“ORGANIK KIMYO 2” FANIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI Propion va izomoy kislotalarni natriyli tuzlari elektrolizidan qaysi birikmalar hosil bo‘ladi.
Sirka kislota yordamida; a) etilasetat; b) asetil xlorid; v) sirka angidrid; g) asetamid olish reaksiya sxemasini yozing.
Barcha sizga ma’lum usullar bilan sut kislota hosil qiling.
Nitrobirikmalar.Nomenklaturasi.Olinishi. Kimyoviy xossalari.
Quyidagi birikmalarni nomlang:
Anilindan sulfanil kislota hosil qiling.
Reformatskiy reaksiyasi bo‘yicha -oksivalerian kislota etil efirini hosil qiling.
Piridinni quyidagi birikmalar bilan reaksiyalarini yozing: a) NaNH2; b) KOH; v) CH3Li.
Nitrobirikmalar. Tuzilishi va nomlanishi. Fizik xossalari.
Nitrobenzolni anilinga qaytarilish jarayoni kim tomonidan o‘rganilgan? Uning ahamiyati nimada? Nitrobirikmalardan aminlar hosil qilish uchun qanday qaytaruvchilardan foydalaniladi.
3-oksipropanalni 3 xil usulda hosil qiling. Uni qizdirish natijasida qanday moddalar hosil bo‘ladi?
Agar reaksiya unumi 60 % bo‘lsa, 120 gr glyukozadan necha gramm etil spirti hosil bo‘ladi?
a) Azobenzol; b) 4-nitro-dimetilaminoazobenzol; v) 3-karboksi-4-oksiazobenzollarning struktura formulalarini yozing.
Nitrobutan izomerlarini qanday reaksiyalar orqali farqlash mumkin?
Etilamin; b) metilpropilamin; v) trietilaminlarning qaysilari; а) НСI; b) СН3J; v) СН3СОСI; g) НNО2lar bilan reaksiyaga kirishadi. Reaksiya sxemasini yozing.
Diazobirikmalar. Tuzilishi. Nomlanishi.
Diazotirlash reaksiyasiga ta’rif bering. Diazotirlash qanday sharoitlarda olib boriladi? Anilinni xlorid kislota muhitida diazotirlash sxemasini yozing.
2-nitrobutanni va nitroetanni ishqor ishtirokida formaldegid bilan reaksiyasini yozing.
Piridinning: a) sulfolash; b) nitrolash; v) xlorlash reaksiyalarini yozing.
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshiring:
Quyidagi birikmalarning qaysilari diazoniy tuzlarini hosil qiladi: a) n-toluidin; b) N-etilanilin; v) propilamin. Reaksiya sxemalarini yozing.
4-Oksibutanalni hosil qiling. Uni qizdirilganda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
а) CH3-CH(CH3)CH(OH)COOH; b) CH3CH(Br)CH2CH(OH)-CH2COOH; c) CH3COCH(CH3)2COOH; d)CHOCH2COOC2H5 birikmalarni nomlang.
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshiring:
Piridindan 4-nitropiridin hosil qiling?
Sulfokislotalar. Olinish usullar.
Qanday birikmalar psevdokislotalar deyiladi? Sof kislotalardan ularning farqi nimada? C7H7NO2 tarkibli nitrobirikma izomerlarining qaysi biri psevdokislota hisoblanadi?
Indolni sun’iy yo‘l bilan qanday olish mumkin? Indol va pirrolning kimyoviy xossalarini taqqoslang.
Benzolsulfokislotaning: a) Na-li tuzi; b) n-toluidin tuzi; v) xlorangidridi; g) amidi; d) metilefiri kabi hosilalarini olish sxemalarini taklif qiling.
Diazo – va azobirikmalar. Olinishi. Kimyoviy xossalari.
Furan, tiofen va pirrollarni umumiy olinish usullariga misollar keltiring.
Quyidagi karbonilli birikmalarni nomlang:
Fenildiazoniy xloridni anilindan hosil qiling va reaksiya tenglamasini yozing.
Aminokislotalar.Sinflanishi.Tuzilishi.Olinish usullari.Xossalari haqida yozing.
Quyidagi birikmalarning struktura formulalarini yozing: a) benzolsulfokislota; b) toluol sulfokislotaning barcha izomerlarini; v) simm-benzolsulfokislota.
Qanday qilib anilindan n-nitroanilin olish mumkin?
Sirka kislotani olishning sanoat usuli reaksiya sxemasini yozing. Ishlatilish sohalari haqida ma’lumot bering.
Ikki va ko’p asosli karbon kislotalar. Tuzilishi, nomlanishi, olinish usullari.
Besh a’zoli bir geteroatomli geterosiklik birikmalar.Gomologlari. Olinish usullari.
Quyidagi birikmalarning struktura formulalarini yozing: a) m-krezol; b) o-nitrofenol, v) fenol-2,4-disulfokislota.
Asetilen asosida tiofen hosil qiling?
Benzolni sulfat kislota ishtirokida sulfolash sxemasini yozing. Jarayonda qanday qo‘shimcha mahsulotlar hosil bo‘lishi mumkin?
Olti a’zoli geterosiklik birikmalar. Gomologlari haqida yozing.
Oksokislotalar. Tuzilishi. Nomlanishi.
Benzol, toluol va nitrobenzollarni monosulfolash reaksiya sxemalarini yozing.
Galogenalmashingan kislotalar. Olinish usullari haqida yozing.
a) n-Toluildiazoniyxlorid; b) o-bromfenildiazoniybromid; v) n-sulfofenildiazoniy gidrosulfat; g) o-nitrofenildiazoniy borftoridi; d) n-metoksifenildiazoniy yodidlarning struktura formulalarini yozing.
Glyukozadan foydalanib fruktozani hosil qiling.
To’yinmagan bir asosli karbon kislotalar. Tuzilishi, izomeriyasi va olinish usullarini yozing.
Murakkab efirlar. Yog’lar. Tuzilishi. Olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari.
a) sin-natriyfenildiazotat; b) m-nitrofenildiazoniy gidroksid; v) n-ftorfenildiazokislotalarning struktura formulalarini yozing.
a) 1-Nitrobutan; b) 2-nitrobutan; v) 2-nitro-2-metilpropanni azot kislota bilan ta’sirlashuvini solishtiring. Nitrobirikmalarning tuzilishini aniqlashda bu jarayonning ahamiyati qanday?