Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-rasm. Birinchi (a) va ikkinchi (b) 5.7-rasm. O‘tuvchi transformatorli



Download 2,69 Mb.
bet42/148
Sana06.01.2022
Hajmi2,69 Mb.
#324297
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   148
Bog'liq
Махсулот сифати назорати маъруза матни лотин 95783

5.6-rasm. Birinchi (a) va ikkinchi (b) 5.7-rasm. O‘tuvchi transformatorli

turli o‘tuvchi ekranli o‘zgartirgichlar o‘zgartirgichlar a) absolyut;

b) Differensial


YOpishtiriladigan UTO‘lar yordamida asosan murakkab shaklli ob’ekt lar va yuzasi tekkiz bo‘lgan ob’ektlarni sifatini tekshirishadi, shuningdek yuqori sezgirlik, lokallikni taminlab berish talab qilingan holatlarda qo‘llaniladi. Tashqi o‘tuvchi UTO‘larni chiziqli davom etadigan ob’ektlarni nazorat qilishda, shuningdek kichik mahsulotlarni ommaviy nazorat qilishda qo‘llaniladi. Ichki o‘tuvchan UTO‘larni trubalarni ichki yuzalarini, shuningdek turil detallarning teshiklarini devorini nazorat qilish uchun qo‘llaniladi. O‘tuvchi UTO‘ ob’ekt parametri bo‘yicha nazorat qilinayotgan parametrni integral baholaydi, shuning uchun ular lokal variatsiyalarga kichik sezgirlikga ega.

CHo‘ktirilgan UTO‘ suyuq muxitlarni nazorat qilish uchun, yopishtiriladigan ekranlilar – listlarni, falgalarni, yupqa plyonkalarni nazorat qilish uchun, ekranli o‘tuvchilar esa – trubalarni nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.

«O‘z-o‘zini taqqoslovchi» differensial UTO‘ yordamida defektoskopiyada signallar xalaqit nisbatini ko‘tarish mumkin. Bunda o‘zgartirgich o‘ramlari shunday joylashadiki ularning signallari bita yaqin joylashgan nazorat ob’ektining alohida sohasi bilan aniqlanadi. Bu ob’ektning nozik elektromagnit parametrlarini o‘zgartrishlarini ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Nazorat qilinayotgan sohada bir jinsli maydonli o‘tuvchi o‘zgartirgich bilan ishlayotgan ob’ektning radial siljishini ta’sirini kamaytirish mumkin. Ekranli yopishtiriladigan o‘zgartirgichlarni qo‘llab qo‘zg‘atuvchi va o‘lchovchi o‘ramlar orasida ob’ektning siljish ta’sirini yo‘q qilish mumkin. O‘ramlar o‘zaro perpendikulyar (5.1-rasm, g) o‘zgartirgichlar bir jinsli ob’ektning elektromagnit xarakteristikalarining o‘zgarishini sezmaydi, lekin uning bir jinsliyligi buzilsa, misol uchun yoriq ta’siri ostida bunday o‘zgartirgich chiqishida signal paydo buladi. SHunday effektga o‘xshash xodisalar kombinatsiyalangan o‘zgartirgichlarda ham (5.4-rasm) ro‘y beradi. Ular Defektoskopiyada qo‘llanilishi mumkin. Ushbu o‘zgartirgichlarning kamchiligi nazorat ob’ekti yuzasiga nisbatan o‘zgartirgich o‘qlarining tutashuvlarining kata ta’siri hisoblanadi.

Signalga ob’ekt chekkasining ta’sirini kamaytirish uchun ferrit o‘zak ko‘rinishida magnit maydonni konsentratsiyalovchi UTO‘larni (qo‘llashadi) va elektr o‘tkazuvchi ekranni (4.2-rasm) qo‘llashishadi. Ushbu ekranlarning ta’siri ostida magnit maydon yaqin joylashgan sohadan siqib chiqariladi. Ekranlarni o‘tuvchi o‘zgartirgichlarning toretslarigajoylashtirilganda nazorat ob’ektining chekkasining ta’siri kamayada, lekin nazorat sohasidan maydonnig bir jinsliyligi yomonlashadi. Teshikli maxsus ekranlar niqob sifatida xizmat qilishi mumkin, bunda teshiklar nazorat ob’ektida uyurma toklarni qo‘zg‘atuvchi maydon manbasi sifatida xizmat qiladi. «Niqoblarni» qo‘llagan UTO‘larning sezgirligi sezilarli darajada tushib ketadi lekin ularning lokalligi ko‘tariladi.

Kichik o‘lchamli mahsulotlarni tirkich turli UTO‘lar yordamida nazorat qilinadi. Bita yoki ikkita diametral joylashgan xavo bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan xalqasimon magnit o‘tkazgichga UTO‘ning o‘rami o‘raladi. Magnit o‘tkazgichni yuqori sifatli magnit materialdan tayyorlanadi, tabiiyki ferritdan magnit o‘tkazgichning tirkachiga (bo‘shlig‘iga) mahsulot o‘rnatiladi, miol uchun simni. Magnit o‘tkazgichni yopuvchi natijaviy magnit oqim, ushbu oqim bilan hosil bo‘layotgan uyurma tok va o‘ram toki bilan aniqlanadi. Mahsulotda uyurma toklar uning ko‘ndalang o‘lchamlariga kata darajada bog‘liq, bu esa UTO‘ning o‘lchov o‘rami yordamida registratsiya qilinadi. Tirqichli UTO‘lar UTO‘lar bilan chegaralangan muxitdan mahsulotning siljishini sezmaydi, agar tirqichda bir meyorli magnit maydon hosil qilingan bo‘lsa. Maydon tirqich yonida joylashtirilgan ekranlangan magnit o‘tkazgich va qisqa tutashtirilgan o‘ramlar yordamida tekkizlanadi.

Transformatorli UTO‘larni odatda differensial sxema bo‘yicha ulashadi. Bunda standart namunalar bilan taqqoslash sxemasi va «O‘z-uzini taqqoslovchi» sxema ham ishlatilishi mumkin. Birinchi holatda ishchi va namunaviy UTO‘lar induktiv bog‘lanmagan, mustaqil o‘lchovchi hamda qo‘zg‘atuvchi o‘ramlarga ega. Ikkinchi holatda qo‘zg‘atuvchi o‘ramlar uchun umumiy hisoblanadi. UTO‘larni differensial sxema bo‘yicha ulaganda asbobning ishlash stabilligi ortadi. Lekin ayrim hollarda UTO‘ning o‘lchov o‘ramini va fazasini boshqaruvchi kompensatorlar bilan ketma-ket ulanadi. Bunda kompensator nahmunaviy UTO‘ vazifasini bajaradi: ishchi UTO‘ standart namunani nazorat qilayotgan kompensator talab qilinayogan kuchlanish kompensatsiyasini o‘rnatib beradi. Bunday sxema standart namunani uyurma toklar bilan qizib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan nostabillikni yo‘qotadi.

Differensial sxemani qo‘llashda odatda kompensatorni qo‘llashni rad etib bo‘lmaydi. Bu ishchi va namunaviy UTO‘ning identik bo‘lmagani sababli kelib chiqadigan kuchlanish balansining buzilishini kompensatsiyalash uchun kerakli va to‘g‘rima to‘g‘ri ulangan o‘lchov o‘ramlari bilan ketma-ket ulanadi.

Kompensatorlar ko‘p hollarda turli xil faza boshqaruvchi va attenyuator, passiv (RC - va LS-tipli) va aktiv ko‘rinishlarda bajariladi. Haqiqiy va faraziy tashkiliy vektorlar kuchlanish kompensatorlari boshqaruvchi ko‘rinishidan kompensatorlar effektiv hisoblanadi.

Parametrli UTO‘ni, ularnig ularning kompleks qarshiliklarini, kuchlanishni faza va amplituda (yoki chastotasini) o‘zgarishlarga aylantirib beruvchi sxemalarga ulashadi. Parametrik UTO‘larni rezonans konturlariga, shuningdek avtogeneratorlar konturiga ulaganda sxemaning absolyut sezgirligi signallar xalaqit nisbati oshadi. Ko‘p hollarda parametrik UTO‘larni ko‘prik sxemalariga ulashadi, bu erda ko‘prikning ikki elkasi ishchi va namunali o‘ramlardan boshqa ikki elka esa rezistorlardan tashkil topadi. Ko‘prik elementlarini terib UTO‘ signallariga xalaqit faktorlarini ta’sirini kamaytirishga erishish mumkin, shuningdek UTO‘ g‘altagining ko‘ngilchangligini, kichikligida nazorat qilinayotgan parametr sezgirligini ko‘tarish mumkin.





Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish