Tasdiqlayman” Farg’ona davlat universiteti



Download 90 Kb.
bet3/4
Sana21.03.2022
Hajmi90 Kb.
#505011
1   2   3   4
Bog'liq
Dekabr oyi manaviy

MAVZU: BIZ KIM O’ZBEKLAR.


Reja:
1. Taniqli tarixshunos olimlar turkiylar (o’zbeklar) haqida.
2. X asrning oxirida Qoraxoniylar davlati.
3. atamasi.

Ona Vatan tarixining IX-XII asrlardagi ijtimoiy –siyosiy taraqqiyotining yakuniy xulosalaridan biri shu bo’ldiki, X asrga kelib turkiylar (o’zbeklar) ning etnik jihatdan xalq sifatida shakillanishi o’zining poyoniga yetadi. Taniqli tarixshunos olimlar Ahmadali Asqarov va Bo’riboy Ahmedovlarning xalqining kelib chiqish tarixi” (“Dastlabki mulohazalar”) maqolasida ta’kidlanishicha, “O’zbeklar yaxlit xalq sifatida X asrga kelib shakllandi. Hududiy, iqtisodiy, madaniy, til va til birgaligiga ega bo’ldi. Uning etnik jihatdan takomillasha borishi va etnik tarixi shundan keyin ham, to ularni millat darajasiga ko’tarilgunga qadar davom etdi


Turon nomi bilan atalgan mamlakatimiz hududlarida o’troq va chorvador hayot kechirgan qadimiy avlodlar Xorazm, Baqtr, Parkana va Tohariston nomlari ostidagi vohalarda yashaganlar. Ular Sharqiy eroniy tillarga mansub so’g’diy , xorazmiy, shak va tohar tillarida muloqatda bo’lganlar. Bu xalqlar janubda forsiyzabon Ajam xalqi, Shimolda esa turkiy tilda so’zlashuvchi o’troq va chorvador xalqlar va etnik guruhlarning doimiy ta’sirida bo’lganlar.
Miloddan avalgi I ming yillikning o’rtalarida va ayniqsa ,milodning V-VIII asrlarida shimoldagi turkiy qabilalarning ( bu xalqlar u davrlarda xunnlar degan umumiy nom bilan atalgan) Markaziy Osiyo hududlariga kirib kelish jarayoni kuchayadi. Ular mahalliy xalqlar aralash-quralash yashash jarayonini boshlaridan kechiradilar, bu xalqlarga til jihatdan ta’sir o’tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib boradilar. X asrning oxiri va XI asrning boshlarida Markaziy Osiyoning katta hududlarida Qoraxoniylar davlati vujudga keladi. Qoraxoniylar bilan birga o’lkaga ko’chib kelgan bir talay qabilalar: turg’ashlar, to’xsilar, qorliklar, chigillar, yag’molar, o’qizlar, arg’inlar va boshqa turkiyzabon qabilalar o’lkaning Sharqiy eron va turk tillarida so’zlashuvchi aholisi tarkibini etinik jihatdan yanada boyitadi, turkiy etnik qatlamning ustunligini bir qadar ta’minlaydi.Ana shu tariqa qoraxoniylar hukumdorligi davrida turkiy o’zbek xalqi to’la shakllanadi, ijtimoiy. iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi.
Tarixchi olim Bo’riboy Axmedov qayd qilganidek: “Eski o’zbek tiliga asos bo’lmish qorliq-chigil lahjasi rivoj topdi va yozma adabiyot darajasiga ko’tarildi. Qorliq-chigil lahjasi, aytish mumkin, shu o’zbek xalqining umumiy tili bo’lib qoldi”. Bu holni Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk», Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatnoma” asarlari timsolida ochiq-oydin ko’ramiz.
XIII asrda Movaraunnaxr va Xorazmga bostirib kelgan mo’g’ullar o’lka taraqqiyotiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatadilar. Biroq Chingizxon qo’shini tarkibida mo’g’ullar bilan bir qatorda juda ko’plab turklar va turklashgan mo’g’ullar ham bor edi. Jaloyerlar, qurlovutlar, burkutlar, mang’itlar, qo’ng’irotlar, barloslar, sulduslar, boyovutlar, bahrinlar ana shular jumlasidandir. Bu qabilalar, shak-shubhasiz, o’zbek xalqining etnik tarkibini tag’in ham boyitadilar, albatta. Ammo to XV asrga qadar ular o’zbek nomi atamasi bilan yuritilmagan, balki Turk deb yoki qabilalar nomi bilan atalganlar.
Bizga tarixdan ma’lumki, barlos, jaloyer va shu kabi qabilalar mo’g’ullardan edi. Ular Turkistonga kelgach asta-sekin turkiylashib ketgan. Bungacha islom diniga kirmagan edilar.Shuni ta’kidlash kerakki, islom diniga o’tish boshqa, turkiylashish boshqa. Bu ikki tushunchani bir-biridan farqlash juda zarur va ahamiyatlidir. Turkiylashish,(shuningdek, ruslashish, xitoylashish va hokazo) esa kishi milliy qiyofasining o’zgarishi, boshqa millat tarkibiga kirib singib,o’sha millat va xalq tilida so’zlab,uning milliy qiyofasini olishi demakdir.
Shu tariqa, rasmiy tarzda yigirmanchi yillardan boshlab turk atamasi onado’lilik qardoshlarimizga tegishli bo’lib qoldi. Turk xalqi deganda Turkiya jumhuriyatida yashovchi tub aholi, yoki turk adabiyoti deganda esa shu xalqning adabiyoti tushunila boshlandi.Turkiy xalq deganda esa qadim zamondan boshlab Turon va Turkistonda yashab kelgan o’troq turkiy xalq – bizkim, o’zbeklar nazarda tutiladigan bo’ldi.
Shuningdek , turkiy til va turkiy adabiyot deganda Turon va Turkistonda vujudga kelgan , qariyib ming yillik tarixga ega bo’lgan va o’troq turkiy xalq- o’zbeklar qo’llab kelgan til va ular yaratgan adabiyot tushuniladigan bo’ldi. Bu hol ijtimoiy-siyosiy hayotning boshqa sohalariga ham tegishlidir. Masalan, turkiy davlat, turkiy tarix, turkiy madaniyat deganda 1924- yilgacha bo’lgan o’zbek davlatchiligi, o’zbek tarixi, o’zbek madaniyati tushuniladigan bo’ldi.
XV asrdan e’tiboran Dashti Qipchoqda yashab kelayotgan o’zbek nomi Movaraunnahr va Xorazm etnik dunyosiga kirib keldi va bu nom keyinchalik butun bir millatning nomi bo’lib qoldi. Aytmoqchimizki, Dashti Qipchoqda yashab kelgan ko’chmanchi chorvador turkiy o’zbek qabilalarining nomi Movaraunnahr va Xorazmda qadim zamonlardan beri istiqomat qilib kelayotgan sartlar va barcha turkiy xalqlarga nisbatan qo’llaniladigan bo’ladi. «O’zbek» atamasi keyinchalik mahalliy xalqlar o’rtasida iste’molda keng tarqalgan atamasini ham muomaladan surib chiqaradi.“Sart” so’zining ma’nosi turli davrda mazmunan boyib borgan. Masalan, deganda dastlab savdo ahli tushinilgan, so’ng hunarmand va dehqonlar ham sart deb atalgan. Sart, umuman yerli, o’troq aholi bo’lib, turkiylashgan so’g’diylar, xorazmiylar edi. Arab manbalarida deyilganda Movarounnahrdagi hamma musulmonlar ko’zda tutilgan. Mo’g’ullar Xorazmshohning barcha fuqarolarini “sartlar” deb ataganlar. Navoiy zamonida barcha tojiklarni deb atash odat bo’lgan.
Xulosa shuki, so’zi dastlab aholining etnik nomi bo’lmagan. Bu nom aholining kasb-koriga qarab farqlovchi ibora bo’lganligi uchun elat nomini anglatmagan.Shunday qilib, o’zbeklar xalq sifatida XV asrda shakllandi, deb aytish uchun barcha asoslar yetarlidir.
Xulosa qilib muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimovning so’zlarini keltirishimiz mumkin: bizkim, o’zbeklar qo’shni ko’rgan, boshidan ne-ne kunlarni, ne-ne tarixiy sinovlarni o’tkazgan, shonli o’tmishiga, qadim-qadimdan davlati va davlatlariga ega bo’lib kelayotgan xalqmiz, millatmiz.
Muhtaram Yurtboshimiz va Yo’lboshchimizning davlatlararo o’zaro tenglik va hurmatga, davlat chegaralarining daxlsizligiga asoslangan dono tashqi siyosatida bizkim, o’zbeklarni poydevori mustahkam va poydor, bardavom etuvchi, kelajagi yanada porloq davlatiga ega, uyushgan xalq bo’lib, millat bo’lib borishidek oliy maqsad ko’zlagandir.

Tarixinngdir ming asrlar ichra pinhon, o’zbegim,


Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, o’zbegim.

So’ylasin Afrosiyob-u, so’ylasin O’rhun xati,


Ko’xna tarix shodasida bitta marjon, o’zbegim.

Al Beruniy, al Xorazmiy, Al Forob avlodidan,


Asli nasli balki O’zluk, balki Tarxon ,o’zbegim.

O’tdilar sho’rlik boshingdan o’ynatib shamshirlarin


Necha qoon, necha sulton, necha ming xon, o’zbegim.

Tog’laring tegrangda go’yo ajdar bo’ldi-yu,


Ikki daryo – ikki chashming, chashmi giryon, o’zbegim.



Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish