6-Mavzu. TEXNIK NAZORAT OBEKTI VA SUBEKTLARI,RADIOTO‘LQINLI NAZORAT USULLARI VA VOSITALARI
6.1. Radioto‘lqinli nazoratning fizik asoslari va element ba’zasi
Fizik asoslar. Radioto‘lqinli putur etkazmasdan nazorat qilish radioto‘lqinli diapozonni elektromagnit nurlanishni nazorat ob’ekti bilan o‘zaro ta’sir analiziga asoslangan. Amaliyotda 1 dan 100 mm to‘lqin uzunligi diapozonini qo‘llovchi o‘ta yuqori chastotali (O‘.YU.CH) usullar keng qo‘llanilish topdi. Radioto‘lqinlarni o‘zaro ta’siri faqatgina tushuvchi to‘lqin. O‘zaro ta’sir xarakteriga ( radiooptik jarayonlar sinfiga kiruvchi: aks etish, difraksiya, yutilish jarayonlari) yoki tushuvchi va aks etgan to‘lqin o‘zaro ta’siri (radiogolografiya sohasiga kiruvchi interferension jarayonlar) xarakteriga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari radiodefektoskopiyada radioto‘lqinli nurlanish o‘zaro ta’sirni spetsifikrezonans effektlari qo‘llanilishi mumkin (elektron, paramagnit rezonans, yaderli magnitli rezonans va boshqalar). Radio to‘lqinlarni qo‘llash ikki sabab bo‘yicha qulaydir: boshqa usullar bilan nazoratini effektivligi kam bo‘lgan kompozit, ferrit, yarim o‘tkazgichli, dielektrik materiallar;
O‘ta yuqori chastotali diapozonli radio to‘lqin xususiyatlarini qo‘llash imkoni.
Ushbu xususiyatlar soniga quyidagilar kiradi:
O‘YUCH diapozoni generirlanuvchi to‘lqinlar quvvatlarini katta intervalini olishga imkon beradi, bu turli shaffofli darajadagi muhit va materiallarni nazorat qilish uchun qulaydir (juda yupqadan tortib mustahkam betonli asoslargacha).
O‘YUCH to‘lqinlarni kogerent qutblangan garmonik elektromagnit tebranishlar ko‘rinishida olish oson, bu esa kogerent to‘lqinlarni dielektrik qatlam bilan o‘zaro ta’sirida kelib chiquvchi interferensiyali hodisalarni qo‘llagan holda nazoratni yuqori sezgirligini va aniqligini ta’minlashga imkon beradi.
O‘YUCH yordamida, apparaturani ob’ektga nisbatan bir tomonli joylashishida sifatni kontaktsiz nazoratini amalga oshirish mumkin aks ettirishga nazorat usuli.
O‘YUCH diapozon to‘lqinlari o‘tkir fokuslangan bo‘lishi mumkin, bu nazoratni lokkalligini, minimal cheka effekt, yaqin joylashgan jismlarga nisbatan shovqinga chidamlik, nazoratdagi ob’ekt haroratini va boshqa o‘lchovchi datchiklarga ta’sirini bartaraf etishni ta’minlashga imkon beradi.
Ichki tuzilma, buzilishlar va giometriya haqidagi ma’lumotlar, foydali O‘YUCH signal parametrlarini katta qismida mavjuddir: amplitudada, fazada, qutblanish koeffitsientida, chastota va bosh.
O‘YUCH qo‘llash tez o‘tuvchi jarayonlarni kuzatishga va tahlil qilishga imkon bergan holda, nazoratni o‘ta kichik inersiyaligini ta’minlab beradi.
O‘YUCH diapozondagi apparatura foydalanishda qulay va etarlicha kompakt ravishda tayyorlanishi mumkin.
Rezonans radioto‘lqinli O‘YUCH usullarini qo‘llashda materialni “sog‘lom” va “defektli ” zonalarda tuzilmasi, tarkibi va giometriyasini ko‘p parametrli nazorat qilish imkoni mavjud.
O‘YUCH texnikasi va usullarini qo‘llashni afzallik sohasi – bu radioto‘lqinlar tarqaluvchi yarimo‘tkazgichli, ferritli, kompozitli va dielektrikli materiallarni tuzilma va mahsulotlarini, yarimfabirikatlarni nazorat qilishdir. Metal tuzilmalardan radioto‘lqinlar to‘liq aks etiladilar, shuning uchun ularni faqatgini giometrik yuza va tashqi buzilishlarni nazorat qilish uchun qo‘llash mumkin, qalin metal jismlarni nazoratida esa apparatura datchiklarini nazorat ob’ektiga nisbatan ikki tomonli joylashishi talab qilinadi.
Elektromagnitli to‘lqin o‘zidan ma’lum yo‘nalish z da tarqaluvchi magnitli N va elektrik E tez o‘zgaruvchi maydonlar jamlamasini aks ettiradi. Bo‘sh fazoda elektromagnit to‘lqin ko‘ndalangdir ; ya’ni E va N vektorlar to‘lqin z tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyardirlar. (6.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |