Amaliy sport mashqlari – bu mashqlar yordamida yuklamalarga moslashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvining yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi : yurish, yugurish, o‘tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang‘i va konki uchish, velosiped haydash.
Sanatoriy − bu kurortdagi davolash-profilaktik muassasa bo‘lib,bunda tabiat omillaridan, dietoterapiyadan, fiziodavolash, shjt va shu kabi belgilangan tartiblardan keng foydalaniladi.
Kurort − tabiiy davolash omillariga, mineral manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, maqbul iqlimga, shuningdek bemorlarning davolanishi va dam olishi uchun mo‘ljallangan balneotexnik, gidrotexnik inshootlariga, sanatoriyalariga ega bo‘lgan joydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |