MAVZU: YANGI YIL – ZAFARLAR YILI BO’LSIN
REJA:
1. Yangi yil nima?
2.Dunyo davlatlarda yangi yil qachon nishonlanadi?
Yangi yil, shubhasiz, barchaning, ayniqsa bolajonlarning sevimli bayrami hisoblanadi. Garchi milodiy taqvim bo’yicha yangi yil butun jahonda birdek tantana bilan kutib olinsa-da, turli xalqlar va davlatlarning alohida nishonlanadigan o’zlariga xos yangi yil bayramlari ham bor. Katta bayram arafasida o’sha bayramlarni ham bir yo’qlab o’taylik.
Yuqorida tahkidlaganimizdek, jahonning sivilizatsiyalashgan davlatlarining barchasi 31 dekabrdan 1 yanvarga o’tar kechasi biza kabi Yangi yilni nishonlashadi.
Dastlabki yangi yil oy taqvimi bo’yicha nishonlanadi. Oy taqvimi quyosh taqvimidan 10-11 kunga qisqaroq bo’lganligi sababli turli yillarda bizning hayit bayramlarimiz kabi turli sanalarda nishonlanadi. Yangi yilni
Oy taqvimiga ko’ra nishonlash Xitoy, Malayziya, Vg’etnam, Singapur, Koreya, Mo’g’uliston va buddi diniga itoat etuvchi Sharqiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan.
Musulmonlarning qamariy hisob bo’yicha yangi yili — Xijra ham har yili turli sanalarda keladi. Bu sanada islom davlatlari — Pokiston, Afg’oniston, Eron va arab davlatlarida nishonlanadi.
SHundan so’ng Yangi yil Gretsiyaga yo’l oladi. U yerda biz vatan himoyachilari kunini nishonlayotganimizda avliyo Vasiliy kuni bayram qilinadi. Greylar avliyo Vasiliyni saxiylik timsoli sifatida qadrlashadi va o’sha tun bolajonlar kamin oldida sovg’a ilinjida etikchalarini qoldirishadi.
Navbatdagi Yangi yilni aynan biz bahorgi tengkunlikda nishonlaymiz. Xalqimizning asriy bayrami — Navro’z 21 mart kuni nishonlanadi. Bu bayramning islom diniga mutlaqo aloqasi yo’q, shu sababli bayram faqat Markaziy Osiyo, Eron, Pokiston, Afg’oniston, Ozarboyjon va qisman Turkiyada nishonlanadi.
Ertasi kuniyoq yangi yil Hindistonga yo’l oladi. Umuman olganda, Hindistonda yangi yil sifatida nishonlanadigan naq sakkizta sana bor. Masalan, hindlarning Gudi Padva kunida nim-nima daraxtining juda achchiq va yoqimsiz barglaridan tatib ko’rish kerak. Ularning irimiga ko’ra, bu insonni turli dard va balolardan asraydi, va hayratlanarlisi — shirin hayot kechirishiga zamin yaratadi.
Hammamizga mashhur hazil kuni — 1 aprelda Odessa (Ukraina) da yangi yil nishonlanadi. Ularning fikricha, 1 aprelg’ — yangi kulgu yilining boshlanishidir. Aprelg’ oyining 13-sanasida Yangi yil SHri-Lanka va Nepalga yo’l oladi.
Jazirmadan sillasi qurigan Laosga Yangi yil 14 aprelda — aholi yomg’ir mavsumini kutayotgan pallada tashrif buyuradi. Birmada esa aksincha, tropik yog’inlardan so’ng — aprelg’ oyining 12-17-sanalari oralig’ida Yangi yil nishonlanadi. Bayramning aniq sanasini har yili madaniyat vazirligi belgilaydi va yangi yil uch kun bayram qilinadi.
1940 yilda Tailand hukumati yangi yili 1 yanvarda nishonlash haqida qaror chiqargan. Bunga qaramasdan, Tailandning bosh bayrami — aprelg’ oyining ikkinchi o’n kunligida nishonlanadigan taycha yangi yil — Songarkandir.
SHundan so’ng Yer yuzida yangi yil yoz oylarida bayram qilinadi. Mayya qabilalari 16 iyulg’ kuni bayram qilishsa, Jibuti va Nigerda bu bayram avgustda nishonlanadi.
1 sentyabr. Yo’q bu Suriyaning mustaqillik ham emas, o’quv yili ham boshlanmaydi. SHunchaki yangi yil boshlanadi. Bu bayram kuz oylarida yahudiylarning oilasida ham nishonlana boshlaydi.
11 sentyabr kuni nishonlanuvchi Yangi yil esa Efiopiya (Habashiston)da yomg’ir mavsumi yakunlanganidan darak beradi.
Gambiyaga Yangi yil 7 oktyabrda tashrif buyuradi. Oktyabrg’ oyida Indoneziya ham bayram qiladi. Barcha insonlar yangi kiyimlar kiyinib, o’tgan yildagi dilxiraliklar uchun bir-birlaridan kechirim so’rashadi.
18 noyabrda yangi yil Yaman chegarasini kesib o’tadi. Noyabrg’ oyi o’rtalarida Okeaniyadagi orollarda va Gavay orollarida ham yangi yil bayram qilinadi.
31 oktyabrdan 1 noyabrga o’tar kechasi hozir, ayniqsa yoshlarimiz o’rtasida «Xellouin» nomi bilan mashhur. Biroq bu aynan shu tunda kelg’t tillariga mansub xalqlar yashovchi davlatlar (SHotlandiya, Irlandiya, Men oroli) da kelg’t Yangi yili — «Saymanu» nishonlanadi.
Yangi yilni Avstraliyaliklar odatdagidek 1 yanvarg’ kuni nishonlaydi. Ammo qiziq tomoni bu paytda ularda yoz fasli bo’ladi va havo shunaqangi issiq bo’lganidan Qorbobo va Qorqiz sovg’alarni cho’milish kiyimida tarqatishadi.
Eskimoslarda esa yangi yil eng original kunda qarshi olinadi. Yahni ularda qachon birinchi qor yog’sa, o’sha kun — Yangi yil!
Qadimgi Misrda esa Yangi yil yoz faslida, Nil daryosi toshgan vaqtda nishonlangan.
Olimpiada o’yinlari vatani hisoblanmish Qadimgi Yunonistonda Yangi yil 22 iyung’ kunida nishonlangan ekan. Bu sanani ular yilning eng uzun kuni bo’lganligi uchun Yangi yil sifatida qabul qilishgan.
Yangi yilning qaysi birini qachon nishonlashingiz o’zingizga havola. Asosiysi — bu unitilmas va haqiqiy bayram bo’lsin! Yangi, 2012- yilingiz bilan, azizlar!
|