Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik



Download 1,27 Mb.
bet100/290
Sana30.12.2021
Hajmi1,27 Mb.
#196864
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   290
Bog'liq
Reabilitologiya (Восстановлен)

2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik

An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maksadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshka bilimlariga asoslangan. .




3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi

3.1.Nazariy qism

Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklario‘t yo‘llari kasalliklariO‘t yullari diskniziyasi o‘t pufagi va sfinkterlarining Oddi (katta duodenal so‘rgich sfinkteri),Lyutkens(o‘t pufagi buyinchasi sfinkteri) va Miritssi(o‘ng va chap jigar yo‘llarining quyilish joyi sfinkteri)nomutanosib,yetarli bo‘lmagan yoki xaddan tashqari kuchli qiskarishi natijasida o‘t pufagi va o‘t yullarining xarakat funksiyasining buzilishi.Ko‘pincha 20-40 yoshlardagi ayollar ichida ko‘p uchraydi.Birlamchi diskineziyalar konstitutsional xarakterga ega bo‘lib va o‘t yo‘llarining qiskarish funksiyasiga ta'sir etishi, gormonlar (xoletsistokinin, sekretin, somatostatin ,neyripeptidlar), ishlab chiqarilishining buzulishi va boshka gormonlar (jinsiy, kalkonsimon bez,buyrak usti bezi gormonlar) disbalansi,shuningdek vegetativ nerv tizimi distoniyasi,simpatik va vagus impulslarining kuchayishi yokisusayishi natijasida rivojlanishi mumkinbalanslashmagan ovkatlanish neyrogormonal disbalansga olib keladi.Diskineziyaning asosiy sababi allergik xolatlar ayniksa ozik-ovqat allergiyasi, o‘t pufagi va o‘t yo‘llariga ta'sir ko‘rsatuvchi me'da –ichak traktining yalliglanish kasalliklari.Shuningdek diskineziya o‘tkazilgan o‘tkir virusli gepatitdan keyin xam yuzaga kelishi mumkin,bu xolat virusning asab mushak strukturalariga ta'siri bilan tushuntiriladi.Ikkilamchi diskineziyalar xoledoxoduodenopankreatik zonaning organik patologiyalari: o‘t pufagi va o‘t yo‘llari rivojlanish anomaliyalari, o‘t-tosh kasalligi,surunkali xolesistit,duodenit,12 barmokli ichakning yara kasalligi,surunkali pankreatit natijasida yuzaga keladi.Xazm jarayonida o‘t pufagi ritmik ravishda tonik qisqaradi.Lyutkens va Oddi sfinkterlarining bir vaqtda bo‘shashishi xisobiga o‘t suyuqligi ichakka quyiladi,pufakning bo‘shashishi Oddi sfinkterining yopilishi va o‘t suyuqligini ajralishini to‘xtashi bilan kechadi.Vegetativ nerv tizimi distoniyasi parasimpatik va simpatik ta'sirlar balansining buzilishiga xamda o‘t yo‘llari diskineziyasining u yoki bu shakli:simpatik reaksiyalar bilan giperkinetik turi yoki gipotonik xolat bilan gipokinetik turi yuzaga keladi. Neyropeptidlar (xolesistokinin, pankreozimin) shuningdek gastrin ovqatlanish paytida ajralib o‘t pufagining qisqarishida muxim rol o‘ynaydi ,shuningdek glyukagon va sekretin xam o‘t pufagi kiskarishini. Stimullaydi,Vazointestinalpolipeptid,enkefalinlar,neyrotenzin,angiotenzin o‘t pufagi kiskarishini tormozlaydi.Yukoridagi neyropeptidlarning disbalansi o‘t pufagining qisqarishi va o‘t suyukligi shuningdek pankreatik shirani 12 barmok ichakka quyilishini ta'minlashga ta'sir etuvchi sfinkterlarning bir-biriga mutanosib ravishda bo‘shashishini buzilishiga olib keladi.Giperkinetik diskineziya parasimpatik nerv tizimining ta'siri oshib ketganda yoki xolesistokinin me'yordan ortik ajralganda yuzaga keladi,gipokinetik diskineziya esa simpatik nerv tizimi tonusi ustunlik qilganda va xolesistokinin yetishmovchiligi yoki vazointestinal peptid mikdori oshib ketganda yuzaga keladi.O‘t yo‘llarining birlamchi diskineziyasi ko‘rinarli morfologik o‘zgarishlar birga kechmaydi,2lamchi diskineziyaning patomorfologik ko‘rinishi birlamchi organik kasallikka xos buladi.Keyingi yillarda diskineziyalarga funksional buzilishlar sifatida qaralmokda. Diskineziyaning nafaqat gipermotor balki gipomotor shaklida xam gepototsit darajasida organik o‘zgarishlar aniklanadi,bu esa o‘z o‘rnida o‘t yo‘llarini va ut pufagini nafakat ichki balki jigardan tashqari faoliyatini buzuvchi birlamchi faktor xisoblanadi.Shunday qilib kasallik patogenezida asosiy zvenolardan biri bo‘lib disxoliya-o‘t tarkibining o‘zgarishi xisoblanadi.Davolash nomedikomentoz usullarni o‘z ichiga oladi(o‘t yo‘llarini ta'sirlantiruvchi maxsulotlardudlangan,yogli, qovurilgan,konservalvngan va boshqa maxsulotlarni istisno qilgan parxez).Medikomentoz terapiya dasturida esa dori vositalari distonik buzilishlar shaklidan kelib chikib tanlanadi.Gipotonik-gipokinetik diskineziyalarda o‘t xaydovchi xususiyatga ega bo‘lgan maxsulotlar, o‘simlik kletchatkasini o‘z ichiga olgan 5-stol buyuriladi.Dori vositalaridan esa xarakatni stimullovchi neyrotrop vositalar:kofein,eleuterokok,jenshen,aloe ekstrakti tavsiya etiladi.Davolash fiskulturasi ,tonusni kuchaytiruvchi tipdagi fizioterapevtik muolajalar,yukori va o‘rta minerallashtirilgan suvlar bilan davolash keng qo‘llaniladi.Gipertonik-giperkinetik shaklda esa mexanik va kimyoviy ta'sirlovchilar,yoglarni cheklovchi 5,5A parxez stollari buyuriladi.Sedativ ta'sirga ega bo‘lgan vositalar (trankvilizatorlar, novokain), spazmolitiklar (papaverin, noshpa) sedativ ta'sirga ega bo‘lgan issik fizioterapevtik muolajalar,nisbatan past minerallashtirilgan suv bilan davolash tavsiya etiladi. O‘t-tosh kasalligio‘t kopida konkrementlar bo‘lishi va o‘t qopining surunkali yalliglanish bilan xarakterlanuvchi kasallik.Juda keng tarqalgan va ko‘pincha simptomsiz kechadi.Eng asosiy klinik belgisi –sariklik xuruji.Ogir asoratlaridan-o‘tkir xoletsistit, pantreatit, xolangit, o‘t qopi raki ko‘p uchraydi.O‘TK rivojlanishida o‘t qopi va o‘t yo‘llarining motorikasi va o‘t kolloid tarkibining buzilishi asosiy rol o‘ynaydi.Bundan tashkari o‘t qopi va o‘t yo‘llari tuzilishining anatomik o‘ziga xosligi,gepatoxoledoxoduodenopankreatik zonaning surunkali yalliglanish jarayonlari xam axamiyatga ega.Tosh paydo bulishida irsiyat va etnik uziga xoslik(janubiy amerika xindlari,ispanlar) asosiy rolni bajaradi. Xoletsistit kelib chiqishining patologik mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan.Kalkulyoz xoletsistit rivojlanishi asosida xolesterin va o‘t kislotasi metabolizmi buzilishi yotadi.Kalkulyoz xoletsistitda infeksiya odatda oxirgi boskichlarida qo‘shiladi va ikkilamchi xarakterga ega. Tarkibi bo‘yicha toshlarning 80-90% xolesterinli yoki aralash,10-20% pigmentli buladi.Pigmentli toshlar qora yoki jigarrang bo‘lishi mumkin.Kora toshlar kalsiy bilirubinat va o‘tdan ko‘p mikdorda bilirubinni ajralishi gemoliz,surunkali gepatit,jigar sirrozi)dan rivojlanadi.Jigarrang pigmentli toshlar kalsiy bilirubinat,yog kislotalari tutadi va o‘t yo‘llarida ko‘p mikdorda infeksiya va o‘tning kuchli ifodalangan stazidan(surunkali xolangit,parazitar kasalliklar, o‘t yo‘llari anomaliyalari) rivojlanadi.Xolesterinli toshlar o‘t tarkibining buzilishi(litogenli o‘t), o‘t kopi shillik kavatida mutsin sekretsiyasining oshishi va o‘t kopi motorikasining disfunksiyasi natijasida rivojlanadi.Kalkulyoz xoletsistit simptomatikasining rivojlanishini o‘t qopi va Oddi sfinkteri diskineziyasi va gastroduodenal va ichak motorikasining buzilishi bilan boglashadi.O‘tkir og‘riklar kolika umumiy o‘t yo‘lining tosh bilan obstruksiyasi natijasida rivojlanadi.Bu yo‘l obstruksiyasining davom etishi o‘tkir xolesistit yoki boshka asoratlarni(istisko,empiema, o‘t kopi perforatsiyasi) keltirib chiqaradi. O‘t yo‘lida toshning bo‘lishi-xoledoxolitiazda mexanik sariklik rivojlanadi va ko‘pincha xolangit,pankreatit bilan asoratlanadi.Odatda xoledoxning o‘t qopi bo‘yinchasi toshi bilan bosilishi natijasida mexanik sariqlik va xolangit rivojlanadi.O‘t qopi devorining tosh bilan surunkali ta'sirlanishi, o‘t tarkibining o‘zgarishi yoki ikkilamchi infeksiya jarayoninig bo‘lishi motorikaning buzilishiga,ko‘rsatilgan faktorlar ekspozitsiyasining oshishiga olib keladi. O‘t qopi shilliq qavatining uzoq davom etuvchi yalliglanishi yoki o‘tkir yalliglanish xolatlari,kon aylanishining buzilishi uning devori fibrozlanishiga va funksiyalarining ogir buzilishlariga olib keladi.Ba'zi bemorlarda organ bo‘shligining obliteratsiyasi va devorining kalsinoziga olib keladi.Kalkulyoz xolesistitni davolashda dietaga amal kilish(Pevzner buyicha stol 5),yogli, qovurilgan va o‘tkir ovkatlar,konservalar ta'qiqlanadi. Ogrik va spazmni yo‘qotish maqsadida quyidagi dori vositalari tavsiya qiladi: xolenolitiklar (atropin, platifillin), spazmolitiklar (dyuspatalin, drotaverin, papaverin ) va narkotik bo‘lmagan analgetiklar. Kasallik qo‘zgalish davrida infeksiya qo‘shilishining oldini olish uchun 7-10 kun davomida keng spektrli antibiotiklar qo‘llaniladi.Surunkali kalkulyoz xolesistitning xirurgik davosi laparoskopik yoki ochik xoletsistektomiyadan iborat. Kam xolatlarda toshni eritish-ekstrakorporal litotripsiya,teri orkali transgepatik xolelitoliz qo‘llaniladi.O‘lchami 2sm dan kichik bo‘lgan,asoratlanmagan o‘t kolikasidan keyin rivojlangan xolesterinli toshlarda(ekskretor xoletsistografiyada suzuvchi rentgennegativ jism aniqlanadi),ayniqsa xolesistektomiya mutloq qarshi ko‘rsatma bo‘lganda 6-12 oy davomida ursodezoksixol yoki xenodezoksixol kislota buyuriladi.Ko‘pincha ikki yillik davo kursidan keyin 25-50% xollarda toshlar eriydi.Asosiy nojuya ta'siri-diareya.O‘t toshlarini uch metilbutil efirini teri orqali yoki o‘t yuli orqali orqali o‘t qopiga kiritib eritish,yoki distonsion yukori chastotali litotripsiya yo‘li bilan(u yoki bunisini o‘t kislotasini kabul kilgandan keyin) parchalash mumkin.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish