Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-Rasm. Geyger-Myuller schyotchigi



Download 2,69 Mb.
bet77/148
Sana06.01.2022
Hajmi2,69 Mb.
#324297
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   148
Bog'liq
Махсулот сифати назорати маъруза матни лотин 95783

8.10-Rasm. Geyger-Myuller schyotchigi

  1. korpus, 2- tola

YArimo‘tkazgich dektorlar ba’zan qattiq jismli ionlanish kameralari ham deyiladi. YArimo‘tkazgich material – kremniy yoki germaniyda ionlar juftini hosil qilishga kerak bo‘lgan energiya gazdagiga nisbatan taxminan bir tartibga kichik bo‘ladi: 3 va 30 eV - xarakterli qiymatlardir. SHuning uchun o‘lchashlarning aniqligi bo‘yicha yarimo‘tkazgich detektorlar boshqa turdagi schetchiklardan afzalroqdir.

A.Bekkerel tomonidan qayd qilingan lyuminoforlarning chaqnashi ingliz olimi E.Rezerford tomonidan rux sulfid ekrani yordamida a-zarralarni vizual qayd qilishda foydlanildi. Zamonaviy lyuminessent hisoblagichda ekran sifatida yo NaI kristali, yoki lyuminofor suyuqligi, kuzatuvchi sifatida esa fotoko‘paytirgich yoki elektron apparatura ishlatiladi. Zarra kristall atomlarini uyg‘otadi, ular fotonlarni chiqaradi va fotoko‘paytirgich yorug‘likni qayd qiladi. Katta hajmli detektor zarur bo‘lganida lyuminessentli - ssintillyasion schetchikdan boshqasi yaramaydi. Neytrinoni qayd qilish uchun amerika olimi F.Raynes va K.Kouen butun bir inshoot qurdilar: ular yaratgan «hisoblagich»da 5000 l suyuq ssintillyator (lyuminofor) bor edi!

Bekkerel davridan boshlab yadro zarralarini qayd qilish uchun fotoplastinkalardan foydalaniladi. Fotoplastinka ochiltirilgandan so‘ng unda zarralarning traektoroyasini ularning izlaridan – treklardan kuzatish mumkin. Vilson kamerasi - trekli detektor. Bu kamerada zaryadli zarra yo‘li bo‘ylab hosil bo‘lgan ionlar suyuqlik bug‘lari tomchilarining kondensatsiyalanish markazlari bo‘lib xizmat qiladi.

Bu tomchilarning treki fotoplyonkada suratga tushiriladi. YUqori energiyali zarralarni qayd qilish uchun pufakli kameralar ishlatiladi. Ularda zarra pufaklardan iborat iz qoldiradi. Bunday kamerada juda tez zarrlarning traektoriyalarigina joylashadi: energiyasi katta zarraning suyuqlikda yugurish masofasi gazdagiga qaraganda kichik bo‘ladi. Bundan tashqari, pufakli kamera juda katta ‘ajmli qilib yasalgan bo‘lishi mumkin. Zarra traektoriyasi xaqida to‘la ma’lumotlarni uchkun kamera yordamida olish mumkin.

CHerenkov schyotchigining ishlash prinsipi Vavilov - CHerenkov effektiga asoslangan. Bunday hisoblagichda zarra tezligi u o‘tayotgan shaffof jismning yorug‘lanishidan aniqlanadi. CHerenkov schetchigi yordamida antiproton kashf qilingan.

Neytrlar zarralar –  kvantlar, neytronlarni, mezonlarni, neytrinoni ularning moddada hosil qilayotgan zaryadli zarralariga qarab qayd qilinadi. Masalan, sekin neytronlar oqimini o‘lchash uchun ionlanish kamerasi yoki gaz schyotchigi geliy 3Ne bilan to‘ldiriladi. Geliyning neytron yutib olishi natijasida proton va triton hosil bo‘ladi: 3Ne +1n 13N; bu zarralar (asosan proton) hosil qilgan ionlanishdan hisoblagichda issiqliq neytronining paydo bo‘lgani qayd qilinadi. Agar ionlanish kamerasining devorlariga uran qoplansa, u ‘olda neytronlar ta’sirida uranning bo‘linish bo‘laklarini gazni ionlashtiradi va shu bilan kamera ‘ajmi orqali neytron oqimi o‘tganligidan darak beradi.

Hozirgi zamon eksperimenti zarralarni qayd qilishning murakkab mantiqi bilan xarakterlidir. Detektorlar impuls kuchaytirgichlariga, mos tushish sxemalariga, vaqtincha to‘xtatib turish sxemalariga ulanadi. Zaryadli zarralar hosil qilgan elektr impulslari dastlabki kuchaytirish va shakllantirishdan keyin amplituda analizatorlariga - zarralarning energiyasiga bog‘liq ravishda impulslarni xillarga ajratuvchi asboblarga yuboriladi. O‘lchash natijalari bevosita eksperiment o‘tkazilayotgan vaqtning o‘zida EHMga berilib, uzluksiz ravishda ishlab chiqiladi. ‘ozirgi kunlarda faqat murakkab texnika vositalarini qo‘llabgina yadro mikrodunyosini o‘rganish mumkin.



Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish