1. Parchin mixli birikmalarni hisoblashga oid masalalar yechish Parchinmixli birikmalar ikki yoki undan ortiq listlarni yoki detallarni, maydalanmaydigan konstruktsiyalarni mixparchin yordamida biriktirish (parchinlash) uchun ishlatiladi.
Рarchin mix –dumaloq sterjen, kerakli formada shakllantirilgan kallakka ega bo`ladi. Agar sterjenning bir uchidan ozginasi qirqib olinsa va uning bir uchi parchinlanib ma`lum shakldagi kallakka aylantirilsa parchin mix hosil bo`ladi. Parchin mixnning shakli va o`lchami standart bilan belgilanadi.
Parchin mixli choklar parchinlash guruhiga ega bo`lgan birikmaga aytiladi. Mix parchin qilinadigan teshik detallar parchin mixli chok olish uchun parmalanadi (ba`zan bosim bilan teshiladi). Parchin mix tayyor mahsulot sifatida etkazilib beriladi.
Yuqorida belgilangandek parchin mixli birikmalar ajralmaydigan konstruktsiyalar sifatida ko`rsatilgan. Ajralmaydigan birikmalar deganda nimalar tushuniladi?
masalani yechimi. 1.Ikki qatorli ustma – ust chok mustahkamlik koeffisientini qabul qilamiz.[φ]=0.75 (1-rasm).
2.Birikuvchi listning kesim yuzasini mixparchin qilingan teshikni bo`shashi bilan birgalikda aniqlaymiz.
A≥ = =380 mm Bu erda [σ] =140 MPa St2 po`lat uchun
Uzun metall parchasini kengligi
b=F /δ=380/5=76 mm
3.Parchin mixning diametrini aniqlaymiz d =2δ= =10 mm.
St 2 markali po`latdan tayyorlangan yarim aylanasimon kallakli parchin mixni tanlab olamiz.
Chok elementlari o`lchamlari :
Chok qadami t = = =40 mm.
Uzun metall parchasini chetidan parchin mix o`qigacha bo`lgan masofa.
e=1,65d = =16,5 mm (parmalangan teshik uchun) e = 17 mm deb qabul qilamiz.
Parchin mix qatorlari orasidagi masofa a=0,6t= =24 mm;
a=25 mm deb qabul qilamiz.
4. Zarur bo`lgan parchin mix sonini aniqlaymiz:
Kesimning mustahkamlik shartiga ko`ra
z= = =3.64
bu erda i=1(topshiriq sharti bo`yicha);[τ] =140 MPa St 2 markali po`lat mix parchin uchun i - bitta chokning tekislikdagi kesim soni.
Egilishga mustahkamlik shartiga ko`ra
z = = =2.86
bu erda [σ] =280 MPa St 2 markali po`lat parchin mix uchun. z = 4 deb qabul qilamiz.
5. Parchin mixli chokning konstruktsiyasini ishlab chiqamiz.
Uzun metall parchasini, parchin mix soniga ko`ra kengligini butunlay aniqlaymiz. b=2t= =80 mm. Chok parametrlari t, e, a hisoblangan qiymatlarini qabul qilamiz.
6. Parchin mixli chokni mustahkamlikka tekshiramiz: I-I kesimda uzun metall parchasini cho`zilishga, ikki teshik bilan kuchsizlantirilganligini (z=2) hisoblangan kuchlanish:
σ = = = 133 MPa <[σ] =140 MPa;
parchin mix kesimi uzun po`lat listga hisoblangan kuchlanish:
τ = = = 83 MPa <[τ] =140 MPa 7. Chokning haqiqiy mustahkamlik zahira koeffisientini qiymatini aniqlaymiz.
φ= = =0,75; φ=[φ]