Rangli jild qog'ozi — turli ranglarda bo'yalgan, jilo berilgan rangli qog'ozning o'rnini bosib, qo'l mehnati darslarida keng qo'llaniladi.
Shagren naqshdor qog'ozi — muqovasozlikda va tayyor narsalarning ustidan yopishtirshda, archa o'yinchoqlarini yasashda foydalaniladi. Gulqog'ozning rangi va guli turlicha bo'lib, muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, bezash ishlarida keng foydalaniladi.
Kalka qog'oziga shaffoflik berish uchun mum va moy singdiriladi. Yaxshi, sifatli kalka qog'ozining hatto tozalangan joyida ham tush yoyilib ketmasligi kerak. Kalka qog'oz «fonus xayol» teatrida archa o'yinchoqlarini yasash, sahnani bezash, rasmlarni qayta tushirish ishlarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |