yonma- yon qo’yib, o’z harakatlarini tushuntiradi. Bunday holatda qaysi minoracha baland ekani
hammaga ko’rinib turadi.
Bolalarning masofalarni aniqlashlarini osonlashtirish uchun atrof – muhitdagi shunday
buyumlardan foydalanish kerakki, ularda masofa ko’proq o’rinni egallasin, shu bilan bir qatorda
dastlabki mashg’ulotlarda yassi byumlardan ko’proq foydalanish kerak.
Bundan tashqari, bolalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo’lgan, har xil faoliyatlardan
ular keng foydalanadigan buyumlardan foydalanishga harakat qilish kerak; bular har xil uzunlik
va kenglikdagi lentalar, har xil uzunlikdagi sakragichlar, qurilish materiallari detallari (har xil
uzunlikdagi brusoklar, kengligi har xi plastinalar, yo’g’onliklari har xil qilindrlar, tayoqlar), har
xil balandlikdagi piramidalar, kegllar, archachalar va boshqa ko’pgina buyumlar va o’yinchoqlar
bo’lishi mumkin. Har qaysi mashg’ulotda bolalarga tarqatma material (kengligi teng bo’lgan
holda har xil uzunlikdagi qog’oz poloskalar va aksincha, uzunligi teng bo’lgan har xil
kenglikdagi qog’oz poloskalar; har xil uzunlikdagi, har xil kenglikdagi qog’oz poloskalar, iplar,
har xil qalinlikdai lattaputtalar va b.) bilan ishlash imkonini berish kerak. Tarqatma materiallar
bilan ishlash har bir bolaga buyumlarning kattaliklarini har tomonlama tekshirish imkonini
beradi.
Bolalarda har xil uzunlikdagi buyumlarni farqlash va tegishli atamalar bilan aniqlash
malakalari tarkib topishiga va shakllanishiga imkon bergan ba’zi mashg’ulotlarni qaraymiz.
Ikkinchi kichik guruhda o’tkazilgan birinchi mashg’ulotning dastur mazmuni
quyidagilardan iborat:
1) bolalarga taqqoslash natijasida buyumlardagi masofani ajratishni o’rgatish;
2) yoniga qo’yish va ustiga qo’yish usullaridan foydalanib, taqqoslash bilan uzun va kalta
buyumlarni farqlash
malakasini rivojlantirish;
3) bolalarni har xil uzunlikdagi buyumlarni mos atamalar bilan aniqlash bo’yicha mashq
qildirish.
Mashg’ulotlar uchun har xil uzunlikdagi ikkita lenta va ikkita chizg’ich didaktik material
bo’lib xizmat qiladi; bolalar uchun va qisqa (kalta) qog’oz poloskadan foydalanishadi.
Tarbiyachi bolalar e’tiborini doskadagi biri ikkinchisining tagiga qoqib qo’yilgan lentalarga
qaratadi va ularning kattaliklarini topishni taklif qiladi. Bolalar bir lenta baland, ikkinchisi past
(Lola);, biri uzun, ikkinchisi qisqa (zamira); biri kalta, ikkinchisi esa katta (said) deb javob
berishadi. Ko’rib turibmizki, Zamiragina to’g’ri javob bergan. Bolalarning javoblarini
aniqlashtirib, tarbiyachi ta’kidlaydi: “Lentalar uzunliklari bo’yicha har xil. Biri uzun, ikkinchisi
kalta”. Tarbiyachi lentalarning kattaliklarini aytish bilan bir vaqtda ularni ko’rsatadi. (“Mana
uzun lentaning uzunligi, mana kalta lentaning uzunligi”). Shundan keyin bolalar lentalarning
uzunliklarini ko’rsatishadi, bunda ular ko’rsatilayotgan lentaning kattaligini aytib turishdi, 5-6 ta
boladan so’ralganidan keyin tarbiyachi yakun yasagandek bo’ldi: “Bu lentalar uzunliklari
bo’yicha har xil. Bir lenta uzun, ikkinchi lenta esa kalta”. Har xil uzunlikdagi chizg’ichlarning
kattaliklari ham xuddi shunday usul bilan taqqochlandi va aniqlandi. Mashg’ulotning ikkinchi
qismida bolalarning hammasi tarbiyachining ushbu topshirig’ini bajarishadi: uzun, kalta
poloskani ko’rsat kalta poloska tagiga uzun poloskani shunday qo’yki, ularning chap oxirlari
tekis tursin; uzun, kalta poloskaga bayroqcha, kalta poloskaga koptok rasmini chiz. Har bir
topshiriq bajarilganidan keyin tarbiyachi bolalardan so’rab, ularni taqqoslanayotgan
buyumlarning kattaliklariga aniq ta’rif berishga o’rgata bordi. Mashg’ulot oxiriga kelib, ba’zi
bolalar hatto bunday yoyiq gaplarning ham uddasidan chiqishdi; “Men uzun poloskaga
bayroqcha rasmni, kalta poloskaga koptok rasmini soldim”.
Bolalarning hammasi uzun va kalta buyumlarni to’g’ri ko’rsatishdi, ammo ba’zi bolalar
poloskalarni katta va kichik poloska, deb aniqlashni davom ettirishdi. Bunday aniqlashlarni bir
mashg’ulot davomida amalga oshiri bo’lmaydi. Shu sababli navbatdagi ikki mashg’ulot
davomida tarbiyachi bolalarning uzun va kalta buyumlarni mos atamalar bilan
aniqlab taqqoslash
va farqlash malakalarini mustahkamladi. Bunda u bolalarda har qanday uzunlikdagi buyumlar
uzun – qisqa (kalta), uzunroq – kaltaroq buyumlar kabi umumiy tasavvurni tarkib toptirish uchun
taqqoslanadigan buyumlar doirasini asta – sekin kengaytirib borishni lozim topdi.
Shunday mashqlar natijasida bolalar buyumning nisbiy kattaligini asta –sekin ko’z bilan
chamalab aniqlashga o’rgatiladi. Bolada kattalik bo’yicha munosabatlarni aniqlash usulining o’zi
shakllanadi.
“Keng – tor – teng” (kengligi bo’yicha) tasavvuri ham buyumlarni ustiga qo’yish usuli
bilan shakllantiriladi.
“Yo’g’on – ingichka – teng” (qalinligi (qo’g’onligi) bo’yicha) tasavvuri har xil
buyumlarni bevosita taqqoslash (yoniga qo’yish usuli bilan) da shakllanadi. Buning qalinligi
bo’yicha har xil, yo’g’onligi bo’yicha har xil qalamlarni olish mumkin.
Bolalar har xil o’lchamli buyumlarni taqqoslay oladigan va tegishli belgilarni ajrata
oladigan bo’lganlaridan keyin “Topshiriq” didaktik o’yini o’tkaziladi. Topshiriqni tarbiyachi
beradi (masalan, qo’g’irchoq nomidan), bolalar esa u aytgan buyumni )qo’g’irchoqni), masalan,
baland archani, uzun qalamni, keng lentani (2 – 3 juft buyumlar orasidan tanlab) ko’rsatishlari
yoki keltirishlari kerak.
Bolalar kontrast o’lchamli buyumlarni taqqoslashga o’rgatilganidan keyin tarbiyachi
ularni buyumlarning
Do'stlaringiz bilan baham: