14-Mavzu. ZAMBURUG‘GA, CHANGGA CHIDAMLILIK VA CHANGDAN HIMOYALANGANLIK SINOVLARI
Reja
14.1. Zamburug‘ga chidamlilik sinovlari.
14.2. CHangga chidamlilik va changdan himoyalanganlik sinovlari.
14.3. Mexanik sinovlar. Mexanik sinovlarni tashkillashtirish.
14.1. Zamburug‘ga chidamlilik sinovlari
Bunday sinovlarning maqsadi bu nam atrof-muhitda rivojlangan buzuvchi xususiyatga ega zamburug‘larning rivojlanish qobiliyatini oldini olish va mahsulot parametrlarini mustahkamligini aniqlash. Sinovdan oldin mahsulotlarni kamerada +60+-2 OS haroratda mahsus haroratli ishlov berishdan o‘tkazishadi. Toblash vaqti TU, PI yoki metodikada (2-6 soat) belgilangan bo‘ladi. Kameradan olib chiqilgan mahsulotlar 1-6 soatgacha normal sharoitlarda ushlab turishadi, undan so‘ng mahsulotlarni ko‘zdan kechirishadi va berilgan parametrlarini o‘lchashadi. Keyin mahsulotlarni zamburug‘li kameraga joylashtirishadi. U erda shuningdek, sporalarning yashovchanlik qobiliyatini aniqlashga xizmat qiluvchi ozuqa muhitiga ega Petrining nazorat chashkalari ham o‘rnatilgan bo‘ladi. Mahsulotlarni va Petri chashkalarini sporali suspenziya solingan purkagichdan purkashadi. Undan so‘ng kamerada nisbiy namlikni 95 98 № gacha oshirishadi va 2 soat mobaynida normal haroratda toblashadi. 48 soatdan keyin nazorat chashkalarida zamburug‘larning o‘sishini tekshirishadi. Zamburug‘ni aniqlashgach yana +30+-3 OS haroratda nisbiy namlik 95-98% ga chiqarishadi va belgilangan rejimda 30 sutka mobaynida toblashadi. Bunda kameradagi yorug‘lik o‘chiriladi va undagi havo aylanishi to‘htatiladi. Agar metodikada bu ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda (har 1-2 sutkada) mahsulotning parametrlari doimiy ravishda o‘lchanib turadi. Parametrlarning so‘nggi o‘lchami sinov oxirida olinadi. Keyin mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va ko‘zdan kechirishadi.
Zamburug‘lar o‘sishini besh ballik tizimda amalga oshirishadi: 0 – o‘sish yo‘q, 1 – juda kam, 2 – kam, 3 – o‘rtamiyona, 4 – zamburug‘lar o‘sish juda katta. Agar mahsulotlar parametrlari belgilangan standartlardan o‘tmagan bo‘lsa, zamburug‘lar o‘sish darajasi 2-balldan oshmagan bo‘lsa, metallarning va galvinik qoplamlarida yoriqlar bo‘lmasa va bo‘yoq qatlamlarida shish va ko‘chish bo‘lmasa mahsulot sinovdan o‘tgan hisoblanadi. 2 balli baho olganda va boshqa qoniqarli ko‘rsatkichlarda yangi namunalarda takroriy sinovlar o‘tkaziladi. Agar ko‘rsatkichlar yana 2 balli natija bersa unda mahsulotni zamburug‘ga chidamsiz deb tan olishadi. Sinovlar tugagach mahsulotlarni dezifeksiyalashadi yoki yo‘q qilishadi.
Sinovlar uchun o‘nta zamburug‘ning asosidan tayyorlangan suvli suspenziyadan foydalanishadi va ular quyidagi rangda bo‘ladi:
Qora, yorqin sariq, yashil, oqdan binafsha va qo‘ng‘irgacha, kulrang sifat qora, ko‘kimtir sariq, yashil, qora, kulrang va sariqsimon qo‘ng‘ir. Mog‘or zamburug‘ining soni ettitadan kam bo‘lmasligi kerak. Sinov ostidagi mahsulotlarni zamburug‘ bilan zamburug‘ sporali aralashtirilgan suvli suspenziyani purkash orqali zararlantirishadi. Suspenziya uni tayyorlashgandan so‘ng 2-4 soat mobaynida ishlatilishi mumkin.
Zamburug‘ga chidamlilik sinovlari uchun zamburug‘ yasovchi KVT/G-1M kabi kameralardan foydalanishadi. Kameraning tashqi ko‘rinishi 20.1. rasmida ko‘rsatilgan. Aynan sinovchi kamera 1 shkafning tepa qismining o‘ng tomonida joylashgan. Kamera ostida markazdan qochiradigan ikkita ventilyator, isitgich va namlikni me’yorda saqlagich joylashtirilgan.
Kamera eshigining chap tomonida signalizatsiya va boshqaruv paneli 2 joylashtirilgan. Sinov kamerasi ikki qatlamli devorlarga ega. Bu devorlar orasida isitiladigan havo aylanadi va havo ko‘ylagini yasaydi (isitish tizimini tumbler 8 bilan qo‘shishadi).
Zamburug‘lar rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan toza havo oqimi kamera eshigining pastki qismida kichik tirqish 10 bor, tepa qismida – chiquvchi haoni zararsizlantirish uchun xizmat qiluvchi ikkita harorat filtri 4 joylashtirilgan. Oldingi 3 panelda kabellar uchun joy qoldirilgan.
Issiqlik va namlikni regulirovka qilish va avtomatik rejimni saqlash uchun 5 (“ quruq ”) va 6 (“ ho‘l ”) termometrlaridan foydalanishadi.
Kamera shiftida havoni aralashtiradigan o‘q ventilyatori 7 o‘rnatilgan. Kameradagi namlik yopiq usul bilan amalga oshiriladi, ya’ni namlantirgichda havoni namlantirish. YOpiq tizimda havo aylanishini qochirma ventilyator ta’minlab beradi. Haroratli rejim kamera ko‘ylagida ikkinchi qochirma ventilyator yordamidagi havo aylanishi bilan ta’minlanadi.
Ko‘ylak ichidagi havo haroratini kontakt termometri 9 nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |