Savol: b.f.n., dots. M.M. To‘rayev. Kvaziprofessional atamasi o’zbek lug’atida bormi?
Javob: Bu atama o’zbek lug’atida yo’q, kvazipofessional so’zi xalqaro atama hisoblanadi. Ta’lim sohasini jahon standartlariga moslashtirish uchun shu so’zning o’zidan foydalandik.
Savol: b.f.n., dots. M.M. To‘rayev. Dissertatsiya ishingizni ilmiy yangiligi nimadan iborat?
Javob: kvaziprofessional faoliyat biologiya o‘qituvchisi kasbiy-metodik tayyorgarligi pedagogik faoliyatning yangi turi sifatida va uni shakllantirishda ta'lim mazmuni (ta'lim vazifalari, modellari va vaziyatlari tizimi yordamida bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy faoliyat tajribasini o‘zlashtirish), ijtimoiy (o‘quv jarayoni ishtirokchilarining ijtimoiy munosabatlarning qabul qilingan me'yorlariga muvofiq o‘zaro ta'siri) va psixologik (madaniyatning bir qismi sifatida kasbga "qo‘shilish": uning me'yorlari, qoidalari, qadriyatlarini o‘zlashtirish orqali) kontekstlari belgilangan, buning natijasida talabaning kelajakdagi mutaxassislik qiyofasi shakllangan va tizimi takomillashtirilgan.
Savol: b.f.n., dots. M.M. To‘rayev. Sensey haykalchasi loyihangizdagi “Ota-onalar uchun” topshirig’ingizning mohiyati nimada?
Javob: “Ota-onalar uchun” topshirig’ini bajarish uchun talabalardan ota-onalar yig‘ilishlari uchun mavzular tanlab kelishlari, bo‘sh o‘zlashtiruvchi, ta'limga mas'uliyatsiz bo‘lgan , ta'limni o‘zlashtirishga layoqati sust bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga farzandlari bilan uyda qanday o‘quv mashg‘ulotlari olib borishlari lozimligi, bolalardagi disleksiya hodisasi nima ekanligi, ular uchun kutubxonalar tashkil qilish va ularga mos kitoblar tanlay bilish haqida, agar bolaning maktabga kelish istagi bo‘lmasa, u holda qanday ishlar olib borish lozimligi to’g’risida suhbatlar, test mashg‘ulotlari, maslahatlar ketma-ketligi, so‘rovnomalar tayyorlab kelishlari zarur. Bu topshiriq asosida ularning sinf rahbariga xos bo’lgan kompetensiyalari shakllantiriladi.
Savol: q.x.f.f.d. (PhD) R.O.Atoyeva: Kvaziprofessional faoliyatni didaktik o’yinlardan farqi nimada?
Javob: Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchilarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchilarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchilarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o’quvchilar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
Kvaziprofessional faoliyat esa shu o’yinlarni tashkil etish yoki bajarish asosida talabalarda shakllanadigan pedagogik faoliyatning turlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |