6.9-rasm. To‘g‘riburchakli to‘lqin tashuvchida tebranishlar turi:
a- TE01 tipli to‘lqin; b-TM11 tipli to‘lqin; v-TE11 tipli to‘lqin.
Ammo odatda tarqalishni ideal sharoitlarini barpo etish mumkin emas va shuning uchun maydonni umumiy ko‘rinishi, generatordan yuklamaga tarqaluvchi to‘lqin va teskari yo‘nalishda tarqaluvchi to‘lqinlar yig‘indisidan tashkil topgan. Bunda to‘lqin tashuvchida tik to‘lqinlar rejimi o‘rnatiladi. Har qanday to‘lqin tashuvchi tarmoq ideal sharoitlarda 1 ga teng o‘lishi kerak bo‘lgan, kuchlanishni tik to‘lqin koeffitsienti bilan xarakterlanadi. Amaliyotda KSVN=1,02-1,03 li to‘lqin tashuvchi tarmoqlar etarlicha yaxshi hisoblanadilar.
Tik to‘lqinlar xususiyati va kuzatiluvchi xodisalar va aks etishni keltirib chiqaruvchi bir turli bo‘lmagan xarakteristkalar orasida aloqani o‘rnatish imkoni katta amaliy qiymatga ega bo‘lib quyida ko‘rib chiqilgan.
Agar asbob bilan belgilanuvchi maksimal kuchlanish Umx, minimal esa Umin bo‘lsa, kuchlanishni tik to‘lqin koeffitsienti deb ataluvchi kattalik KSVN= Umx/ Umin ga teng.
Qiymat KSVni tushuvchi va aks etgan to‘lqinlar nisbati orqali ko‘rsatish mumkin:
KSV =
Ushbu tenglikdan aniqlanuvchi Ua.e/Utush nisbat, aks etish koeffitsienti r deyiladi. Umumiy holda bu koeffitsient o‘zidan kompleks sonni namoyon etadi. r uchun tenglik quyidagi formada yozilishi mumkin.
TTQ =
Kuchlanishni tik to‘lqin koeffitsienti va aks etish koeffitsientini
Umx va Umin o‘lchashlar natijasi bo‘yicha hisoblash uchun maxsus chizg‘ich mavjud.
Quvvatni katta yo‘qolishiga uchramaslik uchun, generatorni stabil ishlashini ta’minlash uchun va o‘lchashlarni ani natijalarini olish uchun flanetslar yordamida to‘lqin tashuvchilarni ulanishi ustidan sinchkov nazorat amalga oshirish kerak. Asosiy talablar:
To‘lqin tashuvchilarni o‘lchamlarini bir xilligi, ularni jipslashganligi va flanetslar orasida tirqishlarni bartaraf etish.
To‘lqin tashuchilarni har qanday kengliklarda aylanib o‘tish (E va N kengliklardan aylanib o‘tish) imkoniga asosan kirish mumkin bo‘lmagan murakkab joylarda nazoratni amalga oshiruchi asboblarni ishlab chiqish mumkin. Burilishlarni to‘lqin tashuvchi trakt bo‘lgan yaxshi tenglashishiga etishish uchun burilishni buralish radiusi ga teng yoki undan katta bo‘lishi kerak.
Bunda har bir to‘lqin tashuvchi trakt, to‘lqinni uzunlik diapozoniga mo‘ljallangangini inobatga olish kerak. SHuning uchun tenglashtirish shartlari va tik to‘lqin koeffitsienti, to‘lqin uzunligi bo‘yicha diapazonni moslashishini inobtga olgan holda hisoblanadi.
Tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ko‘p hollarda traktni boshqa qismlarini holatini o‘zgartirmagan holda antenna qurilmalarini siljitish zarur bo‘ladi. Bu yumshoq (gibkiy) to‘lqin tashuvchilar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Agar santimetrli te’nikada yumshoq gofrirlangan to‘lqin tashuvchilar bo‘lsa, millimetrli diapazoda esa harfi ko‘rinishida egilgan to‘lqin tashuvchini uzun bo‘lagi bilan foydalanish mumkin.
To‘lqin tashuvchilar asosida qurilgan to‘lqin tashuvchi elementlar O‘YUCH o‘zgartirgichlarini qurish uchun baza hisoblanadilar. Radioto‘lqinli nazorat asboblarini asosiy elementlar bo‘lib, yuklamani tenglashtirish, antennyuatorlar, faza aylantiruvchilar, yo‘naltirilgan taqsimlagichlar, gibrid bog‘lovchilar, koaksial – to‘lqin tashuvchi o‘tishlar, tebranishlar turini o‘zgartirgichlari, uzib – ulagichlar, rezonatorlar, diplekserlar, ventillar, sirkulyatorlar, modulyatorlar, antennalar va boshqalar hisoblanadi.
Tenglashtirilgan yuklamalar (yutgichlar), o‘rta chastotadan 30% gacha bulgan chastotalar kengligida 1,02 – 1,05 dan yuqori bo‘lmagan KSV kattaligi bilan harakterlanadilar. Trakt bo‘yicha uzatiluvchi quvvatni nurlanishsiz va aks etishsiz yutish uchun skosa uzunligi / 2 dan kichik bo‘lmagan tenglashtiruvchi klinyalar xizmat qiladi.
Antennyuatorlar yoki quvvat susaytiruvchilari o‘zidan ichida O‘YUCH enrgiyasini yutuvchi qoplama chalkashtirilgan plastina joylashtirilgan to‘lqin tashuvchini aks etadi. Plastinani to‘lqin tashuvchi markaziga kiritilishida energiyani katta qismi plastina bilan yutiladi va oz qismi tarqalib ketadi.
Faza aylantiruvchi o‘zidan, u orqali to‘lqin o‘tganda faza o‘zgarishini ta’minlovchi to‘lqin tashuvchi to‘lqinni aks etadi. Faza aylantiruvchilar plastinali, bosilgan va ezilgan turlarda bo‘lishi mumkin. Ular o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Traktlarni tenglashtirishda va o‘lchashda odatda o‘zgaruvchan to‘liq qarshiliklar qo‘llaniladi. Siljuvchi qisqa tutashish bilan tugallanuvchi to‘lqin o‘tkazgich bo‘lagi har qanday kenglikda qiymati dan gacha o‘zgaruvchi o‘zgaruvchan reaktiv o‘tkazuvchanlikni tashkil etadi.
O‘zgaruvchan attenyuatorni qisqa tutashuvli porshen Bilan mos kelishni (sochetanie) qo‘llagan holda traktda berilgan qarshilikli zarur yuklamani vujudga keltirish mumkin.
Traktlarni moslaydigan sozlanuvchi elementlar sifatida to‘lqin uzatgich (volnovod)ga rezbalar bilan maxkamlanuvchi plastinkalar qo‘llaniladi.
To‘lqin uzunligini o‘lchovchi qurilma sifatida rezonans volnovod ko‘rinishidagi o‘lchagichlar qo‘llaniladi. Tulqin uzunlik o‘lchagichni sxemaga shunday ulanadiki, rezonansda to‘lqinni uzatilishi yoki energiya yutilishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |