Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-MA’RUZA Mavzu: O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar



Download 0,64 Mb.
bet4/37
Sana25.01.2022
Hajmi0,64 Mb.
#409970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
IMLO MAJMUA 21-22

2-MA’RUZA

Mavzu: O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar.
Reja:

1. Qadimiy yozuvlar haqida. O‘rxun-Enasoy bitiklari yozuvi.

2. Uyg‘ur yozuvi namunalari. Ayrim harfiy belgilar va alifbo tizimlari.

3. Arab yozuvi tarixidan. Lotin va kirill yozuvlari

4. Qadimiy yozuvlarda bizgacha yetib kelgan manbalar.
Qadimiy yozuvlar haqida. O‘rxun-Enasoy bitiklari yozuvi. Yozuvning paydo bo‘lishi insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk madaniy kashfiyotlardan sanaladi. Yozuv jamiyat, til, adabiyot, san’at tarixini o‘rganish, insoniyat qo‘lga kiritgan madaniy obidalar, fikriy natijalarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvlar jamiyat taraqqiyotini yana ham jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. Yozuvlar orqali biz nafaqat tilimiz, balki ota-boblarimiz turmush tarzi, urf-odatlari, kasb-kori, davlat tuzilishi va boshqa jihatlari to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Yozuvlarning hozirgi ko‘rinishlari talab va ehtiyojlar tufayli oldin paydo bo‘lgan yozuvlarni takomillashtirish hamda bir qancha izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Ayniqsa harfli yozuvlar asosida paydo bo‘lgan ilmiy simvolika tafakkur taraqqiyotini tezlashtirishda, fikrlash, o‘ylash qobiliyatlarining yuqori darajaga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynagan.

Ilmiy manbalarda ta’kidlanishiga ko‘ra insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida piktografik, ideografik, bo‘g‘inli va alifboli yozuvlardan foydalanib kelgan. Yozuvlar tarixida alifboli yozuv alohida ahamiyatga ega. Alifboli yozuvlarning dastlabki shakllari miloddan oldingi 1-mimg yillikda Nil vodiysiga bostirib kirgan giksos qabilasida, keyinchalik Finikiyada rivojlangaligi tarixiy-ilmiy manbalarda ta’kidlanadi.

Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda dunyoda 3 mingdan ortiq tillar mavjud bo‘lib, bu til egalari bir qancha yozuvlardan foydalanadilar. Jahonda hozirgi paytda eng keng tarqalgan yozuv bu – lotin alifbosi asosidagi yozuv bo‘lib, undan dunyo aholisining 30 foizi foydalanadi. Bundan tashqari, ieroglif (Xitoy) yozuvidan 25 foiz, Hind yozuvidan 20 foiz, arab yozuvidan 10 foiz, kirill yozuvidan 10 foiz, Yunon, Yahudiy, Gruzin, Arman, Efiopiya va boshqa yozuvlardan 5 foiz dunyo aholisi foydalanadi.1




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish