Sun'iy fizik omillari – fizioterapevtik apparatlar yordamida fizik omillarni hosil qilish.
Tabiiy fizik omillari – tabiat omillari: suv, havo, quyosh nuri, iqlim, qum, loy, balchiq va boshqalar.
Massaj – bu kasallikni davolash va oldini olish usulidir. U bilan tana yuzasiga yoki ba'zi organlarga maxsus usullar bilan ta'sir tiladi. massaj asosan qo‘l bilan qilinadi, lekin maxsus asboblar yordamida apparat bilan ham o‘tkaziladi.
Mexanoterapiya –bunda tibbiy asboblar, apparatlar va trenajerlardan foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og‘izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar – ortopedik moslamalar, yordamchi moslamalar va Jom apparati, trenajerlar – veloergometr, velotrenajer, yuguruvchi yo‘lka, “eshkak eshish”, kuch talab qiluvchi trenajerlar, “chigiritka” trenajeri va h.z.
Do'stlaringiz bilan baham: |