Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va
uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Ichki kasalliklar fani klinik fan hisoblanib, 11,12,13,14 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan tabiiy-ilmiy va klinik (biologiya, biofizika, bioximiya, normal anatomiya, patologik anatomiya, mikrobiologiya va immunologiya, umumiy gigiena, ijtimoiy gigiena, sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish, tibbiy texnika, farmakologiya, klinik farmakologiya, shifokor va bemor, ichki kasalliklar propedevtikasi, fakultet terapiya, gospital terapiya, xalq tibbiyoti, reabilitologiya, nur tashxisi va nur terapiyasi) fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |