2.3. Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari.
qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o’z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi (2.8- tarh).
Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to’rtta turga bo’lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro’yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi.
Voqyealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo’la kuzatish.
Uzluksiz kuzatish-bu voqyea ro’y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir.
Uzluksiz kuzatishda voqyea (hodisa) sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha damning o’zida qayd qilinadi. Masalan, tug’ilish, o’lish, nikoxdan o’tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig’inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang’ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k.
Fursatli davriy kuzatish - bu voqyea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum muddat o’tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish
Fursatli davriy kuzatish deganda voqyea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o’n yilda aholi ro’yxatini o’tkazish, talabalar o’zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash.
Bir yo’la kuzatish -bu hodisani har zamonda, extiyoj tug’ilishiga qarab kuzatish.
Bir yo’la kuzatish qandaydir masalani yechish maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha’lo muddatlarda qayta amalga oshirilib turiladi. Bunday kuzatishga uy-joy fondi ro’yxati, ko’p yillik mevali daraxtlar ro’yxati, tabiiy ofat natijasida ko’rilgan zararlarni baholash ishlari misol bo’la oladi. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajratiladi.
Yoppasiga kuzatish - bu to’plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to’plash.
Yoppasiga kuzatishda to’plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi.Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro’yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro’yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo’la oladi.
Hisobot - korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda belgi-langan tartibda va vaqtda olishni ta’minlovchi kuzatish turidir
Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz, belgilab qo’yilgan tartibda va vaqtda to’plashning muhim yo’li (shakli)dir. “O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi” qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-xuquqiy shaklidan qat’iy nazar, o’z faoliyati haqida aniq va to’la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir.
Joriy maxsus tekshi-rishlar - bu maxsus respon-dentlarni yollab hodisalar haqida boshlang’ich ma’lumot-larni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilish yo’li bilan to’plash jarayonidir.
Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab o’rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to’plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy xo’jaliklari byudjeti statistikasi, iste’mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo’jaligi (fermer xo’jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo’lishi mumkin.
Biznes tekshirishlar - bu savolnomalar yordamida iqtisodiy holatni tahlil qilish va qisqa muddatli iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun savol-javob yo’li bilan tadbirkorlar-dan ma’lumotlar to’plash-dir.
Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli o’laroq, biznes tekshirishlar tadbarkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og’zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo’lib, o’zaro bog’langan bir-birini to’ldiruvchi savollardan, ularning ma’lum masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi.
Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma’lum masalalarni o’rganishda qo’llanadi. Bundan tashqari, ro’yxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yo’li sifatida qo’llanish sohalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |