iy nazar fuqarolarning qonun oldida tengligi;

  • Davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida etnik o‘ziga xosliklarni hisobga olish;

  • Millatchilikning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlik;

  • Ijtimoiy va siyosiy hayotda barcha millat va elat vakillarining har tomonlama ishtirokini ta’minlash;

  • Respublikada ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiladigan partiyalar va jamoat birlashmalari tuzilishi hamda ularning faoliyati taqiqlangan.

Respublikada hozirgi payida 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. 14 MMM respublika maqomiga ega. 31 MMM koreyslar tomonidan, 23 MMM ruslar tomonidan, 10 MMM tojiklar tomonidan, 9 MMM qozoqlar tomonidan, 9 MMM tatarlar tomonidan (3 tasi tatar-bashqird MMM) tuzilgan. Ozarbayjonlar 8, turkmanlar 7 dan MMM ga ega. Ukrainlar va qirg‘izlarda 6, turklarda va Evropa yahudiylarida 5 tadan MMM bor. Nemislar , polyaklar va armanlar 4 tadan MMM tuzishgan. Uyg‘urlar va Buxoro yahudiylari 4 tadan MMM ga ega. Beloruslar va qrim tatarlar 2 tadan MMMga ega. Arablar, bolgarlar, boshqirdlar, greklar, gruzinlar, litvaliklar, qoraqalpoqlar, xitoylar va dunganlar 1 tadan MMM tuzishgan. Respublika baynalmilal madaniyat markazi va MMM faollaridan 71 kishi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. SHu jumladan, 32 kishi “Do‘stlik” ordeni bilan, 2 kishi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, 13 kishi “SHuhrat” medali bilan mukofotlangan. 7 kishiga faxriy unvonlar, 17 kishiga O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorliqlari berilgan. Mukofotlanganlar orasida 24 millat vakillari bor.
Bugungi kunda O‘zbekiston Qahramoni Vera Borisovna Pak Xorazm viloyati koreys MMM boshqaruvi a’zosidir. Respublika rus markazi raisi Svetlana Ivanovna Gerasimova esa senator, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi.
Televidenie va radioda 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi.
Gazetalar 10 tilda ( o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz) jurnallar esa 8 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi.
O‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston-ko‘p millatli davlat
Yozma manbalarning guvohlik berishicha miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududida saklar, massagetlar, sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, chochliklar, parkanaliklar, marg‘iyonaliklar kabi xalqlar yashaganlar. Bu erda turli davrlarda kushonlar, axmoniylar, grek-baqtriylar, salavkiylar, parfiya, toxarlar, eftalitlar, turk xoqonlari, sosoniylar, abbosiylar, somoniylar, qoraxoniylar, qorakidonlar, xorazmiylar, temuriylar va boshqa davlatchilik tuzumlari xukm surgan. Natijada turli xalq va elatlar madaniyatlari o‘zaro birlasha bordi. Demak, bu zaminda millatlararo totuvlik tarixan tarkib topgan qadriyatlardan biri hisoblanishi bejiz emas. Ana shu qadriyatlar yanada qadr topishi osoyishtaligimiz garoviga aylanmoqda.
O‘zbeklar bilan bir qatorda milliy xududimizda tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, uyg‘urlar va boshqa millatlar vakillari istiqomat qilganlar. Ulardan tashqari elimizda qo‘shni davlatlardan kelgan va bu erda joylashib qolgan eroniylar, afg‘onlar, hindlar, xitoylar bor edilar. Arab istilosidan so‘ng Movarounnahrga ko‘chib kelib, shu erda yashay boshlagan arablar Buxoro va Qashqadaryo tomonlarida o‘z qishloqlarini tashkil qilgan edilar. O‘rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan so‘ng mamlakatimiz xududida ruslar, ukrainlar, beloruslar, ozarboyjonlar, Kavkaz xalqlari vakillari, Volga bo‘yidan tatarlar, mordvalar, marilar, udmurtlar, boshqirdlar bilan birga olmonlar, bolgarlar, vengrlar va boshqalar mintaqamizda paydo bo‘ldilar. CHorizm davrida arman xalqiga nisbatan amalga oshirilgan arman-ozarboyjon qirg‘ini siyosati natijasida o‘n minglab armanlar O‘zbekistonga ko‘chib kelishdi.
1897 yilda O‘zbekiston xududida 70 millat va elat vakili, 1926 yilda 91, 1959 yilda 113, 1989 yilda 123, hozirgi paytda esa 136 millat va elat vakili yashab turganligi ma’lum.1
Sobiq sho‘ro tuzumi davrida milliy siyosatga bir yoqlama qaralar edi. U hech bir ittifoqdosh respublikada hal etilmagan edi.
Kommunistik partiya dasturida barcha millatlar va elatlarni o‘zaro yaqinlashtirish asosida milliy hususiyatlarni yo‘qotish va yagona “Madaniyatsiz”, yasama xalqni vujudga keltirish tendensiyasi davlat va xukmron partiya siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi. Darhaqiqat KPSS dasturida “yagona sovet xalqi vujudga keldi. Bu sovet davlati milliy siyosatining ulkan yutug‘idir” deb surbetlarcha bayon etilgan edi. Millat o‘zligini anglash jarayoniga qarshi kurashilgan. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, tillar, extiyojlar kamsitilgan va millatchilik iborasi bilan rad etilgan. SHuning uchun ham “Ittifoq” o‘z-o‘zidan hech bir tashqi ta’sirsiz parchalandi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, millatlararo munosabatlarga yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekinlik bilan bartaraf etila boshlandi. Ko‘p millatli mamlakatda xalqlar tinch-totuvligini ta’mirlash chora-tadbirlari ko‘rildi.
Konstitutsiyamizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”1 deb qayd etilgan.
Konstitutsiya O‘zbekiston xalqini tashkil etuvchi barcha millat va elatlarning urf-odatlari va milliy an’analarini hurmat qilishni kafolatlaydi.
1992 yilda davlatimiz raxbarining tashabbusi bilan tashkil topgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi Vatanimiz xududida mavjud 150 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Baynalmilal madaniyat markazi O‘zbekistonda yashayotgan turli millat farzandlarining uchrashuv joyi, o‘ziga xos Do‘stlik uyiga aylangan. Bu erda muntazam ravishda xalq bayramlari, festivallar, taniqli siyosat va madaniyat arboblarining chiqishlari, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilib turiladi.
Xorazm viloyatida xam 30 dan ortiq millat vakillari do‘st va hamkorlikda yashab, mexnat qilmoqdalar. Ular orasida Qoraqolpoq, rus, qozok, tatar, turkman, ozarbayjon, koreys va boshqa millat vakillari bor. 1989 yildan buyon viloyatda koreys milliy-madaniy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Markaz tomonidan koreys madaniyati va an’analarini davom ettirish, sho‘ro davridagi ruslashtirish oqibatida unitilgan tilini urf-odatlarini, an’analarini qayta tiklash bo‘yicha keng miqyosli ishlar olib borilmoqda.
Koreys bayramlari ularning turmush fayzini oshirmoqda. Xar yili 12 fevralda oy taqvimi bo‘yicha «YAngi yil»ni koreyslar bayramona kutib oladilar. Xuddi milliy bayramimiz «Navro‘z»ga o‘xshagan, koreyslarning «Oval-Tano» degan bayramlari keng nishonlanmoqda. U oy taqvimi bo‘yicha 5-oyning 5-kuni bo‘lib, erga urug‘ qadalishi va maysalar unib chiqishi, o‘rtasidagi ko‘karish paytiga tug‘ri keladi. «CHusok» nomli xosil bayramida o‘tganlar qabrini ziyorat qilish urf-odatga aylangan.
Koreys milliy-madaniy markazi «Navro‘z», «Mustaqillik» kabi umumxalq bayramlariga aloxida tayyorgarlik ko‘radi. Ulardagi xayriya tushliklarida esa xamyurtlarimizni koreys milliy taomlari bilan mexmon qiladilar. Ko‘plab do‘stlik uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Koreyslar o‘zbek va boshqa millat kishilari bilan yaqin do‘st, og‘a-inidek, opa-singildek yashamoqdalar. Xorazmda istiqomat qilayotgan koreys millatiga mansub axoli voxaning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy xayotida faol qatnashmoqdalar. Ular o‘zlarining mexnatsevarligi, ochiq ko‘ngilliligi bilan tub axolining xurmatini qozonganlar. Markaz tomonidan o‘tgan yillar davomida turli yo‘nalishda ajoyib tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. “O‘zbekiston umumiy-uyimiz”, “ Do‘st, ahil yashab-yurtimizni yashnatamiz” mavzularidagi uchrashuv kechalarda turli millat kishilari qatnashadi. Koreyadan shifokorlar kelib viloyat axolisiga tibbiy yo‘nalishda xizmat ko‘rsatib sharq noan’anaviy tabobati bo‘yicha maslahatlar berishgan.
Xorazmda 5 mingdan ziyod koreys millatiga mansub axoli yashaydi. O‘zbek tilida (Xorazm shevada)ularning so‘zlashlari inson qalbini hayajonga soladi. Go‘zal fazilati, urf-odatlari o‘zbek xalqi odatlariga juda yaqin. Xorazm xalqi koreyslar bilan do‘st, qadrdon, aka-uka, opa-singilday, O‘zbek,Koreys qo‘shni xonadonlar bir tandirda non yopib, suzma palov va koreys taomlarini birgalikda tayyorlashadi.
Xorazmda turli millat farzandlari ana shunday bir oila a’zolaridek ahil yashab, mehnat qilishmoqda. To‘y-tomoshalarda davralar fayzli, quvnoqdir. Viloyat markazidagi koreys milliy taomlari tayyorlaydigan “Ekzotika”, “Aziya”, “Brillyand”, “Semrug‘” kabi qahvaxonalarda esa xar doim va ayniqsa bayram kunlarida xalqimizni, ularga manzur bo‘ladigan taomlar bilan kutib oladilar. Obod, ozod yurtimizda hamjihatlikda yashab, mehnat qilayotgan eldoshlarimiz eng ulug‘, eng aziz ayyomlarni yuksak kayfiyat bilan nishonlamoqdalar.
Xorazmda ko‘plab turkman millati vakillari istiqomat qiladi. Ular deyarli barcha tumanlarda yashashadi. YAngiariq tumanidagi «Gullanbog‘» qishlog‘idagi Bayot va Turavakil mahallalarida Oxunbobaev nomli qishloqning Qarmish mahallasida Turkmanlar yashaydilar. Turavakil turkmanlarining Xorazmning bu go‘zal qishlog‘iga kuchib kelganiga taxminan 200 yil bo‘lgan. Bu xaqda YAxyo G‘ulomovning «Xorazmning sug‘orilish tarixi» nomli kitobida xam batafsil qayd etib o‘tilgan. Taxminan 1808 yilda Turavakil ismli turkman millatiga mansub odam xonning vakili sifatida bu erga yuborilgan. Xon unga qilgan xizmatlari evaziga shu joydan er ajratib beradi. Bu kishi o‘z oilasi, ishchi xizmatchilari bilan shu joyga kuchib keladi. SHundan buyon Bardi Sarik urug‘idan bo‘lgan turkmanlar shu joyning ultirimli xalqiga aylanib qolgan. Xozirda bu joyda 700 nafardan ziyod turkmanlar istiqomat qiladi. Ulardan yaxshi raxbarlar, jamoat arboblari etishib chiqqan. Turkmanlar o‘zbeklar bilan qon-qardosh bo‘lib ketgan.1
Urganch tumanidagi “Olauylik” mahallasining asosiy tub aholisini turkmanlar tashkil qiladi. Bu erda tashkil qilingan guzarda savdo-sotiq do‘konlari, bozorcha mahalla fuqarolariga xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu joyda o‘zbek va turkmanlarning sevimli shoirlari Navoiy va Mahtumquliga yodgorlik byusti o‘rnatilgan. Guzar har doim qishloq fuqarolari bilan gavjum. Qishloqdagi o‘zbek va turkmanlarning shodiyona kunlari, to‘y-hashamlari asosan shu erda o‘tkaziladi.
O‘zbek va turkman xalqlari bir daryodan suv ichib, qardosh do‘st bo‘lib, azaldan yonma-yon, quda – andachilikda yashab kelishgan. Ular bir-birlarining urf-odatlarini, an’analarini, tarixini, san’ati va madaniyatini xurmatlashadi. Buni Mahtumquli, Zaliliy, Andalib kabi otashnafas turkman shoirlarining o‘zbeklar orasida, Alisher Navoiy, Bobur, Ogohiy kabi xazratlarimizning turkmanlar orasida nechog‘lik qadrlanishi xam tasdiqlaydi.
O‘zbekning to‘yida turkman, turkmanning yaxshi kunlarida o‘zbek san’atkorlari xizmatda bo‘lishadi. SHuning uchun xam o‘zbek, turkman san’atkorlari ikkala respublikada e’zozlanib, nufuzli unvonlarga sazovor bo‘lishgan. Bunga mashhur xofiz Komiljon Otaniyozovning Turkmaniston, turkmanistonlik Bobomurod Xamdamovning O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlanganligi yaqqol misol bo‘la oladi. Turkmanistonning Toshhovuz, Lebap, CHorjo‘y viloyatlari O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlarida yashovchi odamlar bir-biriga shunday chatishib ketganki, go‘yo bir daraxtning ikki novdasi deysiz. Ular bir-biridan qiz olib, qiz berishadi. Navro‘z va Xayit bayramlarini bu joylarda ikki respublika vakillari birgalikda nishonlashadi.
Viloyatimizda kuplab kozok millatiga mansub axoli istikomat kiladi. Ularning kupchiligi Urganch shaxrining 18-«Jambul» mahallasida, Urganch tumanining «CHalish» qishlog‘ida Pitnak shahrining SHarlauk posyolkasida o‘zbeklar bilan bir oila farzandlaridek axil –totuvlikda yashashadi. Ular turli soxalarda boshka millatlar bilan xamjixatlikda sidkidildan mexnat kilmokdalar. Kozok tilida o‘qitiladigan maktablar ishlab turibdi. Ularning milliy ehtiyojlarini qondirish, urf-odat va an’analarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Viloyatda ko‘plab rus millatiga mansub axoli yashaydi, 5 ta rus maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2006 yilda rus madaniyat markazi tashkil qilindi. Uning asosiy vazifasi yoshlarni yuksak ma’naviy-ahloqiy ruhida tarbiyalash, rus xalqining urf-odat va an’analarini, bayramlarini qayta tiklashdan iborat. SHu maqsadda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.
Urganch shahridagi 3,10,15, 28 sonli rus maktablarida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati bilan hamkorlikda Spidga qarshi xalqaro kurash kuniga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazildi. “YOshlar sog‘lom turmush tarzi uchun” mavzusida chizmalar va plakatlar tanlovi tashkil qilindi. YOshlarni rus xalq ertaklarini chiroyli qilib aytishga o‘rgatish bo‘yicha Urganch shaxridagi 28-son maktab o‘qituvchisi Oltinoy Karimova samarali ishlarni amalga oshirmoqda.
Markaz boshqaruvi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi YUriy Vasilevich Lukyanov rus maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini “CHullik” o‘ynash qoidalariga o‘rgatdi. “Rus tili yiliga” bag‘ishlangan davra suxbatlari o‘tkazilayati. Ruslar, o‘zbeklar va boshqa millat vakillari bilan qon-qardosh bo‘lib, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xayotida faol qatnashmoqdalar.
2007 yil 7 avgustda tashkil qilingan Tatar madaniy-ma’rifiy markazi tomonidan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilmoqda. Urganch shaxridagi Amir Temur istirohat bog‘ida xar yili iyun oyida tatarlarning milliy bayrami “Sabantuy” keng nishonlanmoqda. Bayramda barcha millat vakillari qatnashmoqdalar. Milliy sport musobaqalari, tatar o‘yinlari va qo‘shiqlari namoyish qilinmoqda. G‘oliblarga qimmatbaho mukofotlar taqdim qilinayapti. Tadbirda viloyat, shaxar xokimligi vakillari qatnashib barchani bayram bilan tabriklamoqdalar.
Ko‘p millatli Xorazm xalqi millatlararo do‘stlik, ahil-inoqlik, yakdillik, o‘zaro mehr –oqibat, hurmat ehtirom xukmron bir davlatda, samimiy insoniy haroratli ma’naviy muhitda yashayotganidan minatdor bo‘lib, bunday muhitni behad qadrlab, undan faxrlanmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deydi:- “O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari Vatanimizning necha ming yillik qadimiy tarixi davomida manashu sahovtli va hamisha mehmondo‘st zaminda turli madaniyat va sivilizatsiyaga mansub bo‘lgan insonlar o‘zaro-tinch totuv yashab kelganini yuksak qadrlaymiz. Ayni shunday ma’naviy muhit o‘zining bag‘rikengligi mexr-oqibatliligi, tinchliksevarligi va qalb sohovati bilan ajralib turadigan xalqimizning o‘ziga xos mentaliteti shakllanishida muhim omil bo‘ldi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz”.1
Bugungi kunda diyorimizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarining hamjihatligi o‘zaro inoq va birdamligi, avvalo, xalqimizning bag‘rikengligidan, qolaversa, yurtimizda qaror topgan tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik mevasi deb aytishimiz mumkin. Zero. YUrtimiz har doim ko‘p millatli va ko‘p dinlilik sharoitida millatlararo hurmat va totuvlik ta’minlangan diyor, mehr-muhabbat va saodat manzili sifatida jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘lib kelgan.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish