Tasdiqlayman” Buxoro davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Т. H. Rasulov



Download 141,5 Kb.
bet2/11
Sana08.12.2022
Hajmi141,5 Kb.
#881548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18.11.2022 fakultet bayonnomasi

Ilmiy rahbar: p.f.d., prof. Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna


Taqrizchilar: Buxoro davlat universiteti, Fizika va matematika fakulteti dekani, prof., p.f.d. (DsC) Jo‘raev Husniddin Oltinboevich
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi dots., p.f.f.d. (PhD)- Murodova Feruza Rashidovna
Kun tartibi tasdiqlangandan so‘ng Ilmiy seminar raisi b.f.d., prof. H.T. Artikova seminar kotibi A.M. Qobilovga so‘z berdi. U qatnashchilarni mustaqil izlanuvchi M.H.Raupovaning shaxsiy hujjatlari bilan tanishtirib, ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK talablari asosida tayyorlanganligini aytib o‘tdi.
ESHITILDI:
M.H.Raupovaning “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining kvaziprofessional tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi ( biokimyo va molekulyar biologiya fani misolida) ” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi ishining asosiy mazmuni bilan majlis ishtirokchilarini tanishtirdi.
Dissertatsiyaning qisqacha mazmuni bilan tanishtirish uchun so‘z Mehrinigor Haydarovna Raupovaga berildi.
Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Raupova Mehrinigor Haydarovna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligida bo’yicha “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining kvaziprofessional tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi ( biokimyo va molekulyar biologiya fani misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasining asosiy mazmuni bo‘yicha 20 daqiqa davomida ma’ruza qildi.
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda intensiv rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyoti, global texnologik inqilob, ijtimoiy strategik o‘zgarishlar kasbiy kompetentli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni orttirib bormoqda. Strategik maqsadlar natijadorligini ta'minlash barcha soha egalari singari bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish, xalqaro ko‘rsatkichlarga moslashtirish, ularning kvaziprofessional pedagogik faoliyatga tayyorlashning samarali metodikalarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning kvaziprofessional tayyorgarlik bosqichi samaradorligini, kasbiy raqobatbardoshligini ta'minlash, pedagogik faoliyatga tayyorlashning kontekts-kompetentli modelini intensiv metodikalarni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Dunyoda oliy ta'limni zamonaviy raqamli ta'lim transformasiyasi sharoitlariga moslashtirish va mazmunan yangilash, bo‘lajak mutaxassislarning akademik faoliyatdan kasbiy faoliyatga o‘tish jarayonida kasbiy mobilligini, kvaziprofessional yo‘naltirilganligini ta'minlash, ta'lim jarayonining turli aspektlarini mustaqil modellashtirish, pedagogik bilimlarni turli vaziyatlarda qo‘llash kompetentligini rivojlantirish sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kvaziprofessional faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirish, o‘quv faoliyatidan kasbiy faoliyatga o‘tish bosqichlariga moslashtirish, metodik tayyorlash, kasbiy-pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, kontekstli yondashuv asosida integratsiyalash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini xalqaro standartlarga moslashtirish, kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik amaliyotning natijadorligini ta'minlash, fan-ta'lim va ishlab chiqarish integratsiya asosida pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish, kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda raqamli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, refleksiv faoliyat usullari va ijodiy faoliyat tajribalarini egallash, o‘quv faoliyatidan kasbiy madaniyat dunyosiga o‘tish bosqichlari intensivligini ta'minlash maqsadida “biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish” dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-con “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” farmoni, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 avgustdagi PQ-4805-son «Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu diccertasiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 141,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish