Zamma (pish, pesh). Bu belgi arab tili grammatikasida «damma» deb ham nomlanadi. Fors-tojik tilida esa “pish”, “pesh” deb yuritiladi. Bu harakat qisqa “u” unli tovushini ifodalaydi.
Shuningdek, bu harakat arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar ustiga qo‘yiladi. Umid, ustoz, ustixon kabi so‘zlar zamma qo‘yilgan alif bilan yoziladi.
Tashdid so‘z o‘zagida ikki undosh tovush yonma-yon kelganda, ulardan bittasi yozilib, uning ustiga qo‘yiladi. Bu belgi tushgan undosh tovush shiddat bilan, ikkilantirilgan holda talaffuz etiladi. Tashdid «ikkilantirish», «kuchaytirish» degan ma’nolarni bildiradi. Asosan arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |