Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-mavzu: Global inqirozlar davrida yuksak ma`naviyatning dolzarbligi



Download 0,71 Mb.
bet58/115
Sana11.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#490472
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
Bog'liq
МАЖМУА ГЛОБАЛЛАШУВ 2021

12-mavzu: Global inqirozlar davrida yuksak ma`naviyatning dolzarbligi.
Reja:



  1. Globallashuvning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga ta’siri.

  2. Xalqaro miqiyosida ro’y berayotgan global inqirozlar davrida yuksak ma’naviyatning dolzarbligi masalalari.

  3. Globallashuv va ma’naviy inqiroz.

Sivilizatsiya global inqirozi o‘zi kabi global sohaviy inqirozlarni keltirib chiqaradi.


Bular: Tibbiyot, ekologik, demografik, fan, jahon, moliyaviy-iqtisodiy, ma’naviy inqirozlaridir.
Dunyoda global rasmiy (ilmiy) tibbiyot inqirozi mavjud. Buning 3 ta sababi bor.
Birinchisi, rasmiy (ilmiy) tibbiyot hamisha kasallikning o‘zini emas, balki uning oqibatlarini davolash bilan shug‘ullanib keldi. Zero, u kasallikni inson jismoniy vujudi bilan bog‘liq deb xisoblab, bu vujudning sohibi, egasi, boshqaruvchisi bo‘lgan ruhni, qalbni (g‘oyaviylikni) inkor etib keldi. Vaholanki, qadimgi mutafakkirlar (masalan, Platon, Gippokrat kabi) kasallik ildizini bemorning ruhiyatida deb ko‘rsatganlar. Bu rasmiy tibbiyot inqirozning ma’naviy asosini tashkil etadi.
Ikkinchisi, Tibbiyot inson vujudiga bir butun, yaxlit yondashmaydi, balki ayrim a’zolarning bir-biri bilan murakkab bog‘liqligini hisobga olmasdan davolash bilan shug‘ullanib kelganligidadir. Buning natijasida u inson organizmining bir (yoki bir necha) a’zosini davolar ekan, boshqa a’zolari holatini nazardan chetda qoldiradi. Bu nazardan chetda qolgan a’zolarning ham kasallanishiga olib keladi.
Uchinchisi, Hozirgi davr kishisida immunitetning yalpi zaiflashganida, qolaversa, irsiyat ham buzilayotganidadir.
Immunitet buzilishi esa rasmiy tibbiyotga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lib, tibbiyot unga qarshi tura olmayapti. Zero, bu sabab texnika va texnologiya yutuqlarini chuqurroq o‘ylamay-netmay amaliyotga keng qo‘llab kelinayotganidadir. YA’ni bu yutuqlar nafaqat inson yashab kelgan iqlim ritmlarining buzilishi va tabiiy muhitdagi zararli o‘zgarishlarga-er, suv, havoning ifloslanishi, kislotali yomg‘irlar yog‘ishiga, gullagan bog‘u-rog‘larning qurishiga va h.kga- bir so‘z bilan aytganda, ekologik inqirozga, balki inson organizmi himoya quvvatining ham sezilarli susayib borishiga olib keldi. SHularning hammasi endilikda tibbiyotning boshi berk ko‘chaga kirib qolishi, ya’ni inqirozga uchrashiga olib keldi.
Zamonaviy tibbiyot inqirozining o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biri antropologik inqiroz hisoblanadi, Antropologik inqiroz xillari orasida eng asosiysi insoniyat evalyusiyasining millionlab yillari maboynida shakllangan genofondi poydevorida sodir bo‘layotgan kuchli o‘zgarishlar bo‘lib, buning birinchi sababi atrof-muhitning bevosita ta’siri (kimyoviy va radioktiv ta’sirlar, ifloslanish) bo‘lsa, ikkinchisi (turli kasalliklar tug‘diruvchi mikrob va viruslar tufayli kelib chiqadigan) bilvosita ta’sirlardir. Katta tezlik bilan o‘zgarib borayotgan nobarqaror ijtimoiy vaziyatlar va barcha sohalarda sodir bo‘layotgan raqobatlar ichida kechayotgan hozirgi ijtimoiy xayot esa o‘z stresslari bilan antropologik inqirozni kuchaytirmoqda. Bu esa nafaqat yurak, qon tomirlari, anqologiya kasalliklari, balki ruhiy kasalliklarning ham ko‘payishiga olib keldi. Keyingi yillarda dipressiya (og‘ir ruhiy siqilish) xastaligi XX asr oxiri XXI asr boshlari kasalliklarining eng keng tarqalgan hiliga aylandi.
Bugungi kunda jahonda global ekologik inqiroz sodir bo‘lmoqda.
Global ekologik inqiroz sabablari.
1.Tabiatga nisbatan zo‘ravonlik siyosati.
2.Tabiat qonuniyatlarini qo‘pol ravishda buzish.
3.Tabiiy resurslarni talon-taroj qilish (suv,o‘rmon, tabiiy boyliklar).
4.Atrof-muhitning ifloslanishi (sanoat, transport, ekologik madaniyatsizlik).
5.Tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, yong‘inlar, zilzila, vulkan).
6.Xarbiy xarakatlar (qurollar sinovi, urushlar).
7.Turli xil yuqumli kasalliklar.
8.Dunyo aholisining ekologik ongi va madaniyatining pastligi.
Ekologik inqiroz oqibatlari.
1.Turli xil kasalliklar (yuqumli) ko‘paymoqda.
2.Dunyoda toza ichimlik suvining tanqisligi, suvning ifloslanishi sodir bo‘lmoqda.
3.Erlarning sho‘rlanish darajasi ko‘tarilib, meliorativ xolati buzilmoqda.
4.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tanqisligi ko‘plab mamlakatlarda sezilmoqda.
5.Atrof muhit ifloslanmoqda.
6.Amudaryo va Sirdaryoning Orol dengiziga umumiy quyilish xajmi keyingi 50 yil ichida qariyb 5 barobar, Orol dengizining suvi 14 barobardan ko‘proq kamaydi, uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25 marta ortdi. Bu Orol dengizida ilgari bo‘lgan baliq va boshqa dengiz mavjudotlarining deyarli butkul yo‘qolishiga olib keldi.
7.YAqin-yaqinlargacha o‘zining ulkan bioxilma-xilligi bilan mashhur bo‘lgan Orol bo‘yi mintaqasida o‘simliklar va yovvoyi hayvonlar turi keskin kamayib bormoqda, jumladan, sut emizuvchilarning 12, qushlarning 26 va o‘simliklarning 11turi butkul yo‘q bo‘lish xavfi ostida turibdi.
8.Orol dengizining qurigan qismi o‘rnida hosil bo‘lgan 5,5 mln gektardan ortiq maydondagi yangi Orolqum sohrosi tobora butun Orolbo‘yi mintaqasiga yoyilmoqda. Bu erdan har yili atmosferaga qariyb 100 mln tonna chang va zaxarli tuzlar ko‘tarilib, qum bo‘ronlar va kuchli shamollar bilan mazkur xududdan ancha olis bo‘lgan mintaqalarga ham tarqalmoqda.
9.Markaziy Osiyo (Ayniqsa, O‘zbekiston,Turkmaniston, Qozog‘iston) aholisi har kuni suv resurslari, ichimlik suvi sifatining pasayishi va tuproq tarkibining buzilishi, iqlim o‘zgarishi, aholi, birinchi navbatda bolalarning turli kasalliklarga chalinishi ko‘payib borayotgani bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarni boshdan kechirmoqda.
10.Orol dengizining qurishi butun Markaziy Osiyoda keskin iqlim o‘zgarishiga olib keldi, suv resurslari taqchilligi, mavsumiy qurg‘oqchilikning kuchayishi, qahraton qishning uzoq davom etishi, Pomir va Tyan-SHan tog‘lari muzliklari erishining tezlashishi va mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish sharoitlarining yomonlashishiga sabab bo‘ldi.
Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
1.Markaziy Osiyoning besh davlati (O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston) tomonidan tashkil qilingan “Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi” faoliyat ko‘rsatmoqda.
2.Davlatimiz raxbari Orolni qutqarish masalasini ilk bor 1993 yil 28 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48 sesssiyasida ko‘tarib chiqdi va jahon jamiyati e’tiborini Orol dengizi muammosiga qaratdi.
3.Prezident I.A.Karimov 2000 yil 8 sentyabr kuni BMTning ming yillik Sammitida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi shafeligida Orol dengizi va Orol bo‘yi muammolari bo‘yicha kengashni tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
4.Prezident I.A.Karimov 2010 yil sentyabrda BMTning ming yillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha Sammitida “Quyi Amudaryo mintaqasida ekologik xarakatni bartaraf qilish” bo‘yicha ma’ruza qildi va bir qancha takliflarni ilgari surdi.
5.1994 yilda Nukus shahrida “Orolni qutqarish” bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Nukus deklaratsiyasi qabul qilindi.
6.Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2008 yili Toshkentda BMT ko‘magida o‘tkazilgan “Orol muammolari, ularning aholi genofondi, o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri hamda oqibatlarini engillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-tadbirlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya Orol bo‘yidagi ekologik ahvolni yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Mazkur konferensiyada ishlab chiqilgan xarakat rejasi 2011-2015 yillarda Orol dengizi xavzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha uchinchi dasturning asosini tashkil qildi. (1 dastur 1995-2000 yillar, 2 dastur 2000-2010 yillar). 2 milliard dollar mablag‘ sarf qilindi.
7.2014 yil 28-29 oktyabrda Urganch shahrida “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikning rivojlanishi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
8.Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi 2013 yildan buyon BMT, Evropa Ittifoqi, etakchi xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari ko‘magida orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 300 dan ziyod loyihadan iborat uchinchi dasturni amalga oshirmoqda. Bu loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun 8,5 milliard dollardan ziyod mablag‘ jalb qilingan.
9.Orolbo‘yi mintaqasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bunday kompleks dasturni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar-BMT, jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi moliyaviy institutlar va nufuzli xalqaro ekologiya tashkilotlari muhim rol o‘ynamoqda.
10.BMT bosh kotibi Pan Gi Lun 2 marta (2010 aprel, 2015 iyunda) O‘zbekistonga keldi. Orol bo‘yida bo‘lib, aholining turmushi bilan tanishdi.
O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari quyidagilar.
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50 moddasi: “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”. 55 moddasi: “er,er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir".
2.O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni. (1992 yil 9 dekabr).
3.O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonuni. (2013 yil 27 dekabr).
4.2008 yildan buyon O‘zbekiston ekologik xarakati hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2009, 2014 yillarada ekologik xarakatdan saylangan 15 nafar deputatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Muqaddas “Avesto”da er, olov, suv, xavoni ifloslantirish, hayvonlarni o‘ldirish kabi jinoyatlar uchun o‘lim jazosi belgilangan. “Avesto”dagi ilgari surilgan tabiatni asrash to‘g‘risidagi g‘oyalar “Ekologiya”, “Ekologiya huquqi” va boshqa fanlarning vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Xozirgi davrda jahonning barcha davlatlari “Avesto”da ilgari surilgan ezgu g‘oyalarga qarshi “faollik” ko‘rsatib inson va tabiat muvozanatini buzmoqda. Oxirigi 50-60 yil ichida Markaziy Osiyo mintaqasining ekologik tizimiga juda katta zarar etkazildi. Insoniyatning tabiatdan foydalanish sohasidagi an’anaviy adob-ahloq qoidalari unutib yuborildi. Er yuzidagi 7 milliarddan oshiq aholining 1,2 milliardi toza ichimlik suviga muhtoj, 2,3 milliard odam sanitariya holati talab darajasiga javob bermaydigan suvdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Mutaxasis olimlarning fikriga ko‘ra, inson suvsiz 4-5 kun, oziq-ovqatsiz esa 50-60 kun yashaydi xolos. Tanada suv miqdorining 5 foizga kamayishi bosh aylanishini yuzaga keltirsa, 10 foiz kamayish o‘limga olib keladi. Xozirda aholining ekologik ongi va madaniyatini oshirish dolzarb masala hisoblanadi.
Ekologik ong va madaniyat-hozirgi va kelajak avlodlar uchun ekologik muammolarning echimini topish va ekologik xavfsizlikka erishish har bir inson hayotida ulkan mas’uliyat ekanligini anglash va jahon madaniyatining rivojlangan bosqichi hamda tarkibiy qismidir.
5-iyun har yili jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadi. SHu munosabat bilan bu sohadagi faoliyat yanada kuchaytiriladi.
Dunyoda global demografik inqiroz sodir bo‘lmoqda. Aholi sonining ko‘payishi. 1820 yilda 1 mlrddan oshdi, 1927 yilda 2 mlrddan oshdi, 1959 yilda 3 mlrddan oshdi, 1974 yilda 4 mlrddan oshdi, 1987 yilda 5 mlrddan oshdi, 2000 yilda 6 mlrddan oshdi, 2010 yilda 7 mlrddan oshdi. Aholining o‘sishi rivojlangan mamlakatlarda pasaymoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik vaziyat normal xolatda. Rivojlanmayotgan mamlakatlarda aholining o‘sishi juda yuqori. Xitoyda o‘sish 1 foiz, Xindistonda 1,1 foiz, jahon aholisi 1,2 foizga oshmoqda.
Bugungi kunda ham qurrai zaminimiz aholisi yiliga 80 millionga ko‘payib bormoqda. Boz ustiga bunday ko‘payish sayyoramizning turli mintaqalarida turlicha kechmoqda.Masalan, bugun jahon aholisi kuniga 254 ming kishidan o‘sib bormoqda. SHundan 13 mingi rivojlangan, 241 mingi esa rivojlanayotgan mamlakatlar xisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni paytda aholisi kamayib borayotgan rivojlangan mamlakatlar miqdori ko‘paymoqda. Masalan, Evropaning birato‘la 17 mamlakatida o‘lim ko‘rstakichi tug‘ilishdan yuqorilab ketdi.
Rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan 1 milliard aholi sayyoramizning qolgan 6,5 milliard aholisidan 20 barobar ko‘proq resurslardan foydalanadi. Rivojlanmagan mamlakatlarda esa tabiiy resurslar tanqisligi ijtimoiy-iqtisodiy nochorlikni keltirib chiqarmoqdaki, buning oqibatida yiliga 14 million kishi ochlikdan qirilib ketmoqda.
XXI asr boshidagi demografik vaziyat migratsiyaning misli ko‘rilmagan oqimini vujudga keltirdi. Ishchi kuchiga ehtiyoj qolmagan mamlakatlarning fuqarolari rivojlangan mamlakatlarga oqib kela boshladilar. G‘arbiy Evropada Janubi SHarqiy Evropa, SHimoliy Afrika va Osiyo mamlakatlari fuqarolari AQSHda Lotin Amerikasi mamlakatlari fuqarolari kundan-kunga ko‘paymoqda. 1968-1969 yillarda 13,9 million kishi o‘zga mamlakatlarga ko‘chib ketgan bo‘lsa, bizning asrimizga kelib, bu ko‘rsatkich bir necha barobarga oshib ketdi. AQSHda 1969 yilda tub aholiga mansub bo‘lmagan 9 million kishi istiqomat qilgan bo‘lsa, 45 yil o‘tkach, bu ko‘rsatkich 5,5 barobar oshib 50 million kishiga ortdi. Ayrim shtatlarda muhojirlar tub aholi sonidan ko‘proq.
Demografik muammo bilan chambarchas bog‘liq bo‘lmish migratsiya jarayonlari nafaqat rivojlangan mamlakatlarga borish rivojlanmagan mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bu mamlakatlardan ish va ish haqi ilinjida chiqib ketayotgan kishilar sonining oshishi mamlakatning madaniyati, turmush tarzi, qadriyatlariga, mamlakat iqtisodiyotiga va ijtimoiy hayotga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Eng xatarlisi, bunday migratsiya jarayonlarining kuchayishi bir millatning ikkinchi millat bag‘riga singib, yo‘q bo‘lib ketish xavfini tug‘dirmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, demografik o‘sishning potensial xavfi birgina aholi sonining o‘sishi bilan bog‘liq emas. Demografik o‘sish oxir-oqibatda tabiiy resurslar va energiya zahiralarining nooqilona va adolatsiz ishchi kuchining noto‘g‘ri taqsimlanishiga ijtimoiy illatlarning ildiz otishiga sabab bo‘ladi. Mazkur muammoning o‘z vaqtida hal etilmaganligi ham rivojlangan mamlakatlardagi ijtimoiy taraqqiyot sur’atini sekinlashtiradi.
Jahon tajribasining guvohlik berishicha, demografik, muammoni bartaraf etish, xususan aholi o‘sish sur’atlarini sekinlashtirish uchun qator omilardan maqsadga muvofiq foydalanish lozim. Ushbu omillar qatoriga aholini sifatli va zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ta’lim olish va davolanish imkoniyatlarini kengaytirish, madaniyat va ma’rifat maskanlarining faoliyati samarasini oshirish, fuqarolar madaniy saviyasini yuksaltirish kiradi.
Jahon global moliyaviy-iqtisodiy inqirozi.
2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ham davom etayotgan jahon global moliyaviy inqirozi dunyo aholisining turmush darajasiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jahon (global) moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 2008-2016 yillar davom etmoqda. 1. Dunyo davlatlarida banklarning to‘lov qobiliyati zaiflashgan. 2. Ishlab chiqarish qisqarmoqda (YAIM pasaymoqda). 3. Ishsizlik ko‘paymoqda. 4. Ish xaqining pastligi va o‘z vaqtida olaolmaslik. 5.Aholining turmush darajasining pasayishi kuzatilmoqda. 6.Ijtimoiy ziddiyat keskinlashmoqda.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish