10-mavzu: Jinoyatning globallashuvi.
Reja:
Tashkillashgan jinoyatning global masshtablari.
Giyohvandlik moddalarni tarqatish va iste’mol qilishning globallashuvi.
Jinoyat globallashuviga qarshi kurash vositalari.
O‘zbekiston mustaqillikka erishib, dunyo xaritasidan o‘rin egalladi. Bu davr ichida O‘zbekistonda huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi. O‘zbekistonda mustaqillikni mustahkamlash, davlat va jamiyatni demokratlashtirish hamda erkinlashtirish borasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni dunyodagi eng rivojlangan davlatlar ham e’tirof etmoqda. Mustaqillik yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, ularga qonun doirasida ish tutishga o‘rgatmoqda. Respublikamiz oldida turgan g‘oyat muhim vazifalardan biri jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdir. Bu muommani hal etish davlat va fuqarolar tomonidan doimo kuch g‘ayrat sarflashni, ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy va huquqiy tadbirlarni og‘ishmay amalga oshirishni taqozo etadi. Qaysi qilmishlar jinoyat hisoblanadi, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga qanday jazo berilishi lozimligini belgilab beradigan huquqiy me’yorlar katta ahamiyatga ega. CHunki inson huquqlari va manfaatlarini kafolatlash va ta’minlash har qanday davlatning birinchi darajali vazifasidir. Respublikamiz Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko‘ra, hech kim sud hukmisiz va qonunga nomuvofiq holda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi hamda jinoiy jazoga tortilishi mumkin emas.
Jinoyat qonunchiligining prinsiplari.
Qonuniylik prinsipi. Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishdaa jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi - jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar. Demokratizim prinsipi. Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalari jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin. Insonparvarlik prinsipi. Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda etarli bo‘ladigan jazo tayinlashi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak. Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan engilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Odillik prinsipi. Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-engilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy havflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Ayb uchun javobgarlik prinsipi. SHaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy havfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi. Qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart.
Jinoyat – axloqiylik tamoyillari asosida tarkib topgan huquqiy talablar, qonun-qoidalar ustuvor bo‘lgan fuqarolik jamiyatida ushbu me’yorlarga mensimasdan munosabatda bo‘lish oqibatida shaxsiymanfaatlar ustunligi hamda o‘zgalar haq-huquqlarini buzish natijasida sodir etilgan qodisa. Falsafiy kategoriya sifatida jinoyat tushunchasi kishilarning muayyannopok maqsadlarini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy xatti-harakatlari majmuasini aks ettiradi. bashariyat taraqqiyoti davomida jamiyat rivoji va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi ezgu muddaolarni maqsad qilib olgan hodisalar qatori unga zid ravishda, ba’zan jinoyat turkumiga kiruvchi hodisalar ham sodir etilib keladi. Bu hodisalar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmaydi, balki uni tanazzulga etaklaydi. shu bois jamiyat a’zolari hamda turli ijtimoiy tashkilotlar, sotsial in-tlar tomonidan jinoyat hodisasi qoralanib keladi va unga qarshi kurash olib boriladi. Bu yo‘lda dastavval jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablar va motivlarni aniqlash muhim. Zero, har qanday jinoyat, avvalo, ijtimoiy hodisa sifatida tasodifan ro‘y bermaydi. hattoki, ba’zan ehtiyotsizlik oqibatida tasodifan ro‘y bergan jinoyat deya talqin etiladigan hodisa ham, aslida muayyan ijtimoiy ildizlarga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun bu hodisaning shart-sharoitlarga bog‘liq sabablarini aniqlamasdan, unga qarshi kurash ko‘zlangan samarani bermaydi. Faqat shundan so‘nggina turli usul va vositalar yordamida unga qarshi kurashish lozim bo‘ladi. agar jinoyatga qarshi kurash olib borilmasa, bir jinoyatning ikkinchijinoyat ni keltirib chiqarishi xavfi ortib boradi. buesa, jamiyat hayotida jinoyatchilik deb atalmish hodisaning ildiz otishiga olib keladi. Bu holda jamiyatning ma’naviy hayotiga katta putur etadi. jinoyatchilik tufayli davlat va jamiyatga katta moddiy va ma’naviy zarar etishi, kishilarning tinch-osoyishta turmushi izdan chiqishi, davlat boshqaruvidagi barqarorlik o‘rniga beqaror tartibsizliklar ro‘y berishi mumkin. binobarin, jinoyat amaldagi axloqiy, ma’naviy, huquqiy tamoyillar hukmron bo‘lgan jamiyat hayotiga yot hodisadir.
Kompyuter jinoyatchiligi – axborot-telekommunikatsiyasi tarmoqlari orqali axborotdan foydalanishning yangi imkoniyat-larini ishlatish, hamda kompyuter tizimlari faoliyatini buzish b-n bog‘liq huquqbuzarlik harakatlari. Kompyuter tobora rivojlanib borishi b-n, u b-n bog‘liq jinoyatlarning turlari ham ko‘payib bormoqda. Ularga ma’lumotlarga bevosita ishlov berish tizimi yoki kompyuter tarmog‘i yordamida qilingan jinoyatlar; apparat, dasturiy vositalarni va ma’lumotlarni ishlatish, turlash yoki qo‘porish yo‘li b-n sodir etiladigan jinoyatlar; axborot-telekom-munikatsiya tarmoqlari orqali axborotdan erkin foydalanishning yangi imkoniyatlarini ishlatish, hamda kompyuter tizimlarini buzish b-n bog‘liq huquqbuzarlik harakatlari va boshq.alar kiradi.
Interpol tashkiloti Bosh kotibiyatining ishchi guruhi tomonidan 1991 yilda ishlab chiqilgan kompyuter jinoyatchilari tasniflagichi kompyuter jinoyatlarini asosiy oltita turga bo‘lib chiqqan:
ruhsat etilmagan erkin foydalanish yoki tutib olish (QA guruhi);
kompyuter ma’lumotlarini o‘g‘irlash (QD guruhi);
kompyuter qallobligi (QF guruhi);
noqonuniy nusha olish (QR guruhi);
kompyuter ish tashlashi (QS guruhi);
boshqa kompyuter jinoyatlari (QZ guruhi).
Do'stlaringiz bilan baham: |