Akselemetrlarning tuzulishi va ishlash prinsipi. Mexanik sinovlarda mexanik ta’sirlar parametrlarini o‘lchash uchun pezoelektrik, tenzometrik torli va patensiometrik akselemetrlardan foydalanishadi.
Pezoelektrik akselemetrlar ikki turda bo‘ladi: qisishga (15.6.a rasm) va qayirilishga (21.6.b rasm) ishlaydiganlar. Pezoelektrik sifatida ko‘pincha bariy titanitning krichtallarini ishlatishadi. Qisishga ishlaydigan akselemetrdagi kristalning 4 pastki va yuqori qatlamlarini kumush bilan qoplashadi va keyin shu qoplamlarga chiqish klemmalarni qalaylab ulashadi. Kristalni sinov stendiga o‘rnatilgan korpus 1ga yopishtirishadi. Akselemetr korpusi va yuk 3 tezlanishi pezoelektrikka ta’sir qiluvchi qisish kuchlarini chaqiradi. Buning natijasida uning qarama qarshi tomonlarida korpus tezlanishiga proporsional bo‘lgan potensiallar har xilligi kuzatiladi. Prujina 2 katta tezliklarda kristalning buzilish oldini oladi.
Qayirilishga ishlaydigan akselemetrlarda balka 5 ishlatiladi, unga bitta yoki ikkita pezokristal yopishtirilgan bo‘ladi. Balka asos 6ga bitta yoki ikki tomonida yoki o‘rtasida qattiq o‘rnatilgan bo‘ladi. Tezlanish kuchlari balkaning shakllarini o‘zgarishiga olib keladi, o‘z navbatida kristallarning o‘zgarishiga ham olib keladi. Natijada chiqish vaqtida tezlanishga proporsional bo‘lgan potensiallarning har xilligi yuzaga keladi.
Tenzometrik akselemetrlardan keng ravishda foydalanishadi (15.7.a rasm). Balkaga o‘lchovchi tenzodatchik Ri ni yopishtirishadi. Balkaning oxiriga m massaga ega yukni joylashtirishadi. Tezlanish ta’siriostida balkani qayiradigan F kuch tezlanishlar kattaligiga proporsional tarzda o‘zgaradi (F = mg). Tenzodatchik tenglik shartlari Ri/Rk=R1/R2 ga teng bo‘lgan ko‘prikning bitta elkasiga qo‘shilgan bo‘ladi. O‘lchov Ri tenzodatchigi qarshiligi balkaning shakl o‘zgartirish kuchlari ta’siri ostida o‘zgaradi.
Balkaning shaklini o‘zgartirish kattaligi chiziqli tarzda F shakl o‘zgartirish kuchi kattaligi bilan bog‘liq.
SHuning uchun R asbobi ko‘rsatkichlari harakatdagi tezlanishlarga proporsionaldir. Ikkinchi tenzodatchik Rk balkaga shunday o‘rnatilganki uning qarshiligi balka shakli o‘zgarganida o‘zgarmaydi va o‘lchov tenzodatchigi qarshiligida harorat o‘zgarishlari kompensatsiyasi sifatida xizmat qiladi. Bu turdagi akselemetrlarning asosiy afzallik tomonlari shundaki katta diapazondagi tezlanishlarni o‘lchash imkonini beradi.
Ko‘rib chiqilgan akselemetrlar tomonidan ishlab chiqariladigan signallar juda kichik va kuchaytirishni talab etadi. Sinov vaqtida zarba natijasida hisoblanadigan natijalarga ta’sir qiladigan yuqori chastotali to‘siqlarni oldini olish uchun filtrlardan foydalanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |