“Tasdiqlayman” Maktab diorektori: U. A’zamov O’tibdo’: F. Hasanova mmibdo’: N. Qobilova Qibray tumani xtmfmt va teb tasarrufidagi



Download 4,04 Mb.
Sana22.06.2017
Hajmi4,04 Mb.
#11818
гербсф~1


“Tasdiqlayman”

Maktab diorektori: U.A’zamov

O’TIBDO’: F.Hasanova

MMIBDO’: N.Qobilova


Qibray tumani XTMFMT va TEB tasarrufidagi

30-umumta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi

Kenjayeva Saodatning

Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!



mavzusidagi 1 dars ishlanmasi

Toshkent – 2016

Mavzu: “Go’zal va betakrorimsa, muqaddas Vatanim,

jonim senga fido, O’zbekistonim!”

Maqsad: Istiqlolga erishilgandan 25 yildan so’ng ozod

mamlakatimizning barcha jabhalarida ro’y bergan tub o’zgarishlar haqida ma’lumot berish.



  1. Ta’limiyligi: O’zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va o’tgan 25 yil davomidagi yalpi tiklanish, umummilliy ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy islohotlar haqida;

  2. Tarbiyaviyligi: Kecha va bugun qiyosiy tahlillik;

  3. Rivojlantiruvchi: bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

Dars turi: noan’anaviy.

Dars jihozi: O’zbekistonning 25 yil avvalgi va hozirgi

ko’rinishini aks ettiruvchi plakat va rasmlar, shior.



Darsning borishi:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

Kecha va bugun qiyosiy tahlil.

Istiqlolga erishilgandan so’ng ozod mamlakatimizning barcha jabhalarida, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotimizda, turmush tarzimiz mazmunida tub o’zgarishlar yuz berdi.

Vatanimizda Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan asoslab berilgan o’ziga xos va o’ziga mos milliy taraqqiyot modeli nechog’lik to’g’ri va haqqoniy ekanligini hayotning o’zi tasdiqlamoqda. Bu haqiqatni barcha Fuqarolarimiz shukronalik bilan, dunyo hamjamiyati esa hayrat bilan e’tirof etmoqda.

Ma’lumki, tabiat va jamiyatdagi barcha o’zgarishlar birinchi navbatda inson fe’l-atvori, ruhiyati, mentalitetida o’z ta’sirini qoldiradi. O’zbekistonning milliy mustaqillikka erishuvi va o’tgan 25 yil xalqimizga uzoq va yaqin o’tmish asoratlaridan qutulish, yalpi tiklanish, umummilliy ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi. Shuningdek, bu yillar xalqimizga jonajon Vatanimizni misli ko’rilmagan darajada rivojlantirish, yalpi sog’lomlashtirish, milliy bir butunlikni ta’minlash, siyosiy va ma’naviy yaxlitlikni tarkib toptirishga yo’l ochdi.

Mamlakatimizda yigirma besh yil mobaynida qabul qilingan yuzlab qonunlar va ayniqsa ta’lim haqidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ma’naviyat omilining davlat siyosatida ustuvor yo’nalishga aylantirilishi, bu borada amalga oshirilgan keng ko’lamli faoliyat hayotimizni tubdan o’zgartirib yubordi, millat fe’l-atvori, tafakkuri o’zgarishlarga ham jiddiy turtki berdi. Ikkinchi jihatdan esa, mamlakatimizning rivojlangan davlatlar bilan teng hamkorlik doiralari, ilmiy-texnikaviy, madaniy uyg’unlashuv miqyoslarining muntazam kengayib borishi kishilarimiz dunyoqarashi, turmush tarzida yangicha yondashuvlarni tarkib toptirdi.

Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizni dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga kiritishdan iborat buyuk maqsadni ro’yobga chiqarishga qaratilgandir. Bu yo’lda katta qadamlar qo’yildi. Ilgari bizni qaram qilgan xalqlarning hududlari endilikda biz ishlab chiqarayotgan zamonaviy sanoat mahsulotlari uchun bozorga aylanib qoldi. Yurtboshimiz har qanday taraqqiyot inson manfaatlariga qaratilishi, uning ma’naviy butunligini ta’minlashi zarurligiga doimiy e’tibor berib kelmoqdalar. Bunday keng ko’lamli iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tadrijiy tarzda amalga oshirishda azaliy an’analarimizga, xalqimizning bugungi milliy taraqqiyotimizga xizmat qiladigan urf-odatlari, tipi, dini, ruhiyatiga qisqacha aytganda, dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ish tutildi. Ma’lumki, tafakkur tazi, dunyoqarashi, ruhiyat omillari fe’l-atvor, xarakter tizimida o’zak jihatlar hisolanib, barcha o’zgarishlarning muqaddimasidir. Binobarin, har qanday taraqqiyot, sivilizatsiyalar turli xalqlar ma’naviyati, madaniyati, erishgan yutuqlari va intilishlarining sintezidan tug’iladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, natijasida xalqimiz xarakterida bunyodkorlik, tashabbuskorlik, kasbiy va intellectual hamkorlik, prgamatik, ekzistensialistik hamda ratsionalistik xususiyatlar shakllandi va rivojlanib bormoqda. Ma’lumki, pragmatism – harakat, intilish ma’nolarini ifodalab, shu harakat orqali muayyan foyda, manfaatlarga ega bo’lishni, shaxsning maqsadli sayi-harakatlari, faoliyati unga mehnatiga muvofiq naf, foyda keltirishini ifoda etadi. G’arb kishisi tabiatni individualist bo’lib, manfaat omili uning barcha harakatlari uchun asosiy mezon vazifasini o’taydi. O’zbek xalqi tabiatida esa shaxsiy foyda izlash, boshqalardan ko’ra o’zini ko’proq o’ylab ish tutish odob doirasidan chetga chiqish hisoblanib, kishini jamoadan begonalshtiruvchi uni xudbin va sorbet qilib qo’yuvchi omillardan biri sanalib kelinadi.

Bozor munosabatlari insonni tartibli hayotga undaydi, fikrlab ish tutishga, tadbirkorlikka da’vat etadi. Bozor hamma narsaga ongli yondashuvni, oqillik bilan munosabatda bo’lishni talab etadi. Me’yorsiz hotamtoylik, cheragasiz saxovatpeshalik, serchiqimlilik, hisobsiz sarf-xarajat qilishga moyillik singari odatlar ma’lum darajda cheklanadi. Binobarin har narsaga aql ko’zi bilan qarash asta-sekin turm,ushning bosh tamoyiliga aylanib bordi. Natijada hayotga bugungi talablardan kelib chiqib, xushyor va oqilona yondashuvlarni yoshlarimiz fe’l-atvoriga sngdirishga erishildi. Hayotga aql ko’zi bilan yondashuv kishini konformizmdan, ya’ni hamma narsaga ko’nib ketaverishdan, befarqlik va loqaydliklarga berilishdan xalos bo’lishga, o’z so’zi, o’z nuqtai nazari, e’tiqodida qat’iy va barqaror bo’lishga da’vat etadi. Hayotga xushyorlik bilan yondashuv insonda o’z so’zi, shi va taqdri uchun mas’ullik hssni ham atrkb toptrad. Istiqlol yillarda odamlarda hayotga ongli yondashsh, o’zni qadri baland inson sifatida anglash, hech kimdam kam bo’lmagan odam deb bilish tafakkuri shakllandi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, mazkur g’oya ulug’ ajdodimiz Abu Mansur al-Moturudiyning har bir inson u dunyo va bu dunyodagi taqdirini “o’zi yaratadi, erkinligi, hurligini ta’minlovchi kuch – har bir hayotiy vaziyatda oqilona me’yor, murosaviy muvozanatni ta’minlay bilish tamoyillariga rioya qila olishdan iboratdir” degan konsepsiyasiga ayni muvofiqligini hamda insonning har ishga qodirligi va mas’ulligi g’oyasining hayotiyligini ko’rsatdi.

Yurtboshimiz I.Karimov ko’rsatmalari asosida, inson dunyoqarashini boyitish jarayonlari dastavval odamlarning intilish va qiziqishlarini puxta hisobga olish asosida tizimli tashkil etildi. O’tgan 25 yillik shon-shavkatga to’la tariximiz mobaynida “Kim edigu kim bo’ldik” tamoyiliga rioya etilib, dunyoqarashni boyitish ishlarining salbiy meros sifatida o’tgan irratsionalistik kayfiyatlardan, ya’ni voqelikni chuqur his etmaslik, yuz berayotgan jarayonlar, o’zgarishlarni, tashqi va ichki xavflarni anglab yetmasdan, g’aflatda yashayverishdan ishonchli muhofaza qilishga imkon yaratdi. Ma’lumki, sho’rolar davrida shaxs kollektivga qaram bo’lib keldi, u jamoada o’z iste’dodini, erkin fikri va salohiyatini namoyish etish, o’z individual maqsadlariga erishish imkoniyatidan mahrum edi. Istiqlol yillarida odamlarda xalqimizning bosh fazilati – jamoaviylik tamoyiligi hurmat va sadoqatni kuchaytirishga erishildi va ayni chog’da odamlarning o’z ishi, faoliyatiga shaxsiy mas’ulligi oshirilishiga ham imkon yaratildi.

O’tgan 25 yillik o’zgarishlar tizimidagi eng muhim ijtimoiy-ma’naviy yutuqlarimizdan biri – bu shubhasiz, mamlakatimizda barcha sohalarda maqsad va reja, so’z va ish birligiga erishilganidir. Odamlar davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning to’g’riligiga to’liq ishonch bilan qaray boshladilar, bu esa barqaror taraqqiyotimiz sur’atida muhim omil bo’lmoqda.



Agar ana shu o’zgarishlarni kechagi va bugungi kunimiz holati nuqtai nazaridan taqqoslasak, masala kunday ravshanlashadi. Quyida o’tgan 25 yil mobaynida, hayotimizda erishilgan pozitiv o’zgarishlar manzarasi totalitar tuzum davri bilan qiyosiy tahlil etilgan holda e’tiboringizga havola qilinmoqda.

#

Sho’rolar davrida

Istiqlol davrida

1.

Millatlarni o’z tarixiy xotirasidan mosuvo etish siyosati

O’zbekistonni o’z tarixiy xotirasiga ega qilish siyosati

1.1.

Xalqlarni o’z milliy an’analari va urf-odatlaridan begonalashtirish siyosati

Xalqimiz milliy an’ana va bayramlarining rasmiy, milliy bayramlar sifatida e’zozlanishiga erishilganligi

1.2.

Xalqlarning milliy qahramonliklarini o’z xalqi tarixiy xotirasidan chiqarib yuborish harakati

Xalqimizning o’z milliy qahramonliklaridan faxrlanish va g’ururlanish tuyg’usi shakllanishiga erishish

1.3.

Kommunistik g’oya;arga asoslanuvchi soxta siyosiy g’ururni shakllantirish harakati

Xalq tarixi, madaniyati, etnik o’zligi va ulug’ maqsadlariga asoslanuvchi milliy g’urur tarbiyasining yo’lga qo’yilishi

1.4.

Xalqlarni o’z milliy sivilizatsiyasidan mahrum etishga urinish, millatlarni ijtimoiy manqurtlashtirish siyosati

Xalqimiz umumjahon sivilizatsiyasiga qo’shgan buyuk xizmatlarining dunyo hamjamiyati tomonidan munosib e’tirof etilishi

1.5.

Shaxsning alohidaligi va o’ziga hosligi namoyon bo’lmaydigan jamoaviyligi (kollektivniy) targ’iboti

Shaxsning alohidaligi betakrorligi va ichki salohiyati to’la namoyon bo’luvchi jamoaviylik tarbiyasi

1.6.

Tobe xalqlarni harbiy sohalardan chetda saqlash, o’z milliy armiyasiga ega qilmaslik siyosati

O’zbekistonning harbiy jihatdan mustaqillik, o’z milliy qurolli kuchlari bilan chegaral;ari daxlsizligini to’la ta’minlashga qodir, mudofaa salohiyati yuqori davlatga aylanishi

1.7.

Yurt qayg’usi bilan yashagan, vatan ozodligi yo’lida kurashgan milliy qahramonlarimizning yalpi qatag’on qilinishi, hurfikrlilik,, ijod erkinligining bo’g’ilishi

Vatan ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan qahramonlarning yuksak darajada e’zoz topishi, ularning shahid bo’lgan ruhlari ulug’lanishi, hurfikrlilik va ijod erkinligining tiklanishi

1.8.

Sho’rolar davrida O’zbekistonning dunyo hamjamiyati uchun notanish bir chekka o’lka sifatida geografik xaritada qayd etiluvchi hudud ekanligi, xalqaro anjuman va yirik tadbirlar o’tkaziladigan makon bo’lganligi

O’zbekistonning dunyo hamjamiyati tomonidan ulkan intellectual madaniyat, turzim va sport sohalarida yuqori salohiyatga ega mamlakat sifatida e’tirof etilishi, yurtimizning turli sohalar bo’yicha yirik xalqaro anjumanlarni muntazam o’tkazuvchi davlatga aylangani

2.

Davlat va kolxoz-kooperativ mulkidan boshqa mulkni rivojlantirmaslik siyosati

Davlat, xususiy va jamoaviy mulklar tengligi asosidagi rivojlanish siyosati

2.1.

Markazdan boshqariluvchi rejali iqtisodiyotning amal qilishi, odamlarning sun’iy tarzda moddiy tenglashtirish siyosati amalga oshirilishi

Iqtisodiyotning siyosatdan holi bo’lishiga erishish, talab va taklif qonuniyatining amal qilishi kuchli ijtimoiy siyosat yuritish orqali odamlarning keskin tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik

2.2.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ekstensiv yondashuv yo’lidan borilishi, faqat mavjud yer osti va yer usti boyliklarini xom ashyo sifatida sotish orqali iqtisodiyotning boshqarilishi

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ekstensiv yondashuv yo’lidan borilishi, faqat mavjud yer osti va yer usti boyliklarini qayta ishlab, tayyor mahsulotlar sifatida ichki va tashqi bozorga chiqarilishi

2.3.

Xalqning turmush ehtiyojlarini faqat davlat yo’li bilan ta’minlash harakati

Xalq farovlonligini davlat va jamiyat kuchini uyg’unlashtirib ta’minlash harakati

2.4.

O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishning asosan agrar sohaga moslashtiruvchi siyosat

Sanoat ishlab chiqarishda hayotning barcha sohalarini qamrab olish siyosati, avtomobilsozlik, elektronika, bioinjeneriya va janotexnologiya sohalarining rivojlanishi

3.

O’rta sinfni qoralovchi davlat siyosatining yuritilishi

O’rta sinfni qo’llab-quvvatlovchi davlat siyosatining amal qilishi

3.1.

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasiga yot ko’z bilan qarash

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish ishining davlat siyosatiga aylanishi

4.

O’zbekistonni faqat xom ashyo yetishtirib beruvchi agrar o’lkaga aylantirish siyosati

O’zbekistonni sanoati yuksak rivojlangan industrial davlatga aylantirish siyosati

4.1.

Qishloq xo’jaligida paxta yakka xokimligini o’rnatish siyosati

Qishloq xo’jaligida mahsulotlari yetishtirilishida ichki va tashqi ehtiyojni puxta hisobga olish asosida yondashuv siyosati

5.

O’zbeklarga “ikkinchi darajali” xalq sifatida yondashuv siyosati

Hech kimdan kam bo’lmagan millat sifatida dunyo hamjamiyatida munosib o’’rin egallash siyosati

6.

Vatan tushunchasining soxtalashtirilishi, sobiq ittifoq hududini vatan deb talqin etish

Milliy, ijtimoiy, madaniy va davlatchilik an’analari shakllanishining tarixiy jarayonlari yuz bergan huduni vatan deb talqin etish

7.

Soxta milliy davlatchilik ramzlarining faqat hududiy farqlanish belgilari sifatida talqin etilishi va ularning xalqaro munosabatlarda umuman tan olinmasligi

Xalqimizning haqiqiy milliy davlatchilik ramzlari – gerb, bayroq, madhiya, konstitutsiya, prezidentlik institutlarining dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olinishi

8.

Milliy tillarning kamsitilishi va a sta-sekinboshqa yirik tilga assimilitsiya bo’lishining rag’batlantirilishi

Xalqimizning o’z milliy tili rasmiy davlat tili sifatida amal qilishi va rivojlanishining davlat siyosatiga aylanishi

9.

O’zbekistonnin oltin, uran, neft, gaz zaxiralari boshqa o’lkalarga tashib ketilishi

Xalqimiz o’zining boy yer osti boyliklariga to’liq egalik qilishiga erishilganligi

10.

Totalitar tuzum mafkurasining aholi ongiga tazyiq tarzida singdirilishi, dunyoqarashning rejali boshqarilishi

Milliy istiqlol g’oyasi asosida milliy birlashuvga erishilganlik, odamlar dunyoqarashining ma’naviy-ma’rifiy omillar orqali boyitilishi

11.

Tarixiy yodgorliklar, madaniy obidalarning buzib tashlanishi, nodir qo’lyozmalar kitoblarning yoqib tashlanishi

Tarixiy-madaniy obidalarning qayta tiklanishi, nodir qo’lyozmalar kitoblarning milliy qadriyat sifatida e’zozlanishi

12.

Ming yillar mobaynida amal qilib kelgan Osiyo va Yevropa mamlakatlarini bog’lab turgan Buyuk ipak yo’lining buzib tashlanishi

Buyuk ipak yo’lining qayta tiklanishi va uning faol ishlay boshlashi uchun zamonaviy avtomobil va temir yo’llari hamda havo magistrallarining barpo etilishi

13.

O’zbekistonning qulay qishloq xo’jaligi shart-sharoitlariga ega bo’lishiga qaramay respublikamizda o’z o’zini ta’minlay olmasligi muhitining yaratilganligi

O’zbekistonning barcha qishloq xo’jaligi shu jumladan, g’alla mustaqilligiga erishgan davlatga aylanganligi

14.

Mamlakatimizda milliy o’z o’zini boshqarish – mahalla tuzilmalari faoliyatining cheklab qo’yilganligi

Mamlakatimizda milliy o’z o’zini boshqarish – mahalla tuzilmalari faoliyatining jamiyat turli sohalarida yuz berayotgan pozitiv jarayonlarning markaziy bo’g’iniga aylanishi

15.

Kommunistik g’oyalar bilan sug’orilgan kollektivizm manfaatlari yo’lida inson manfaatlarining unutilishi, davlat manfaatlarining jamiyat va inson manfaatlaridan ustuvorligi

Insonning tom ma’nodagi insonlik mohiyati yuzaga chiqarilishi, insonning davlat va jamiyat oldidagi mas’ulligi, shaxsning jamoada o’zligini to’la namoyish eta olishi. Inson manfaatlarining ustuvorligi

16.

Diniy e’tiqodning har tomonlama bo’g’ilishi, ateistik tarbiyaning davlat siyosatiga aylantirilishi, dindorlarning ta’qib etilishi va qatag’on qilinishi

Vijdon erkinligining to’la ta’minlanishi, diniy e’tiqodga, barcha konfessiyalar faoliyatiga keng yo’l berilishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti unvoniga musharraf bo’lishi

17.

Shaharsozlik va arxitektura spohalarida odamlarning imkoniyatlari, did va saviyalarini hisobga olmasdan, tabiiy muhit hamda ekologik talablarga rioya etilmasdan bir xil qolipdagi binolar, imoratlar va uy-joylar qurilishi

Milliy arxitektura an’analari, dizayn, ekomuhit hamda odamlarning didi, saviyasi, imkoniyalarining puxta hisobga olgan holda yuksak estetik talablarga qat’iy rioya qilish asosidagi biri-biridan go’zal, betakror inshootlar, binolar qurilishi

18.

Jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining keng tus olishi, qoidabuzarlik va boshqa salbiy holatlarga jamiyatning passiv munosabati

Jamiyatda qonun ustuvorligi ruhining barcha sohalarda amal qilishi, jinoyatchilik va qoidabuzarlik holatlariga qarshi jamiyatning faol ma’rifiy kurash olib borishi

19.

Xotin-qizlarning jamiyatda erkaklar bilan teng huquqliligi amalda ta’minlanmaganligi, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki sustligi

Xotin-qizlarning jamiyat hayotida erkaklar bilan tengligi huquqiy va amaliy jihatdan ta’minlanishi, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollar ishtirokining keng tus olishi

20.

Millatchilik va shovinistik kayfiyat goh yashirin, goh oshkora tarzda amal qilib turishining odatiy tus olishi

Millatchilikning har qanday ko’rinishlariga barham berilishi va millatlararo totuvlik, inoqlik ruhining barqaror amal qilishi

21.

Sho’rolar davridagi yalpi baravarlashtirish siyosati natijasida inson salohiyatining ro’yobga chiqarilmasligi, odamlarning o’z qobiliyatiga ko’ra boshqalardan ajralib turishlari davlat va jamiyat tomonidan ma’qullanmasligi

Inson salohiyati, iste’dodlarining to’la ro’yobga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarning yaratilishi, har bir insonning o’z qiziqishlari va maqsadlari yo’lidagi intilishlari davlat va jamiyat tomonidan rag’batlantirilishi bo’yicha huquqiy, moddiy, ma’naviy va tashkiliy imkoniyatlar mexanizmining amal qilishi

22.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarga cheklangan tarzda e’tibor berilganligi, nogironlarni ijtimoiy faollashtirish, ularning iste’dod va salohiyatlarini ro’yobga chiqarish ishlariga panja ortidan qarab kelinganligi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarning faol fuqarolik pozitsiyasiga chiqshlari uchun ko’maklashuv mexanizmining amal qilishi, nogironlarning sog’lom odamlar bilan baravar faoliyat yuritishlari, san’at, sport, fan va boshqa sohalarda o’zligini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi, u saflaridan respublika va jahon chempionlari yetishib chiqishining odatiy holga aylanishi

23.

Ommaviy axborot vositalari, radio va televideniye faoliyatining senzura qilinishi va qattiq nazorat ostiga olinganligi, jamoat va xususiy nashrlarga ruxsat etilmasligi

Ommaviy axborot vositalari, radio va televideniye faoliyati ustidan senzuraning bekor qilinishi, jamoat va xususiy nashrlarning kenr rivoj topishi, matbuot erkinligining amalda ta’minlanishi

24.

Totalitar tuzum tuzilmalarini mustahkamlashga yo’naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’rifiy-mafkuraviy siyosatning amal qilib kelgani

Shaxs salohiyati, inson kapitalini butun borligicha ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan davlat siyosatining amal qilishi

25.

Qishloq va shahar turmush tarzi orasidagi tafovutning kuchayishi

Yangi yildagi uy-joylar qurilishi, qishloq infratuzilmasining boyitilishi, shahar va qishloq orasidagi tafovutning keskin kamayishi

Sho’rolar tuzumi davri va istiqlol davrimizning qiyosiy tahlili shundan yaqqol guvohlik berib turibdiki, hayotimiz tubdan o’zgardi, endi turmushimizni yangi ijtimoiy o’chovlar bilan o’lchay boshladik. Ilgarigi paytlarda odamlar “Bu kunlar ham o’tib ketar”, “Yorug’ kunlar ham kelar”, “Xayriyat, yana bir kun o’tdi”, deb qo’rquv, xavotir hamda noiloj umid orasida yashab kelgan bo’lsalar, endi odamlar, “Shunday kunlar ham bor ekan-ku”, “Hayotimiz kundan-kunga farovonlashib bormoqda”, “Istiqlolimizga ko’z tegmasin”, “Baxtli saodatli hayotimizning tashabbuskori yurtboshimiz omon bo’lsin”, degan so’zlarni minnatdorlik bilan izhor etmoqdalar. Darhaqiqat, “Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik?” – degan savolni har bir kishi o’ziga berib, shukrtonalik tuyg’usini his etmoqda.

Ma’lumki, har qanday o’sish, o’zgarish ertangi kunga ishonchdan, erishilgan marralardan shukronalik tuyg’usidan, kelajak orzular, aniq maqsadlardan kuch oladi. Buyuk kelajakka komil ishonch bilanborayotgan xalqimizning iqboli porloq bo’lishi muqarrar.



  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

  2. Vazifa topshirish.

  3. Baholash.

  4. Yakunlash.

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 346.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 347.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 348.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 349.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 351.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 352.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 353.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 354.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 355.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 356.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 357.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 358.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 359.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 360.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 361.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 362.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 364.jpg

c:\documents and settings\администратор\local settings\temporary internet files\content.word\изображение 366.jpg







Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!”



d:\dok 2016\мои рисунки\изображение\изображение 1218.jpg
Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish