«Tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha prorektor Prof. Teshayev O. R. 2015yil


O’quv mashg’ulotining texnologik shakl kartasi



Download 1,19 Mb.
bet6/18
Sana08.09.2017
Hajmi1,19 Mb.
#20140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

O’quv mashg’ulotining texnologik shakl kartasi

Ish boskichi, vakti

240 dakika

Faoliyat tarkibi

ukituvchining

talabaning

1 boskich

Ukuv mashg’ulotiga kirish

( 20 dak)

1.1.Ukituvchining kirish suzi (mavzuni asoslash) mavzu, uning maksadi ma’lumot beradi, O’qitish natijalarini rejalashtiradi. Reja va ukuv mashg’ulotining uziga xos tomonlari bilan tanishtiradi.

1.2. mashg’ulotda ukuv ishlarini baxolash kriteriylari va kursatkichlari xakida ma’lumot etkazadi (ilova № )



Tinglashadi, yozib olishadi, aniklashtirishadi, savollar berishadi.

2 boskich.

Asosiy ( 268 dak)


2.1. Bilimlarni faollashtirish, amaliy mashg’ulot mavzusi muxokamasi, yangi pedagogik texnologiyalarni kullagan xolda talabalarning boshlangich bilimlarini baxolash (kichik guruxlar, vaziyatli masalalar, ish uyinlari, atlas, videofilm va b.) (ilova № )

2.2. Amaliy mashg’ulot tuzilmasiga muvofik xoldagi ta’lim jarayonini tashkillashtirishga kura xarakatlarni ketma-ket yoritadi.



Talabalar javob berishadi, konspekt kilishadi, guruxlarda ishlashadi, jamoaviy ishlash natijalarini prezentastiya kilishadi.

3 boskich

Yakunlov-natijalovchi

( 60 dak)

3.1. Muxokama natijalarini keltirib utadi, mavzu buyicha xulosa yasab, talabalar dikkatini asosiy maksadga yunaltiradi, kelajakda malakaviy faoliyat uchun ushbu ishning axamiyatini tushuntiradi.

3.2 Guruxlar (aloxida talabalar) faoliyatini baxolaydi, uzaro baxolash natijalarini utkazadi. Ukuv mashg’uloti maksadiga erishilganlik darajasini, amaliy kunikmalar uzlashtirilganlik natijalarini, mustakil kurastiyani (tematik bemorlar kurastiyasi),laborator va instrumental tekshiruv usullari buyicha olingan kursatkichlarni taxlil kiladi va baxolaydi. Kiyosiy tashxislash, davolash va soglomlashtirish rejasini tuzish, resteptlar yozish.

3.3. Talabalarga keyingi amaliy mashg’ulot va mustakil ish uchun vazifalar beradi, ularni baxolash kursatkichlari va kriteriylarini etkazadi.


Uzaro va uz-uzini baxolashni utkazishadi.

Savollar berishadi.

Vazifalarni yozib olishadi.


Mashg’ulot utkazish joyi, jixozlar:

- «Teri va tanosil kasalliklari» kafedrasi tematik ukuv xonasi, bemorxona, laboratoriya, stastionardagi shifokor xonasi.



Mavzuning jixozlanishi:

-stendlar, bemorlar fotografiyalari, tarkatma materiallar, vaziyatli masalalar

- texnik predmetlar, yangi informastion texnologiyalar predmeti

- amaliy ishlarni bajarish buyicha xarakatlar algoritmi

- tematik bemorlar

Mashg’ulot davomiyligi – 6,0 soat.

Mashg’ulot MAKSADI:

- talabalarga piodermiyalar,Qo’tir, xusnbuzar, soch kasalliklarining erta tashxisi, kiyosiy tashxisi, optimal davoni aniklash buyicha bilimlar berish.

-piodermiyalar tasnifini berish

-ushbu kasalliklar etiopatogenezi xakida ma’lumot berish

- klinik kurinishlar va simptomlarini berish

- Status localis buyicha tavsiflash

- xususiy resteptura misollari bilan maxalliy va umumiy davolash asoslari xakida tushunchalar berish.

Vazifalar

Talaba bilishi lozim:

- piodermiya, Qo’tir, xusnbuzar, soch kasalliklari bilan bemorlar klinikasini

-stafilo- va streptodermiyalar kiyosiy tashxisini

- Qo’tir va piodermiyalar rivojlanishida endogennыe va ekzogen omillari axamiyatini.

-piodermiya va Qo’tirni davolashdagi farkini

-piodermiyalar rivojlanish sabablarini

- o’z vaqtida va xavfsiz tibbiy aralashuvni utkazish.

- bemorlarni mutanosib ravishda tibbiy muassasalarga yuborish.

- Oqartiruv ishlarini utkazish.

-Qo’tir va piodermiyalar bilan bemorlarni umumiy kuruvini

- toshma elementlarini aniklash

- gospitalizastiyaga kursatmalar

-mexnatga layokatliligini aniklash

Talaba bajara olishi lozim:

- teri va shillik kavatlarni kuzdan kechirish.

- kasallik anamnezi va shikoyatlari belgilarini taxlil kilish.

- klinik kurinish, laborator taxlillar natijalari buyicha tashxislash va kiyosiy tashxislash.

- maxalliy davolash asoslari va usullarini bilish.

4. Motivastiyalash

Dermatozoonozlar va piodermiyalar umumiy simptomatikasi va patomorfologiyasini, tugri tashxislash va yorita olishni, kasalliklarni ajrata olishni xamda maxalliy va umumiy davolash asoslarini bilish xususiy dermatologiya xamda umumiy amaliyot shifokori faoliyatida muxim axamiyatga ega.



5. Fanichi va fanlararo bogliklik

Ushbu mavzu buyicha O’qitish talabalarning dermatozoonozlar va piodermiyalarni umumiy simptomatikasi va patomorfologiyasini urganish insonning ovkat xazm kilish, endokrin, nerv sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi, normal va patologik fiziologiyasi buyicha bilimlarga, xamda turli dori vositalarini kasalliklar davosida kullay bilishga asoslanadi. Talabalar tomonidan amaliy mashg’ulot vaktida olingan bilimlar keyinchalik turli terapevtik va xirurgik klinik yunalishlarda kullaniladi.



6. Mashg’ulot tarkibi.

NAZARIY KISM

PIODERMIYaLAR. QO’TIR. BITLASh.

Piodermitlar – terining yiringli yalliglanishi (yunoncha pyon – yiring, derma – teri degan so’zlardan iborat) teri kasalliklari orasida ko’p uchraydi. Kasallik terining butunligi buzilib, teriga yiring tarkatuvchi mikroblar – stafilokokklar, streptokokklar, goxo ko’k yiring tayokchasi kirishi tufayli vujudga keladi. Nokulay mexnat va turmush sharoitlari, sanitariya-gigiena me’yorining buzilishi yiringli kasalliklarning tarkalishiga sabab bo’ladi.

Ekzogen omillarga terining ifloslanishi, shilinishi, shikast-la-nishi, ishkor tomonga karab rNning o’zgarishi kiradi.

Endogen omillarga esa – avitaminozlar, asab faoliyatining buzilishi, uglevod almashinuvining buzilishi va boshkalar kiradi. Etiologiyasiga karab kasallik stafilokokkli, streptokokkli va aralash piodermiyalarga bo’linadi.

Stafilokokkli piodermitlar teri xosilalari (sochlar, follikulalar, bezlar) bilan boglik bo’ladilar. Stafilokokk yiringchalari mayda, shakli yarimsharsimon bo’lib, ustki kobiki kalin, ular sarik va kuyuk yiring bilan to’lgan bo’ladi. Yiringcha atrofida o’rab turuvchi yalliglanish belgilari, ya’ni terida kizarish va shishish ko’rinib turadi.

STAFILOKOKKLI PIODERMITLAR

Stafilokokkli piodermitlar – follikulyar piodermitlar deb ataladilar, sababi stafilokokklar terida albatta soch follikulalarini jaroxatlaydilar va bir-biridan soch follikulasida yalliglanish chukurligi va yalliglanish darajasi bilan ajralib turadi. Stafilokokkli piodermitlar yuza va chukur turlarga ajratiladi. Yuza stafilokokkli piodermitlar terining, asosan, epidermis kavatini jaroxatlab ularga: ostiofollikulit, follikulit va sikoz kiradi. Dermani jaroxatlaydigan chukur stafilokokkli piodermit-lar-ga: follikulit, furunkul, karbunkul, gidradenit kiradi.

Ostiofollikulit (ostiofolliculitis) – soch piyozchasining teri satkidan chikishdagi teshik kismining stafilokokkdan o’tkir yiringli yalliglanishidir. Xosil bo’lgan yiringcha epidermal, kobigi kalin, konus yoki yarimshar shaklida, bo’shlikning ichi sarik rangli kuyuk suyuklik bilan zich to’lgan, diametri 1–3 mm, atrofi bilinar-bilinmas kizil xalka yoki yalliglanish belgisi bilan oralgan va bu yiringcha markazida albatta soch tolasi joylashadi. Ostiofollikulit, asosan, yuz, bosh, ko’l va oyoklarning sochli kismi, ko’krakning old-orka yuzasida uchraydi. Bu yiringcha 3–4 kunda kurib kalok paydo kilishi mumkin yoki jarayon faol kechsa, ostiofollikulit chukurlashib, atrofiga kengayib follikulitga aylanishi mumkin.

Davosi. Maxalliy davo:

– yiringchaning bo’shlik ustidagi kobikini ochish;

– dezinfekstiyalovchi eritmalar (salistil kislotaning spirtdagi 2% li eritmasi, anilin bo’yoklarining spirtli eritmalari);

– dezinfekstiyalovchi krem, mazlar (Fucidin, Ung.Sulfurati 3%, Ung.Dermatoli 5%).

Follikulit (Folliculitis) – soch piyozchasining o’tkir, yiringli yalliglanishi. Agarda yalliglanish soch piyozchasining yukori kisminigina jaroxatlab, fakat dermaning yuza kismida kechsa – yuza follikulit xosil bo’ladi va bu follikulitlar keyinchalik kurib, kalok yoki yukori kismi ochilib eroziya xosil kiladi, kech chandik va atrofiya koldirmaydi.

Soch piyozchasining to’la yalliglanishi bilan kechuvchi jarayon esa – chukur follikulit deb ataladi va bu jarayon yuza chandik xosil kilib tugaydi. Noto’gri maxalliy davo o’tkazganda follikulitdan furunkul paydo bo’lishi mumkin.

Klinik ko’rinishi. Terida tugunchaga o’xshash yoki dastlab katta bo’lmagan infiltrat xosil bo’lib, uning yuzasida esa bir necha kun mobaynida follikulyar yiringcha xosil bo’ladi. Ostiofollikulitdan farki, bu uning atrofidagi yalliglanish belgilarining (kizarish va shishish) ko’prok ko’zga tashlanib turishi va bemorning ogrikka bo’lgan shikoyati. Yiringcha yorilib kuyuk yiringli ajratma okadi yoki u kotib kalokka aylanadi, so’ng tushib ketadi. Yalliglanish infiltratining chukurligiga karab o’rnida asta-sekin nuktadek chandik xosil bo’lishi mumkin yoki kalok tushib, o’rnida vaktinchalik pigment dog paydo bo’ladi.

Differenstial – Acne vulgaris;

tashxisi – Sycosis vulgaris;

– Sycosis parasitaria;

– Scabies.

Davosi.


Maxalliy davo:

– yiringcha kobikini ochish;

– terini dezinfekstiyalovchi vositalar bilan tozalash (borat va salistil kislotalarining spirtdagi eritmalari, anilin bo’yoklari eritmalari va boshkalar);

– dezinfekstiyalovchi kremlar, mazlar, linimentlar (Fucidin, 5% ixtiol linimenti, 5% oltingugurt mazi, antibakterial mazlar).

Umumiy davo:

Chukur follikulitlar uchun:

– Fucidin 0,5 dan 2 maxal, 1 kunda;

– antibiotiklar (Erythromycinum 0,5, kuniga 4 maxal, 1 xafta mobaynida, Clindamycin hydrochlorid 150 mg, kuniga 4 maxal, 7–10 kun, Dicloxacillinum 0,5, kuniga 4 maxal, 7–10 kun va boshkalar).

SIKOZ (SYCOSIS VULGARIS) Cikoz – surunkali, kaytalanib turib, birdaniga ko’p soch folli-kulalarining yalliglanishi bo’lib, asosan, sokol, mo’ylab, kosh, kip-rik soxalarida ostiofollikulit va follikulitlar kolida kuzati-ladi va, asosan, neyroendokrin va jinsiy bezlar faoliyati o’zgargan, ko’prok darmonsiz erkaklarda uchraydi.

Klinik ko’rinishi. Terining mo’yli sochlarida uchrovchi, asosan, betda kamda kov, son soxalarida ostiofollikulit va follikulitlar yuzaga keladi. Kamrok bu xil toshmalar boshning sochli kismlarida xam kuzatiladi. Kasallik surunkali kechadi. Jaroxatlangan soxa terisi kizarib, infiltrastiyalanib, yuzasi kepaklanadi va yangi follikulitlar xosil bo’lishi kuzatiladi. O’chokdan yulib olingan soch ildizi biroz shishgan bo’lib, shishasimon parda bilan o’ralgandek ko’rinadi. Bu follikulyar yiringchalar regressiyasidan so’ng chandik xosil bo’lmaydi, teri infiltrastiyasi saklanib eski yiringchalar o’rnidan yangi yiringchalar xosil bo’laveradi.

Differenstial – Sycosis parasitaria (trichophytia profunda).

tashxisi – Folliculitis.

– Acne vulgaris.

– Acne rosacea.

Davosi.

Maxalliy davo:



– dezinfekstiyalovchi spirtli eritmalar;

– dezinfekstiyalovchi liniment;

– mazlar (Lin.Synthomycini 2–5%, Ung.Ol.Rusci 3–5%,Ung.Fucidini va boshkalar).

Umumiy davo:

– gormonal terapiya – Methyltestosteronum 0,005, kuniga 3 maxal, til ostiga 10–15 kun, 2–4 xaftadan so’ng kayta kurs o’tkaziladi;

– vitaminoterapiya (E-vitaminlari, V-gurux vitaminlari);

– antibiotiklar (Erythromycinum 250 mg, kuniga 2 maxal, uzok muddat);

– sulfanilamid preparatlari.

Furunkul – chipkon (Furunculus) bu soch piyozchasi va uning atrofidagi yumshok to’kimalarning o’tkir yiring va nekrozli yalliglanishidir. Chipkon birlamchi sog terida paydo bo’lishi mumkin yoki bo’lgan ostiofollikulit va follikulitni noto’gri davolash natijasida rivojlanadi.

Klinik ko’rinishi. Dastlab, teri osti yog kavatida kattik ogrik bilan kechadigan infiltrat yuzaga kelib, kiska vakt ichida o’sib, konussimon tugun ko’rinishiga kiradi va to’k kizil tusda bo’ladi. Tugun vakt o’tib yumshab, markazidan nekrotik massa xosil bo’lishi xisobiga biroz yassilanadi va ogrik kuchayishi kuzatiladi. Fakatgina markazidan nekrotik o’zak ajralgandan keyin ogrik keskin kamayadi va o’rni yaralanadi. Yara chukur, konussimon, chetlari o’yilgan, tubiga karab osilgan bo’lib, mo’l yiringli, kon aralash ajratma ajraladi. Yara chandik xosil kilib bitadi.

Differenstial – Hydradenitis.

tashxisi – Actinomycosis.

Davosi.

Maxalliy davo:



– Ichtyolum purum bilan kompress, isitib-kizdiruvchi fiziote-rapevtik muolajalar furunkul yorilgunicha ko’llaniladi;

– dezinfekstiyalovchi eritmalar, suspenziyalar (gipertonik eritma, 5% dermatol suspenziyasi va boshkalar);

– nekrotik to’kima evakuastiyasini tezlashtirish maksadida ferment preparatlari (fibrolat, iruksol) ko’llaniladi;

– yara atroflariga dezinfekstiyalovchi mazlar, pastalar (Fucidin, 5%-oltingugurt mazi, 5%-dermatol, ixtiol pastalari) surtiladi.

Umumiy davo:

– keng spektrli antibiotiklar (doksistiklin, eritromistin...);

– Fucidin 0,5, 2 maxal, kunda;

– sulfanilamid preparatlari (biseptol, kotrimoksazol...).

Furunkulez (Furunculosis) – surunkali, kaytalovchi, yangi-yangi chipkonlar xosil bo’lishi bilan ketuvchi ogir kasallik bo’lib, asosan, gipovitaminoz, disproteinemiya, kandli diabet va boshka xastaliklar, intoksikastiyalar xisobiga vujudga keladi.

Klinikasi. Terining turli soxalarida bir yoki bir necha furunkullar kayta-kayta yuzaga kelib, ular turli rivojlanish boskichida bo’ladilar.

Differenstial – Hidradenitis.

tashxisi – Actinomicosis.

Davosi.

Maxalliy davo:



"Furunkul" davosiga karang.

Umumiy davo:

– immunostimulyastiya (autogemoterapiya, autovakstina, stafilokokk anatoksini, T-aktivin...);

– vitaminoterapiya (vitamin S, V-guruxi);

– antibakterial preparatlar (doksistiklin, eritromistin va boshkalar).

Avval antibiotikka mikroorganizmning ta’sirchanligini aniklab, so’ng tayin etiladi.

Karbunkul (Xo’ppoz, Carbunculus) – bir necha soch kopchasi va ularning atrofidagi yumshok to’kimalarining ko’shilgan o’tkir yiringli-nekrotik yalliglanishi bo’lib, ko’prok darmonsiz, ichki a’zolari funkstiyasi buzilgan kishilarda uchraydi. Ko’pincha yuzaki joylashgan piodermitlarni noto’gri davolash asorati bo’lib chikadi.

Klinik ko’rinishi. Kattik ogrikli chukur joylashgan infiltrat paydo bo’lishi bilan boshlanib, yuzasida bir necha follikulyar pustulalar bir vaktda yuzaga kelmagani uchun, turli rivojlanish boskichida bo’lishi mumkin. Jaroxatlangan to’kimalar vakt o’tib nekrozga uchraydi va bir katta yara xosil bo’ladi. Yara chetlari kizargan, notekis, yuzasida nekrotik to’kimali bir necha tikin (probka) bo’ladi. Yara yuzasi katta bo’lib, kattik ogrik, limfangoit, limfadenit, sepsis xolatlari kuzatiladi.

Differenstial – Trichophytia profunda.

tashxisi


Davosi.

"Furunkul" va furunkulez davosiga karang.

Gidradenit (Hidradenitis) – apokrin ter bezlari va ular atrofidagi yumshok to’kimalarining o’tkir yiringli yalliglanishi. Gidradenit, asosan, ko’ltik ostida va sut bezining so’rgichsimon o’simtasi atrofi – areolalari va oralik soxasida uchrashi kuzatiladi.

Klinik ko’rinishi. Dastlab teri soxasida ogrikli, chukur, kichkina tugun yoki infiltrat xosil bo’ladi va kattalashib, uning markazida yiringcha vujudga keladi. Tugun nekrozga uchrashi natijasida, follikulyar teshiklardan yiring va nekrotik to’kimalar ajralib chikadi. Yalliglanish jarayoni tugagach, jaroxat o’rnida tortilgan chandiklar koladi. Gidradenit tezda kaytalib turishi va limfangoit, limfadenit va sepsis bilan birgalikda kechishi mumkin.

STREPTOKOKKLI PIODERMIYaLAR

Streptokokkli piodermitlar (chakiruvchisi streptokokklar) – fakat nozik yassi terini jaroxatlaydilar va ko’pincha yuza joylashgan, yassi, yupka tomli, bo’shashgan pufakka o’xshash, seroz suyuklikni eslatadigan suyuk yiring saklovchi yiringchalarni, ya’ni fliktenalarni xosil kiladi. Asosan nozik terida, ayollar va bolalarda kuzatilib, bu tur piodermitlar soch, ter – yog bezlarining follikulyar apparatlarini jaroxatlamaydi. Yalliglanish jarayonining chukurligiga karab, yuza va chukur streptokokkli piodermitlar tafovut etiladi.

Yuza streptokokkli piodermitlarga: streptokokkli impetigo, bullyoz impetigo, streptokokkli bichilish, tirkishsimon impetigo, yuza panaristiy kiradi. Chukur streptokokkli piodermitlarga – streptokokk ektimasi kiradi.

Streptokokkli impetigo (impetigo streptogenes s.contagiosa) – terining birdaniga boshlanidigan yuza va juda yukumli o’tkir streptokokk jaroxatlanishi bo’lib, asosan, yosh bolalarda uchraydi.

Klinik ko’rinishi. Eritematoz kizargan teri yuzalarida fliktena nomli yiringcha xosil bo’ladi. Fliktena – yupka va bo’sh tomli yassi pufak bo’lib, ichida seroz suyuklikni eslatadigan yiringni saklaydi, bu suyuklik kiska vakt ichida loyxalanadi, tomi esa tezda yorilib, natijada yuza eroziya yoki u kurib kolib yupka, ko’p kavat sargish kaloklar xosil kiladi. Jarayon tezda tarkalib, ayniksa bemorning terisi namlanib tursa, turli yangi o’choklar xosil bo’ladi. Bolalar bir-birlari bilan yakin kontaktda bo’lishlari okibatida kasallikni yuktiradilar. Streptokokkli impetigoning bir necha turlari (bullyoz impetigo, bichilish, tirkishsimon impetigo va yuza panaristiy) mavjud bo’lib, ular bir-birlaridan jarayonning joylashishi, yalliglanishning intensivligi va kechishiga karab fark kiladilar.

KO’TIR (SCABIES)

Ko’tir – yukumli parazitar, asosan, kechasi kuchayadigan teri kichinishi bilan kechadigan kasallik.

Etiologiyasi. Kasallikni ko’tir kanalari – Sarcoptes hominis chakiradi. Kasallik yukumli bo’lib, bemor yoki uning buyumlari orkali yukadi.

Asosiy belgilari. Sog teriga kana tushgandan keyin 7–14 kun o’tgach, bemor terida kattik kichinish va toshmalarga e’tibor beradi. Bemor terisida mayda pufakchasimon tugunchalar va egri-bugri, kulrang, uzunligi 5–10 mm keladigan chiziklar (ko’tir yo’llari) va kora nuktalar ko’rinib turadi. Ko’tir yo’lining uchi ochik (mayda eroziya), oxiri yopik bo’lib, u erlarda pufakchalar (tuguncha) bo’lib, ular doim juft joylashadilar (eroziya – tuguncha). Odatda bu joylarga kanalar joylashgan bo’ladi. Ko’l panjasi ustki bo’kimlari, barmok oralari, ko’ltikning oldi, ayollarda ko’krak uchi terisida juft-juft joylashgan pufakcha (tuguncha) va eroziyalar uchraydi. Kichinish, ayniksa, kechasi zo’rayib, kashinish okibatida terida tirnalishlar kelib chikib, ikkilamchi infekstiyaga yo’l ochiladi. Kechkurun zo’rayadigan kichinish, ko’tir yo’llari, eroziya va pufakchasimon tugunchalarning o’ziga xos joylashishi, kanalar topilishi, kasallikka to’gri tashxis ko’yishga yordam beradi.

Davolash: kattalarda 33 % li oltingugurt malxami, 1 kunda bir marotaba (4–6 kungacha surkaladi), so’ngra dush kabul kilib, kiyimlar almashtiriladi. Bugungi kunda ko’pincha benzilbenzoatning 20% li suvdagi eritmasi ko’llaniladi (4 kun, kuniga 10 dakika davomida 10 dakika tanaffusdan so’ng 2 marta surkaladi). DEMYaNOVICh USULI: 1/1 eritma, ya’ni 60 % li natriy tiosulfat bilan 10 dakika orasida butun tana, ko’l-oyok terisiga zo’r berib surkaladi (tananing xar kismiga 2 dakikadan va 5 dakika tanaffusdan so’ng 2 marotaba) 10 dakika tanaffusdan keyin 1/2 eritma bilan, ya’ni xlorid kislotaning suvdagi 6 %li eritmasi xuddi shunday usul bilan surtib chikiladi. 4 kun davodan keyin bemor cho’miladi va uning ko’rpa-to’shagi, ichki kiyimlari almashtiriladi.

Albatta bemorning oila a’zolari, yakin mulokotda bo’lgan insonlarni tekshirib davolab, epid o’chokni yo’kotish zarur (ilova X).

ANALITIK BULIM

Ushbu mashg’ulotda kullaniladigan yangi pedogogik texnologiyalar

«Aylana stol» usulini kullash.

Piodermiyalarning barcha turlarini yozib chikish uchun bir varak kogozi aylana buylab utkaziladi. Xar bir talaba uz variantlarini yozib chikadi. Sungra muxokama utkazilib, notugri javoblar uchiriladi va tugri javoblar mikdori buyicha talabalar bilimi baxolanadi.

«Galereya buyicha sayoxat» usulini kullash.

Talabalar juftliklarga bulinishadi. 10 dakika davomida bir juftlik piodermiyalar klinikasi va davosini, boshkasi stafilodermiyalarni, uchinchisi esa streptodermiyalarni yozib chikadi. Sungra ular uz variantlari bilan almashib, bir-birlarini javoblarini baxolashadi, uz tuzatishlarini kiritishadi.

Vaziyatli masalalar: (ilova 1)

AMALIY BULIM

Anamnez yigish, teri patologik jarayonini tavsiflash, davo tayinlash(antigistamin, desensibilizastiyalovchi vositalar, infuzion terapiya, vitaminoterapiya, maxalliy davo – primochkalar, pasta, malxamlar, kremlar) buyicha vazifalarni bajarish.



QO’TIR KANASIGA TEKShIRISh

Maksad : Qo’tir kanasini aniklash

Boskich №


Tadbir

Bajarilmadi (0 ballov)

Tulik va tugri bajarildi

1

Bemorni kurikka tayyorlash

0

5

2

Tekshiruv elementini aniklash

0

15

3

materiala olish uchun Qo’tir yangi toshmalarini ruchka bilan belgilab olinadi.

0

16

4

Skalpel yoki igna bilan Qo’tir kanasi yuli yukori devori buziladi.

0

16

5

Predmet oynasiga natriya xlorid eritmasi tomiziladi, olingan material bilan aralashtirilib, koplagich oyna bilan yopiladi.

0

16

6

Tayyor material 10-20 minutdan sung mikroskop ostida, tushirilgan kondensatorda kuriladi (okulyar -10, ob’ektiv 8) .

0

16

7

Mikroskop ostida, kuruv maydonida Qo’tir kanasini, uning bulaklarini, tuxumlarini va ekskrementlarini kurish mumkin.

0

16




Ja’mi

0

100

Amaliy kunikma baxosi reyting baxoning 20%ini tashkil etadi

Bilimlarni, kunikmalarni va bajarilgan ishlarni nazorat kilish shakli.

-ogzaki -yozma -vaziyatli masalalarni echish -ortirilgan amaliy kunikmalar namoyishi.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish