Solishtiring:
Kecha kerak bolding, //
Bolalik chog`im! //
Senga qo`l uzatdim, /
Yo`q,
Yetolmadim. //
Oshkora g`irromlik qildi
O`rtog`im, – //
Men: / bor, o`ynamayman, //
Deb ketolmadim… ///
Lirik asarlarni ifodali o`qish jarayonida ovozni har xil tovlash mumkin. Ovoz tovlanishi ikki o`rinda kerak:1.She`rdagi ruhiy holat: ko`tarinkilik, g`amginlik, mehr, g`azab kabi tuyg`ularni anglab ovozni tovlash, tezligi, balandligi, mantiqiy pauzasini o`zgartirish mumkin.
Mayliga kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa.
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik.
Voqeaband she’r bo`lsa, undagi har bir obrazni alohida-alohida ovoz bilan o`qish lozim. Biz buni ikki xil tarzda namoyish qilamiz. A. Voqeaband lirik asarni boshlang`ich sinf o`quvchilariga rollarga bo`lib o`qitish mumkin. Buni talabalar yordamida amalga oshirish mumkin. B. O`qituvchining o`zi ovozini tovlashi mumkin:
Muxtorjon olti yoshli /
Singlisidan so`radi: //
– Munisxon, /
Rostingni ayt, /
O`ylashni bilasanmi? //
Munisxon ajablanib / akasiga qaradi: //
– Aka-a, / o`zing ayta qol, /
O`ylash degan nimadi? /
Muxtorjon jiddiy turib, /
Qoshini birga yig`ib, /
Singlisiga ko`rsatdi: /
Mana, men o`ylayapman!.. //
– Nimani o`ylayapsan? //
– Juda ko`p o`ylayapman: /
Marojniydan tog` bo`lsa, /
Nuqul gilos, bog` bo`lsa, /
Bir qozon qaymoq bo`lsa, /
Tuyaday pishloq bo`lsa… //
Boshlang`ich sinf darsliklarini ko`zdan kechirganimizda aruz va erkin vazndagi she’rlar kam uchrashini kuzatdik. Aksariyat she’rlar to`rt misrali banddan iborat. Qofiyalar hamisha ham to`q emas, bu ham ifodali o`qishda qiyinchilik tug`diradi. Barmoq vaznidagi murakkab vaznli she’rlar 1-2 sinfda emas, 3-4-sinfda uchragani ma’qul. Aruz va barmoq vaznidagi she’rlarni o`qiganda mantiqiy va ritmik pauza muhim rol o`ynaydi, ammo erkin vazndagi she’rning o`qilishida ritmik pauza
emas, mantiqiy pauza alohida o`rin tutadi. Aruz va barmoq vaznidagi she’rlarning o`qilishida o`ziga xos qonunlar bor: A. Aruz vaznidagi she’r ifodali o`qilganda, baytda rukn soni sakkizta bo`lsa, ikki rukndan so`ng bir bor, misra oxirida bir bor to`liq nafas olinadi, baytda rukn
soni oltita bo`lsa, misradan so`ng to`liq nafas olinadi, ungacha ohangda uzilish bo`lmasligi lozim. Shu taxlit mazmunga qarab ovoz rangi tovlanadi, ya’ni g`amgin yoki ko`tarinki kayfiyatni ifodalovchi ohangda o`qiladi, she’r janriga qarab bandda ritmik pauza qilinadi.
Boshqa vaznlardan farqli o`laroq aruz vaznida rukndan so`nggi pauza jarayonida so`zni ikkiga bo`lib, pauza qilish mumkin. Aruz vaznidagi she’rlarning o`qilishida musiqiylik bor, bu boshqa vaznlarga xos emas. B. Barmoq vaznidagi she’rda har satrdan so`ng ohang uziladi, mantiqiy pauza bo`lsa, har sozdan song to`xtalish ham mumkin. Albatta, ovoz ko`tarilib-tushushi, tirli kayfiyatni ifodalashi mumkinki, bu pauzaga ta’sir qilmaydi. C. Erkin vazndagi she’rning o`qilishini muayyan qolipga solib bo`lmaydi, negaki qahramon kayfiyatini she’rxon qanday idrok qilsa, mantiqiy pauzani qo`llaydi, bu vazhda band emas,
mazmun yaxlitligiga qarab ritmik pauza qilinadi. Lirik asarlarni ifodali o`qishni to`g`ri amalga oshirish o`quvchining matnni chuqur idrok etishiga, ruhiyatining tarbiya topishiga, komil, eng muhimi, ezgu amalli inson bo`lib yetishuviga ko`mak beradi. Ifodali o`qishni eplagan o`qituvchining darsi qiziqarli, tushunarli, esda qolarli bo`ladi.
Talabalarning darsdan olgan bilimlarini "Ven diagrammasi” strategiyasi metodi bilan tekshirsak: lirik asarlarni ifodali o`qish uchun zarur tushunchalarni uch aylanaga yozing. Berilgan sxemani shunday to`ldiringki, zarur tushunchalarning kesishish o`rinlari to`g`ri kelsin.
Yordam ma’nosida zarur tushunchalar nomini tavsiya qilamiz, siz to`g`ri joylashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |