Arab yozuvi tarixidan. Lotin va kirill yozuvlari. Qadimgi arablar tuyalarning kurak suyaklariga, palma daraxtining keng shoxlariga, silliq oq toshlarga, teriga, loyga va Misr papiruslariga yozishgan. Qadimiy Misr yozuvi arab yozuvining paydo bo‘lishida dastlabki manba vazifasini o‘taydi.
Qadimiy yozuvlarda bizgacha yetib kelgan manbalar. O‘zbek tili tarixini o‘rganishda bizgacha yetib kelgan yozma, tarixiy manbalarga asoslanib ish ko‘riladi. Bunday manbalarning aksariyati arab grafikasi asosidagi yozuv bilan, ayrim qadimiy namunalarigina o‘rxun va uyg‘ur yozuvlarida yetib kelgan. Tilimiz tarixini o‘rganishdagi o‘rni, ahamiyati va mazmuniy jihatlariga ko‘ra manbalarni ikki guruhga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |