MAVZU: IPLAR VA RANGLI LENTALAR YORDAMIDA TURLI O`YINCHOQLAR VA BUYUMLAR YASASH.
REJA:
1. To'qish, halqalami hosil qilish usullari.
2. Bolalarning zanjirdan yasalgan sumkasi.
3. Nonushta solib qo'yiladigan sumkacha.
Tayanch so`z va iboralar:jiyak,do`ppi,to`n,so`zana,spitsa,ilgak, havo halqasi, ustamali zanjir,tros,naycha.
To'qish, halqalami hosil qilish usullari.O'zbek xalqi qadimdan qo'l hunarmandchiligi sirlarini chuqur egallab kelgan. Jumladan, o'zbek xotin-qizlari mohirlik bilan kashta, jiyak, do'ppi, to'n, so'zana kabilarni tikish bilan shug'ullanganlar. Ular atlas va gilamlar to'qishgan. Bor xomashyolardan foydalanganlar. Hozirgi kunga kelib ayollarimiz orasida qo'lda kiyimlar to'qish keng rivojlanib bormoqda. Qo'lda to'qilgan kiyim-kechaklar betakror va bejirimdir. To'qish amaliy san'atning bir turi boiib, nihoyatda zavqli va foydalidir. To'qilgan kiyim yaroqsiz bo'lib yotmaydi yoki tashlab yuborilmaydi. Har bir to'qish hunaridan xabari bor xotin-qiz kerakli buyumni osonlikcha to'qib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |