Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R



Download 1,27 Mb.
bet101/290
Sana30.12.2021
Hajmi1,27 Mb.
#196864
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   290
Bog'liq
Reabilitologiya (Восстановлен)

Surunkali toshsiz xoletsistit-o‘t qopi devorining yalliglanishli o‘zgarishi bilan xarakterlanuvchi,shillik qavat atrofiyasi va stromaning sklerotik o‘zgarishiga olib keluvchi kasallik.Surunkali toshsiz xolesistitda asosiy vazifani 12 barmok ichakka gematogen,limfogen va ko‘tariluvchi yo‘llar orkali tushuvchi infeksiya bajaradi.Surunkali xolesistit rivojlanishida o‘tkir va surunkali infeksiya ishtirok etadi:adneksit,appenditsit,ogir toksikoinfeksiya va boshqa patologiyalar. O‘t qopi va o‘t yullarining gipokinetik diskineziyasi safroning infitsirlashiga olib keladi va aksincha,ut qopining surunkali yalliglanishi diskineziyaning erta boskichlarining rivojlanishiga olib keladi.Bundan tashqari kasallik rivojlanishida alimentar faktor asosiy axamiyatga ega.Uzoq intervalli noregulyar ovkatlanish,go‘shli maxsulotlarni kechqurun ko‘p qabul qilish, o‘tkir va yogli ovkatlar Oddi sfinkteri spazmi va o‘t staziga olib keladi.Shirinlik maxsulotlari,tuxum,baliq,kletchatkaning yetarli bo‘lmasligi o‘t rN ning pasayishi va kolloid stabilligining o‘zgarishiga olib keladi.Surunkali xolesistit keng tarqalgan kasallik,bu bilan kattalarning 10-15%,asosan ayollar kasallanadi.Kasallik rivojlanishini asosan o‘t toshlari bilan boglashadi.Kam xollardagina bemorlarda toshsiz xolesistit aniqlanadi.Xolesistitli bemorlarning 20-40% da mikroblar o‘t qopi devoridan o‘tadi,bular asosan ichak tayoqchasi yoki uning boshqa mikroorganizmlar bilan assotsiatsiyasi,kam xollarda enterokokk,streptokokk,klebsiella,bakteroid yoki klostridiylar bo‘ladi.Ko‘pincha xolesistit rivojlanishining asosiy sababi parazitlar xisoblanadi(jigar qurti, lyambliya).Xolesistit rivojlanishining patogenetik mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan. O‘t qopi devorining tosh bilan surunkali ta'sirlanishi, o‘t tarkibining o‘zgarishi yoki infeksion jarayon motorikaning buzilishiga,ko‘rsatilgan omillarning ekspozitsiyasi oshishiga olib keladi.Nerv-mushak apparatining funksional buzilishi o‘t qopining gipo yoki atoniyasiga olib keladi.Patologik jarayon rivojlanishining davom etishi yalliglanish jarayonining shilliq osti va mushak qavatiga tarkalishiga olib keladi va u yerda infiltrat,shuningdek biriktiruvchi to‘qima rivojlanadi.Keyinchalik kataral yalliglanishdan flegmonoz va gangrenoz jarayon rivojlanishi mumkin.Kasallikning asosiy sindromlari:ogrik,asteniya,xolestaz,oshkozon dispepsiyasi, o‘t qopi va o‘t yo‘li diskineziyasi,pigment almashinuvining buzilishi, o‘t-tosh kasalli bemorlarda o‘t qopida tosh aniqlanadi.Surunkali asoratlanmagan xoletsistitning qo‘zgalish davrida terapevtik statsionarda, kalkulyoz xolesistitning asoratlangan shaklida xirurgik bo‘limda davolanadi.Davolashda dietaga amal qilinadi,stol 5 buyuriladi,yogli, qovurilgan va o‘tkir ovkatlar ta'qiqlanadi.Kasallikning qo‘zish davrida infeksiya qo‘shilishining oldini olish uchun 7-10 kun davomida keng spektrli antibiotiklarbuyuriladi (ampitsillin, makrolidlar, ftorxinolon, tetrotsiklin, levomitsetin). Antibakterial terapiya klinik-laborator ma'lumotlar bo‘lganda, o‘t qopida yalliglanish jarayoni tastiqlangandagina buyuriladi. Preparatlarni tanlash qo‘zgatuvchining turiga qarab tanlanadi.Antibakterial preparatlar yalliglanishga xam ta'sir etuvchi o‘t ajratuvchi preparatlar bilan birga qo‘llaniladi :siklovalon(sikvalon),nikodin.Ogrik va spazmga karshi (atropin, platifillin), spazmolitik (dyuspatalin,drotaverin,papaverin) va analgetiklar buyuriladi.O‘t yo‘li kasalliklarida fizik usulda davolash yalliglanishga (yalliglanishga karshi va reperativ-regenerativ metod),ogrik sindromiga(analgetik metod), o‘t yo‘llari spazmida (spazmolitik metod), o‘t oqimini tiklash uchun(xolekinetik metod), astenonevrotik xolatni korreksiyalashda(sedativ metod) qo‘llaniladi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish