joylashganini
oydinlashtirib
oladi.
Bolalarning
javoblarini
tinglab,
umumlashtiradi:
“Ko’rayapsizmi, hammangizning poloskachalaringizning uzunligi har xil, poloskalaringizga
o’lchov 4 marta ham, 3 marta ham, 2 marta ham joylashgan”. Bolalar uo’un va qisqa
poloskaning uzunliklarini o’lchashadi, uo’un va qisqa poloskalarning uzunliklari nechtadan
o’lchamga tengligini gapirib beradilar, qayis poloskaga o’lchov ko’p, qaysi poloskaga kam
joylashganini, nega shundayligini aniqlaydilar. Bolalarning javoblari: “Chunki uzun poloska
kalta poloskadan uo’unroq” (Munira), “Chunki kalta poloskaning uzunligi kichik, uzun
poloskaning uzunligi katta” (Lola). Javoblar bolalarning taqqoslanayotgan buyumlar orasidagi
munosabatlarni tushunishlari, bu munosabatlarni so’zlar bilan so’zlar bilan aniqlay olishlaridan
guvohlik beradi.
Ammo bolalar nega bir poloska ikkinchi poloskadan uchun ekanini ko’ra olishlari uchun
bunday ishni doska oldida flanelegrafda bajarish bilan chegaralanish kerak. (birinchi poloskaga 4
ta, ikkinchisiga esa faqat e ta bir xil o’lchov qo’yiladi).
Shunday qilib, ikkinchi kichik va o’rta guruhlarning asosiy vazifalari bolalarda
buyumlarning uzunliklari, kengliklari va balandliklari (qalinliklari) ga nisbatan masofa turlari
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va shu asosda:
a) o’lovlari kontrast bo’lgan ikkita buyumni taqqoslashda;
b) bittasi namuna vazifasini bajaradigan usta buyumni taqqoslashda;
v) bolalar tomonidan seriasion qatorga tartibga solib qo’yiladigan o’lchovlari bo’yicha
ko’proq kontrast bo’lgan to’rt – besh va undan ortiq buyumlarni taqqoslashda buyumlarning
kattaliklarini farqlash va ularni so’zlash bilan aniqlash malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Bunda bolalar bir vaqtning o’zida o’zaro teskari munosabatlarni o’rnatish bilan buyumlar
kattaliklarining kamayish va o’sish darajalarining qiyosiy bahosi (uzunroq – kaltaroq) ni ham,
ular kattaliklarining nisbiy bahosini ham (uzun – qisqa) o’zlashtirib oladilar. Bu bilimlarni
o’zlashtirish hajmli buyumlarning uch o’lchovli ekanligi haqidagi tasavvurlarni bundan keyin
rivojlantirish uchun asos bo’ladi.
Masofalarning har xil turlari bilan tanishtirishni asta –sekin amalga oshirish kerak.
Chunonchi, eng oldin bolalarni yassi buyumlarda uzunlikni aniqlashga, buyumlarning uzunliklari
bo’yicha taqqoslashga va ularning katatliklariga oid ta’riflar berishga o’rgatish maqsadga
muvofiq. So’ngra buyumlarning kengligi bo’yicha, ularning kattaliklarini aniqlab, taqqoslash
kerak. Shundan keyin bolalar buyumlarda balandlikni, nihoyat, qalinlik (yo’g’onlik) ni ajratish
malakaisni egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: