Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V b



Download 215,57 Kb.
bet7/23
Sana23.07.2022
Hajmi215,57 Kb.
#841767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
2 5244463691880993324

Fonеtik akustika. Biror jismning boshqa bir jism ta'sirida tеbranishi va bu tеbranishning quloqqa eshitilishi tovushning akustik (eshitilish) tomonidir. Jismning tеbranishi havoni to’lqinlantiradi, natijada tovush hosil bo’ladi. Nutq to-vushlari oliy asab tizimi signali tufayli tovush paychalarining tеbranishidan nutq a'zolarida hosil bo’ladigan shovqindan iboratdir.
Akustik jihatdan tovushning balandligi, kuchi, tеmbri va cho’ziqligi farqlanadi. Tovushning balandligi tеbranishning miqdoriga bog’liq: tеbranish qancha ko’p bo’lsa, tovush ham shunchalik baland bo’ladi va aksincha, tеbranish oz bo’lsa, tovush ham past bo’ladi. Tеbrangich qancha kichik bo’lsa, u shuncha tеz tеbranadi, binobarin, tovush ingichka chiqadi.
Urg’u ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri bo’lib, u ta’kidlash, ayricha diqqat uchun zarurdir.Urg’u yordamida so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish ma’noni chuqurroq anglash mumkin. Ilmiy adabiyotlar ma’lumotiga ko`ra urg`u so’z urg’usi, gap urg’usi, dinamik urg’u, psixologik urg’u kabi turlarga bo’linadi. So’z urg’usi ma’no farqlashdek muhim ahamiyatga ega: “qo’shma” fe’l bo’lsa, birinchi bo’g’inni, sifat bo’lsa, ikkinchi bo’g’inni cho’zibroq aytish lozim. Akademik, bo’g’lama, bog’lar,etik, atlas, gulsiz,tugma singari so’zlar fikrimizni dalillaydi.
Mantiqiy urg’u ifodali o’qish uchun muhim, negaki matnda yashiringan bo’lib, uni aniqlash kitobxonning aql-idrokiga ham bog’liq. U qaysi so’zni alohida ta’kidlashni istasa, o’sha so’zhi alohida ajratib aytadi. Ayni damda, kitobxon mantiqiy urg’uni izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma’noni kuchaytirish uchun qo’llangan takroriy so’zlarga, ergash gaplardagi bir manzarani tasvirlovchi bir xil bo’laklarga hamda ayrim gaplardagi ta’kidlovchi so’zlarga alohida e’tibor berishi zarur. Odatda mantiqiy, ya’ni gap urg’usidan keyin qisqa pauza qilinadi:
Mening yuragimdan boshqa do’stim yo’q,
Yaqin yo’lolmagay g’anim yo malik.
Vale, bilib qo’ying – hech kim, hech qachon
Menga pand bermagan yuragimchalik.
Aytaylik, yuqoridagi to’rt satr doirasida “yuragimchalik” so’zini alohida ajratib aytish mumkin. Bunda shoir yuragidan astoydil og’ringani ta’kidlangan. Boshqa bir ijrochi “hech kim, hech qachon” so’zlarini alohida urg’u bilan aytishi mumkin.
Bunday holatda esa eng ko’p pand bergan yuragi ekanligi ta’kid qilinmaydi. Ayni choqda har bir satr uchun alohida bir so’zga mantiqiy urg’u qo’yish mumkin. Birinchi satrda “boshqa”, keyingi satrda “yo’lolmagay”, uchinchi satrda “hech kim, hech qachon” so’zlarini,oxirgi satrda “pand” so’zini alohida urg’u bilan aytish mumkin. Muhimi, mantiqiy urg’u duch kelgan so’zga qo’yilmaydi. Urg’u asarning mazmunli, jozibali chiqishiga yordam berishi lozim.
Pauza (gr. pausus-tugash, to’xtash so’zidan) – nutq davomida tin olish, bir nafas to’xtab o’tish. Badiiy asarlarni o’qish jarayonida pauzaning o’rni muhim. Pauzaning ko’rinishi uch xil:
1. Grammatik pauza.
2. Mantiqiy pauza.
3. Psixologik pauza.
Badiiy asarlar tarkibida mavjud tinish belgilariga asoslanib qilingan to’xtalish grammatik pauza deyiladi. Odatda so’roq, undov, nuqta, vergulga qilingan
to’xtalish grammatik pauza asosini tashqill qiladi.
Shoshilib kelganda allaqayerdan,
Qaygadir yo’l boshlab ketadi mani.
Esiga tushganga o’xshaydi birdan
Chorasiz umrimning tugab qolgani.
Nimadir izlayman
Yo’q bisotimdan,
Yana boramanmi
Xudoga yig’lab?
Onajon!
Onajon!!!
Nahot, ortimda-
Chirigan xazonlar qolar shivirlab?!
So’z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma’nosini aniq va to’liq ifodalashga xizmat qiluvchi pauza mantiqiy pauza deyiladi. Mantiqiy pauza so’zlar orasiga vertikal chiziq tortish bilan belgilanadi:
Qoshi yosinmu deyin, // ko’zi qarosinmu deyin,
Ko’nglima har birining // dard-u balosinmu deyin?!
Yoki:
Endi Sizga // gap navbati, // o’rtoq so’roq,
Ana chiqdi // so’roq belgi // misli o’roq.
Psihologik pauza – muallifning, asar qahramonining matnda yashiringan ruhiy holatini ifodalagan kuchli his-hayajon. Ruhiy pauza ifodali o’qish jarayonida asar ifodasining jonli, jozibali, ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi. “Intonatsiya” lotincha so’z bo’lib, “qattiq talaffuz qilish” degan ma’noni anglatadi.
Ovozning ko’tarilib tushishi, jumla yoki satrlarning tez yoxud sekin o’qilishi kabilar o’z me’yorida bo’lsa, ohang tinglovchini o’ziga jalb qiladi. Intonatsiya asar mazmunini, muallif maqsadini, qahramon kayfiyatini, his-tuyg’usini tinglovchiga yetkazib beruvchi muhim vositadir.
“Temp” lotincha so’z bo’lib, “sur’at”, tezlik”, “daraja”, “vaqt” degani. “Ritm” esa grekcha so’z bo’lib, “takt”, “ohangdosh” ma’nolarini anglatadi. She’riy nutqdagi muayyan bo’laklarning biror teng vaqt ichida izchil va bir o’lchovda takrorlanishiga ritm deyiladi. Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g’oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi, o’quvchi zavqini oshiradi.

Download 215,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish