7.4. Optik defektoskopiya qurilmalari, kuzatuvchi optik qurilmalari
Ushbu turdagi qurilmalar endoskop yoki boroskop deyiladi. Endoskoplarning ishlash prinsipi mahsus optik tizim yordamida ob’ektni ko‘rishga asoslangan natijada olingan tasvir bir necha metrga uzatiladi. Endoskoplar 3 ta turga bo‘linadi:
linzali
tolali-optik
aralash
Tibbiyotda oshqozon kasalliklarini tekshirishda tolali optik endoskop keng qo‘llaniladi. Uni optik sxemasi quyidagicha.
7.4-rasm.
1-yorug‘lik manbai (100-300 Vt li galogen lampa); 2- kondensor; 3- optik filtr; 4- tashqi yorituvchi nur o‘tkazgich; 4’- endoskopni yorituvchi nur o‘tkazgichi; 5-tasvirni uzatuvchi nur o‘tkazgich; 6- okulyar; 7-qayd qilish tizimi; 8- ob’ektiv 9- shaffof prizma; 10- tekshiriluvchi ob’ekt
Do'stlaringiz bilan baham: |