Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


-Mavzu. MAXSULOT SIFATINI NAZORAT QILISHNING UMUMIY QOIDALARI,ELEKTROMAGNIT NAZORATI



Download 2,69 Mb.
bet38/148
Sana06.01.2022
Hajmi2,69 Mb.
#324297
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   148
Bog'liq
Махсулот сифати назорати маъруза матни лотин 95783

5-Mavzu. MAXSULOT SIFATINI NAZORAT QILISHNING UMUMIY QOIDALARI,ELEKTROMAGNIT NAZORATI




5.1 Elektromagnit nazorat usulning umumiy xarakteristikasi

Elektromagnit usul (uyurma tok usuli) nazorat kilinayotgan elektr o‘tkazuvchi ob’ektda g‘altak yordamida hosil qilinayotgan uyurma toklarning elektromagnit maydonini o‘zgarishini registratsiya qilishga asoslangan. Ob’ektda uyurma toklarning taqsimlanishi va intensivligi uning geometrik, elektromagnit parametrlarga va ulchov uyurma tok o‘zgartirgichi va ob’ektning o‘zaro joylashuviga bog‘liq bo‘ladi. Odatda o‘zgartirgich sifatida oddiy induktiv g‘altakni qo‘llash (bitta yoki bir nechta) mumkin. Uyurtmali tok o‘zgartgichi (UTO‘) g‘altagida ta’sirlanayotgan sinusoidal yoki impulsli tok eletromagnit maydonni hosil qiladi va elektr o‘tkazuvchi ob’ektda uyurma toklarni qo‘zg‘atadi. Uyurma toklarning elektromagnit maydoni o‘zgartirgichning g‘altagiga ta’sir qilib, g‘altakda EYUKni hosil qiladi yoki ularning to‘liq qarshiligini o‘zgartiradi. G‘altak zajimida kuchlanishni yoki ularning qarshiligini registratsiya qilib ob’ekt xususiyati haqida va o‘zgartirgichga nisbatan qanday joylashgani xaqida ma’lumotlar olinadi.

O‘zgartirgich EYUK (yoki qarshiligi) nazorat ob’ektining ko‘plab parametrlariga bog‘liq bo‘lib, uning ma’lumoti ko‘p parametrli bo‘ladi. Bu uyurma toklar usuli (UTO‘)ni amalga oshirishni murakkabligini va yutuqlarini belgilab beradi. Bir tomondan UTO‘ ko‘p parametrli nazoratni amalga oshirish imkonini beradi, boshqa tomondan ob’ektni alohida parametrlari haqidagi ma’lumotlarni ajratib olish uchun maxsus usullari kerak. Bitta parametrni nazorat qilishda o‘zgartirgichning boshqa signallarining ta’siri halaqit beruvchi hisoblanadi va ushbu ta’sir xalaqit beruvchi hisoblanadi va ushbu ta’sirni kamaytirish kerak bo‘ladi.

Elektromagnit nazoratning boshqa farqlanuvchi xususiyati o‘zgartirgich va ob’ektni kontaktsiz o‘tkazish mumkinligidan tashkil topgan. Odatda ularning o‘zaro ta’siri kichik masofada amalga oshiriladi, lekin ob’ektga nisbatan o‘zgartirgichning harakati uchun etarli bo‘ladi (bir necha millimetrgacha). SHuning uchun ushbu usul bilan yuqori tezlik bilan harakatlanayotgan nazorat ob’ektlari haqida yaxshi natija olish mumkin. Dastlabki ma’lumotlarni elektr signallar ko‘rinishida olinishi, kontaktsizligi va yuqori samaradorligi nazoratni avtomatlashtirish imkonini hosil qiladi.

UTO‘ning farqli bitta tomoni quyidagicha: olingan signallarga namlik, bosim va gaz muxitining ifloslanganligi, radiaktiv nurlanish, nazorat qilinayotgan ob’ekt yuzasi o‘tkazmas modda bilan ifloslanganligi ta’sir qilmaydi.

O‘zgartirgich konstruksiyasining soddaligi – UTO‘ asosiy yutuqlaridan biridir. Ko‘p hollarda g‘altaklarni himoya korpusiga joylashtirib ustiga kompaundlar bilan quyib qo‘yishadi. SHu sababli ular mexanik va atmosfera ta’sirlariga kam ta’sirchan bo‘ladi va katta bosim va yuqori temperaturali muxitlarda bemalol ishlashlari mumkin.

Ushbu usul uyurma toklarni qo‘zg‘atishga asoslangan, shuning uchun asosan elektr o‘tkazuvchi ob’ektlarni sifatini nazorat qilish uchun qo‘llaniladi: metallar, silovlar, grafitlar, yarimo‘tkazgichlar strukturasi. Unga nazorat qilinuvchi sohaning kichik chuqurligi xosdir va nazorat qilinayotgan muhitga elektromagnit maydonning singish chuqurligini aniqlanadi.

Ko‘rsatilgan chegaralanishga qaramasdan UTO‘ mahsulotlar va materiallar strukturasi va o‘lchamini aniqlash uchun defektoskopiya qo‘llaniladi.

Defektoskopiyada UTO‘ yordamida yuzaga chiqib turuvchi yoki yuza ostida kichik chuqurlarda yotuvchi yaxlitlikni (elektr o‘tkazuvchi listlarda, prutlarda, trubalarda, simlarda, kichik detallarda, temir yo‘l releslarida va x.k.) buzilishlari sifatidandefektlarni aniqlash kiradi. Bundan tashqari turli xildagi yoriqlarni, parchalanishlarni, rakovinalarni, nometalik qo‘shiluvlarni, va x.k.larni aniqlash mumkin. Nazoratni yaxshi shart sharoitida va xalaqitlarning kam ta’sir faktorlarida chuqurligi 0,1-0,2 mm, davomiyligi 1-2 mm (yopishtirib qo‘yiladigan o‘zgartirgich qo‘llanilganda) bo‘lgan yoki nazorat qilinayotgan prut va simning diametridan 1-5% chuqurligi va davomiyligi 1 mm ga yaqin bo‘lgan defektlarni aniqlash mumkin.

UTO‘ mahsulotlar o‘lchamlarini nazorat qilish masalalari (echishda kata muvaffaqiyatga olib keladi. Ushbu usul bilan sim, prut va trubalar, metall listlar va trubalarning devorlar qalinligini, mahsulotga bir tomonlama tekshirishda, elektr o‘tkazuvchi asoslarga qoplangan, elektr o‘tkazuvchi (misol uchun galvanik) va dielektrik (misol uchun lak kraskali) qoplamalarni qalinligini, tarkibida elektr o‘tkazuvchi qatlamlar mavjud bo‘lgan ko‘p qatlamli strukturalar qalinligini o‘lchash mumkin. O‘lchanayotgan qalinliklar bir mikrondan o‘n millimetr oraliqda o‘zgarishi mumkin. Ko‘plab asboblar uchun o‘lchov aniqligi 5-10% ni tashkil qiladi. Nazorat qilinayotgan sohaning minimal maydoni 1 mm2 gacha olib borilishi mumkin, bu esa murakkab konfiguratsiyali kichik detallarning qoplama qalinligini o‘lchash mumkin. UTO‘ yordamida tirqishlar va mahsulot detallarining titrashini nazorat qilinadi.

Metall va eritmalarning struktura holati ularning elektr va magnit xarakteristikalariga ta’sir qiladi. SHuning evaziga nafaqat kimyoviy tarkibning variatsiyasini nazorat qilish mumkin balki metall va eritmalar strukturalarini, shuningdek ularning mexanik kuchlanganligini aniqlash mumkin. Nisbiy elektr o‘tkazuvchanlikni uyurma tokli o‘lchagichlar va boshqa asboblar metallarni saralash va grafitlarni markalar (kimyoviy tarkibi bo‘yicha)ga ajratish uchun keng qo‘llaniladi. Elektromagnit asboblar yordamida detallarni termik va kimyo-termik qayta ishlash sifatini, mexanik qayta ishlovdan keyingi (jilvirlar, elimlash) yuza qatlamlarining holatini, metallarda yoriqlarni rivojlanishini dastlabki bosqichlarini aniqlashi, α- fazaning mavjudligini aniqlashi mumkin va x.k.


Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish