130
qilishdan iboratdir. Diskussiya o’tkazishning maqsadlari turli xil bo’lishi
mumkin: o’rganish, trening, diagnostika, qayta ishlab chiqish, yo’l-yo’riqni
o’zgartirish, ijodkorlikni rag’batlantirish va boshqalar.
1.
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish:
Diskussiya vaqtida tinglovchilar bir-birlarini to’ldirishlari
yoki bir-birlariga
qarshi turishlari mumkin. Birinchi holatdagi diskussiyada dialog elementlari
mavjud bo’lsa, ikkinchi holatda diskussiya bahs-munozara xususiyatiga ega
bo’ladi. Qoidagi ko’ra, diskussiyada ushbu ikki element ham mavjud bo’ladi va
shuning uchun diskussiyaga faqat bahs-munozara sifatida qarash to’g’ri
bo’lmaydi.
Bir-birini inkor etuvchi, bir-birini to’ldiruvchi bahslar va o’zaro
rivojlantiruvchi suhbat ham muhim rol o’ynaydi, chunki bitta masala bo’yicha
turli fikrlarni taqqoslash fakti muhim ahamiyat kasb etadi.
Diskussiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun o’qituvchi:
– diskussiya xulosasi bo’yicha muhokamaga qo’yilishi mumkin bo’lgan
savollarni oldindan tayyorlash lozim;
– muhokama qilinayotgan muammo chegarasidan chetga chiqilishiga yo’l
qo’ymaslik;
– tinglovchilarning ko’pchiligini, imkon darajada barchasini suhbatga jalb
qilinishini ta’minlash;
– hech bir noto’g’ri fikrni e’tibordan chetda qoldirmaslik bilan birga to’g’ri
javobni ham darhol bermaslik lozim, shuningdek bu jarayonga o’z
vaqtida
tinglovchilarning tanqidiy yondashuvlarini tashkil etgan holda jalb qilish
maqsadga muvofiq;
– diskussiya materiallariga taalluqli bo’lgan savollarga o’zi javob berishga
shoshilmaslik: bunday savollarni auditoriyaga yo’naltirib yuborish lozim;
– tanqid obyekti
fikr bildirgan tinglovchi emas, balki u bil-dirgan fikr
bo’lishini nazorat qilish;
– tinglovchilarni jamoaviy tahlil va muhokamaga jalb qilgan holda turli
nuqtai nazarlarni taqqoslash.
Diskussiya o’tkazishda turli xil tashkiliy usullardan foyda-laniladi.
«Savol–javob» usuli.
Mazkur usul
–
bu oddiy suhbatlashish-ning turi bo’lib,
undan diskussiya-dialog qatnashchilari bilan suh-bat o’tkazish
uchun savollarni
qo’yishning muayyan shaklini qo’llash bilan farqlanadi.
Funktsional nuqtai nazardan barcha savollarni quyidagi ikki guruhga ajratish
mumkin:
–
aniqlashtiruvchi
(yopiq) –
fikrlarning to’g’riligi yoki xatoli-gini
aniqlashtirishga yo’naltirilgan savollar. Bu savollarning grammatik belgisi bo’lib,
odatda, gapda «mi» kabi bo’lakning mav-judligi bilan ifodalanadi, masalan:
«To’g’rimi?», «Men to’g’ri tushundimmi?». Bunday savollarga faqatgina «ha»
131
yoki «yo’q» deb javob berilishi mumkin;
–
to’ldiruvchi
(ochiq) –
qiziqtiradigan hodisa
va obyektlarning yangi
xususiyatlari va sifatlarini aniqlashtirishga yo’naltirilgan savollar. Bu
savollarning grammatik belgisi bo’lib,
nima,
qachon,
qaerda, qanday, nima
uchun
va shu kabi so’rov so’zlarning mavjudligi
hisoblanadi.
«Past ovoz bilan muhokama qilish» tartibi.
Mazkur metodika
kichik
guruhlarda yopiq diskussiya o’tkazishni nazarda tutadi. So’ng kichik guruh
etakchisi tomonidan guruh fikri bayon etiladi va bu fikrlar
barcha qatnashchilar
tomonidan muhokama qilinib, umumiy diskussiya amalga oshiriladi.
«Labirint» usuli.
Diskussiyaning bu turini izchil muhokama
metodi deb ham
ataydilar. Bu metod o’ziga xos bosqichma-bosqich tartibini ifodalab, har bir
keyingi bosqich boshqa ishtirokchi tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Bu holatda barcha fikrlar, shu jumladan noto’g’ri fikrlar ham muhokama qilinadi.
«Estafeta» usuli.
O’z chiqishini yakunlayotgan ishtirokchi so’z
navbatini
o’zi lozim topgan tinglovchiga berishi mumkin.
Diskussiya o’tkazishning samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq:
– tinglovchilarning muammo yuzasidan tayyorgarligi (xabardor-lik va
bilimga egalik);
– semantik birxillik (barcha
atamalar, ta’riflar, tushuncha va boshqalar
barcha ishtirokchilar tomonidan bir xil tushunilgan bo’lishi shart);
– ishtirokchilarning odob saqlashi;
– o’qituvchining diskussiyani amalga oshirish mahorati.
Do'stlaringiz bilan baham: