Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor


yil – Barkamol avlod yili deb e’lon qilindi



Download 0,71 Mb.
bet52/115
Sana11.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#490472
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Bog'liq
МАЖМУА ГЛОБАЛЛАШУВ 2021

2010 yil – Barkamol avlod yili deb e’lon qilindi. Intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan XX1-asrda barkamol shaxslarni shakllantirish borasidagi keng ko‘lamli faoliyat negizida quyidagi vazifalar mujassam:
-o‘tgan yillar davomida bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan yoshlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasida etilgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, real iqtisodiyotda va mamlakat hayot faoliyati sohalarida ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan mutaxassislarga bo‘lgan talabni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish, barkamol avlod salomatligi yo‘lida faoliyatini yanada yaxshilash, sog‘lom oilani shakllantirish, unda ma’nan barkamol, jismonan baquvvat, turli ta’sirlarga bardosh bera oladigan farzandlarni tarbiyalash, ularni turli illatlar girdobidan asrash, madaniy dam olishi, sog‘ligini tiklashi uchun shart – sharoitlarni yaratish, mamlakat yoshlari orasida ommaviy sportni rivojlantirish, mahalla, qishloq joylari va ta’lim muassasalarida o‘smir – yoshlar o‘rtasida sport tadbirlarini tashkil etish hamda takomillashtirish, kishilar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlar – kashandalik, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, giyohvandlikka qarshi kurashishga oid dasturlar ishlab chiqish, Internetda salomatlik, shaxsiy gigiena, sog‘lom oila va sog‘lom farzandlar tarbiyasiga oid tezkor axborotlar tayyorlash, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va nogironlar uchun sport o‘yinlari tashkil etish kabi ishlarni tadrijiy davom ettirish;
- bolalar va yoshlarning manfaatlarini to‘la – to‘kis himoya qiladigan huquqiy – me’yoriy bazani zamon talablariga mos ravishda shakllantirish va amaliyotga tadbiq etish;
-“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturi asosida onalarning reproduktiv salomatligini saqlash, bolalar va o‘smirlar sihat – salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatning moddiy texnika bazasini mustahkamlash barobarida sog‘lom farzand va uni tarbiyalash bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot – tashviqot ishlarini kuchaytirish, har jixatdan sog‘lom oila qurish ishtiyoqini shakllantirish.
Sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom oila yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishga bevosita bog‘liq. Sababi – tibbiyot va tibbiy muolaja, shaxsiy gigiena va sog‘lom tan yangi qurilayotgan oilaning mustahkamligini ta’minlaydi. Hayotni birgalikda boshlamoqchi bo‘lganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish joriy etilgach, kishilar unga turlicha munosabatda bo‘lishdi. Kimdir “kelin – kuyovni do‘xtirma – do‘xtir olib yurish shartmi? Ota – bobomiz shunday qilganmi?”, degan fikrni aytgan bo‘lsa, zamonaviy ilmlardan boxabarlar “ikki yosh albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, bir-birini salomatligidan xabardor bo‘lishi kerak!”, degan g‘oyani mahkam tutishdi. “Ota – ona o‘z farzandining kasal yo kasal emasligini bilmaydimi? Ularni bir – biridan uyaltirish shartmidi?” deganlar ham topildi. Ammo, hayot achchiq saboq beryaptiki, to‘y, ota – ona orzu – havasi, nikoh shunchaki bir – biriga intilish, birgalikda farzandlar ko‘rish, shunchaki bolalarni voyaga etkazish emas! Eng avvalo, oila qurish – ota-ona, el-yurt, jamiyat oldidagi majburiyatni sidqidildan bajarish, fikri, so‘zi teran sog‘lom farzandlarni tarbiyalash asosida sog‘lom jamiyatni shakllantirish mas’uliyatidir.Nikoh esa- keng jamoatchilik oldidagi tibbiy, ma’naviy va qonuniy javobgarlik sanaladi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ayni shu mas’uliyat va javobgarlik hissini voyaga etayotganlarga sodda, ravon tilda etkazish, sog‘lom oilaning qonuniy asoslarini keng ko‘lamda targ‘ib etish vazifasi singdiriladi. Buning uchun:
-yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashda zamon talablaridan kelib chiqqan holda davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv – uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish.
- o‘quv jarayoniga yangi axborot – kommunikatsiya, pedagogika texnologiyalari, elektron darsliklar va multimediya vositalarini joriy etish, kasb – hunar kollejlari, litseylar va oliy ta’lim muassasalari o‘quv laboratoriya bazasini kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash, o‘qituvchi hamda murabbiylarning mehnatini rag‘batlantirish tizimini mustahkamlash;
-maktab, litsey, kollej va oliy ta’lim muassasalari barobarida har bir oilaning xayotida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda internet tizimini tashkil etish, rivojlantirish va vazifani ro‘yobga chiqarishda, ayniqsa, internet tizimidan foydalanishda bir necha murakkablikni inobatga olish kerak.
Sir emaski, internet tez va arzon axborot yo ma’lumotlarni olish, etkazish hamda qayta ishlashda chegara bilmaydigan manba sanaladi. Kundan – kun safi kengayib, foydalanuvchilar soni oshayotgan mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga bo‘lgan qiziqishini qondirmoqda. Bugungi kunda korxona, tashkilot, muassasa, oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlari, turli darajada bo‘lsada, Internetdan foydalanmoqda. Ammo “Internet kafe”larda vaqtini huda – behudaga sarflayotganlar ham topiladi. “Uzoqni yaqin qiladigan” manba sifatida qaraladigan Internetning ko‘proq yoshlar kiradigan saytlarini yaxshi ma’lumotlar bilan tamoman yangilash zarur. Sababi – sog‘lom turmush tarzi, uni shakllantirish, ma’nan yuksak, axloqan pok kishilarga taalluqli sifatlar asosida bolalarni tarbiyalash ikkinchi darajada tushib qolayotganday, nazarimizda. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida G‘arbona kiyinish, o‘ziga ortiqcha oro berish, G‘arbona “tavoze” bahonasi ostida milliy – ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo zid, har turli evrilishlarni targ‘ib etuvchi g‘oyalarning yoshlarimiz ongini zaharlashiga qo‘l qovushtirib qarab turib bo‘lmaydi. SHuning uchun ta’lim tizimidagi saytlarning ma’lumotlar bazasini sog‘lom turmush tarzi talablari, giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlik oqibatida yuzaga keladigan irsiy kasallanishlariga qarshi kurash profilaktikasiga oid axborotlar bilan boyitish, yangilash zarur. SHuningdek, bolalar, yoshlar va o‘smirlarning jismoniy tarbiya sohasida ayniqsa, qishloq joylarida qizlarni muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish jarayonini kuchaytirish, zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan inshootlarni barpo etish, yuqori malakali trener va murabbiylar bilan mustahkamlash zarur. Bu borada institutimizda Yurtboshimizning sa’y harakati bois 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab xotin-qizlar sportini rivojlanitirish yo‘nalishida viloyatlardan 220 nafar qizlarni qabul qilyapmiz. Hozirda 800 nafardan ortiq talaba-qizlar sport, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat sir – asrorlarini qunt bilan o‘zlashtirmoqda. 2006 yil aprelidan faoliyatini boshlagan Malaka oshirish fakulteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat”, “Jismoniy tarbiya va sport trenirovka asoslari”, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari va akademik litsey, kasb – hunar kollejlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda trenerlarining malakasini oshirishga xizmat qilyapti.
-YOshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi asoslarini singdirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, turli illatlar xavfi va zararli ta’sirlaridan himoya qilish choralarini kuchaytirish muhimdir. Jamiyat rivoji uchun amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, davlatlararo munosabatlarning o‘rnatilishi kishilar salomatligi, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom oilalarga bevosita bog‘liq. Har taraflama ta’minlangan, kundalik hayot tarzi qoidalariga muntazam rioya etadigan oilada sog‘lom, baquvvat, salohiyati baland farzandlar tarbiya topadi. O‘z – o‘zidan bu oilada tarbiyalanayotganlar jamiyat takomili ildizlariga bolta urayotgan – giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalik illatlariga qarshi tura oladi. Bu borada institutimizdagi “Anatomiya va fiziologiya”, “Bioximiya va gigiena”, “Sport tibbiyoti va davolash jismoniy tarbiya” kafedralari tomonidan maxsus tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Xullas, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida sport – sog‘lomlashtirish ishlarini yaxshilash, ommaviy sportni rivojlantirishdan maqsad – o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida sportga muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, ularning sportda erishgan natijalarini namoyish etish, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini, mustahkam iroda, vatanparvarlik va el – yurt fidoyilarini singdirish, sport bilan shug‘ullanishi uchun zamonaviy talablar darajasidagi sharoitlarni yaratish, yoshlar ongida olimpiya tamoyillarini qaror toptirish. Bu ulug‘ maqsadni ro‘yobga chiqarishda barchamiz kamarbasta, hamjihat harakat qilsak, sog‘lom fikrli jamiyat takomili tezlashadi.
Mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni ma’naviy va jismoniy etuk qilib tarbiyalashda milliy sport o‘yinlari, ularning kelib chiqish tarixi to‘g‘risida yoshlarga to‘g‘ri va aniq, shu bilan birga qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etish maqsadga muvofiq. Bu esa barkamol avlod ongida milliy an’nalarimizga bo‘lgan mehrni oshiradi va ularni qadrlashni o‘rgatadi. SHu bilan birga, musobaqalar davomida sportchilarning o‘z Vatani sha’nini fahr bilan himoya qilishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Milliy o‘yinlarining kelib chiqish tarixi, sport o‘yinlari haqidagi qarashlari, ularga bo‘lgan munosabatni o‘rganish masalasi g‘oyatda dolzarb Bugungi kunda kelib sport etarli darajada o‘z ta’sir kuchiga ega bo‘lib bormoqda. Zero, sport katta guruhdagi insonlarni birlashtirishi yoki tarqatib yuborishi ham mumkin. CHunki sport maydonlaridagi motivlashmagan vahshiylik holatlari yil sayin oddiy holat bo‘lib bormoqda. Ayrim tomoshabinlar va fonatlar sport o‘yinlarini ko‘rgani emas, balki musobaqalarning asosi bo‘lgan janjallarni ko‘rgani keladilar.
Tomoshabinlarning sportdagi bu kabi zo‘rlashlarga va agressiyalarga qiziqishlarining sababi nimada? Bunday xolatlar davr taqazosimi yoki ijtimoiy-madaniy yoki biologik ehtiyojimi? Bu kabi savollar sport sohasini o‘rganuvchi ko‘pchilik tadqiqotchilarni xavotirga solib kelmoqda. Bu borada sport G‘arbning aksariyat gumanitar sohalaridagi xulq-atvorni o‘rganuvchi fanlar - psixologiya, sotsiologiya, falsafa, tarix, madaniy va ijtimoiy antropologiya, etnologiya kabi fanlarning ob’ektiga aylangan.
Agressiv insoniy instinktlar sotsial shartlangan xarakterga ega. O‘rta asrlardagi urushlar xalqlar tasavvurida o‘zini himoya qilish akti sifatida tushunilgan: jangari va o‘limga olib keluvchi sport o‘yinlari xuddi odatlar sifatida qabul qilingan. Olmon sotsiologi Norbert Elias fikricha, qadimgi yunon sport o‘yinlari Olimpiya harakatlarida mashhur bo‘lgan va haqiqiy sport o‘yiniga emas, balki urush etikasi va g‘urur kodeksiga asoslangandir. U davrdagi sport o‘yinlarida rasmiylashtirilgan va qonunlashtirilgan qoidalar bo‘lmagan. Bu esa odamlarning sport maydonlaridagi qonli janglarga xotirjam munosabatda bo‘lganlarini ko‘rsatadi. CHunki hayotning o‘zi o‘sha davrda bir qadar murakkab va agressiv bo‘lgan.
Turli xil odatlar va an’analar (dafn marosimlari) shuningdek, taqvim bo‘yicha o‘tkaziladigan bayramlar qonli bo‘lib, insonlarni qurbonlikka keltirish bilan amalga oshirilgan. Bizgacha etib kelgan manbalarga qaraganda, qadimiy atsteklarda guruhiy, jamoaviy o‘yin mavjud bo‘lib, unda o‘yin quyma koptok bilan o‘ynalgan va bu zamonaviy basketbolni eslatadi. Bu o‘yinda g‘olib bo‘lganlar hayoti saqlab qolingan va mag‘lublarning hayoti bilan qurbonlik amalga oshirilgan. CHunonchi, mashhur ajdarho qayiq o‘yinlari xitoyliklarda quyosh tikkaga kelgan kunlarda o‘tkazilgan. Zamonaviy irlandiyaliklarning ajdodlari o‘tkazgan taqvim bayramlaridagi «xerling» bayrami esa insonlarni qurbon qilish bilan yakunlangan. Etrusklar mashhur va hurmatli insonlarni dafn etish marosimlarida, Kavkazdagi ba’zi xalqlar orasida o‘smirlarning ot o‘yinlarida o‘lganlar xotirasi uchun musobaqalashganlarni odatiy o‘limga qurbon qilish kuzatilgan. Bundan tashqari, Rim imperatorlari o‘z xalqi qonli janglarni tomosha qilib, zavqlanishlari uchun, gladiatorlar jangini uyushtirganlar. Bu o‘yinda jangchilarning bittasi qurbon bo‘lishi kerak bo‘lgan. Musobaqalar davrida, an’anaviy o‘yinlarda agressiya instinkti va insonlar o‘limini ratsional tushuntirib berish ham mumkin. Britaniya orollarida sanoat inqilobiga qadar ommaviy koptok o‘yinlari har doim urush va janjallar bilan o‘tgan. Odatda bunday nizolar o‘yingacha yuzaga kelgan, bu qo‘shni qishloqdagilar bilan yoki o‘zaro uylangan va uylanmagan yigitlar orasida yuzaga kelgan. SHuningdek, «Ommaviy futbol» o‘yinlari ham alohida hodisa bo‘lib, o‘ziga xos urf-odat sanalgan va bu o‘yinni «dushmanlaridan o‘ch olish maqsadida» intizorlik bilan kutganlar.
Xitoy madaniyatida odatiy qayiq o‘yinlari ham, irlandiyaliklarning «xerling» o‘yinlari ham yangi davrda oddiy ko‘ngilochar o‘yinlarga aylanib, affektiv razryadkaning vositasi sifatida xizmat qiladi.
Jahon tajribasiga ko‘ra agressivlikning darajasi odatiy va industrial jamiyatda vaqt, madaniy distansiya bilan bir-biridan ajralib turadi. Har bir madaniyatda inson xulq-atvori ma’lum bir instinktlar va odatlar bilan motivlashtirilgan bo‘ladi, bu jamiyatning tarixiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ishlab chiqilgandir. Ba’zi bir madaniyatlarda urushqoqlik va agressivlik ko‘proq qadrlansa, boshqalarida do‘stona munosabatlar, tolerantlik ko‘proq qadrlanadi.
Turli xil madaniy guruhlarva xalqlarda sportning ko‘rinishlari o‘zining agressivlik darajasi bo‘yicha o‘ziga xos ravishda qabul qilinishi mumkin. Masalan o‘zbeklardagi “uloq”, qozoqlardagi “ko‘pkar”, qirg‘izlardagi “ko‘k bo‘ri”, tojiklardagi “buzkashi” kabi an’anaviy ot o‘yinlari Markaziy Osiyo va Afg‘oniston xalqlarida shunchalik mashhurki, boshqa madaniyat vakillarida buni ilk bor ko‘rganlarida ularda boshqacha tassavur hosil qilgan. Xuddi shuningdek, an’anaviy vallilarning “Regbi” o‘yini ham o‘zining agressivligi bilan evropaliklarni “lol qoldirishi” mumkin. Ispaniyaliklarning “Korrida” o‘yini esa ko‘pchilik angliyaliklarning nigohida vahshiy varvarlarning ko‘ngilxushligi sifatida qaraladi.
SHu bilan birga zamonaviy boks o‘zining kelib chiqishi bo‘yicha Angliyaga borib taqaladi, ko‘pchilik ispaniyaliklar tomonidan bu sportning eng vahshiy turi sifatida qabul qilinib, ular buni insonlarning qadr – qimmatini pastga urish deb tushunganlar. Ba’zi bir Indoneziyaning SHarq YAkka kurashi maktablarida kurashchilarning arenadagi haddan ortiq qahr-g‘azabi va to‘liq kontakti ular madaniyatining an’anaviy va boshlang‘ich falsafasi sanaladi. Bu kabi amaliyotlarni zamonaviy sport turlariga - ularning universal qoidalar asosida o‘tkazilishi ko‘pchilik ustozlari tomonidan negativ reaksiyani paydo qiladi. Ularning fikricha, bu an’anaviy uslubning ma’naviy asosini yo‘qotadi va an’anaviy madaniyatni dasturlashtirilgan oddiy shouga aylantirib qo‘yadi. Bu esa ularning mardlik va erk kabi tushunchalariga zid hisoblanadi.
Agressiv sport turlariga bo‘lgan turlicha xulq-atvor streotiplar bir-biriga yaqin bo‘lgan madaniyatlarda ham, shuningdek, xuddi shu madaniyat atrofida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, Pomir, Kavkaz yoki Tyan’-SHan, Ximolay xalqlarida yosh erkaklarning turli sport o‘yinlarida qatnashishi har doim erkaklarni o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘lib, sportdagi g‘alabalar esa g‘oliblar g‘ururining ifodasi hisoblangan. Bu xolat ularning jamoada hurmati va ehtiromini mustahkamlagan. Kavkazning ba’zi bir xalqlarida esa, sport o‘yinlari haqiqiy musoboqalashuv, jang sifatida qabul qilingan, sport ustalari tinchlik paytida ham, urush davrida ham jamiyatda birdek baholangan. Qadimiy xettlarning musoboqalar bayrami zahhiya (kurashmoq, engmoq) deb atalgan. Unda sport musoboqalaridagi g‘oliblik sharaflangan bo‘lsa, mag‘lubiyat esa o‘lim sifatida qabul qilingan .
Amerikalik antropolog Devid Gilmorning kuzatishlariga ko‘ra, ba’zi jamiyatlarda erkaklik idientivligini ko‘rsatishning bitta yo‘li bu musobaqalar o‘yinidir. Bunda erkaklar o‘zlarining ijtimoiy mavqelarini namoyon etganlar. Masalan, Markaziy Braziliyaning meinaku xindularidagi qabilalarning barcha erkaklari kun ora bo‘lib o‘tadigan kurash musobaqalarida qatnashishga majbur bo‘lganlar. Bunda “kurash gilamidagi” agressivlik tabiiy erkaklarga xos boshlang‘ich xususiyat sifatida qabul qilinib, qo‘rqoqlik va lapashanglik esa qobiliyatsizlik sifatida qaralgan, Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy ostrakizm sifatida tahdid solgan.
Bir vaqtning o‘zida ba’zi bir madaniyatlarda boshlang‘ich agressivlikni tarbiyalash rivojlantirish axloqdan tashqari, deb hisoblangan. Masalan, Polineziyadagi taityan, Markaziy Malayziyadagi semai xalqlarida har qanday agressivlik gunoh sanalib, bunday o‘yinlar qat’iy ta’qiqlangan. Xitoy va YApon “YAkka kurash”larida, shuningdek, budda falsafasiga ko‘ra agressiya ustidan har doim tinchliksevarlik g‘alaba qozongan. Musobaqaning boshlanishi hujum mashqlari kombinatsiyasi bilan emas, balki o‘zini himoya qilish harakatlari bilan boshlanadi. Buning asosiy maqsadi raqibdan kelayotgan zarbalarning ongli ravishdagi aksi va aql bilan jahlning qaytarilishidir.
YUqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, yosh avlodni ajdodlarimiz an’analari, qadriyatlari va madaniyati asosida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz alohida o‘rin tutadi. SHu bois turli millat vakillarining madaniy an’analariga xos bo‘lgan sport o‘yinlaridan ibratlilarini rivojlantirishimiz, davom ettirishimiz va barkamol avlodga etkazishimiz zarur.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish