Tasdiqlayman” Boshlangʻich ta’lim fakulteti dekani Sh. A. Abdullayeva



Download 0,74 Mb.
bet1/30
Sana01.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#723829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
2-kurs must. ta\'limWord (3)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

TASDIQLAYMAN”
Boshlangʻich ta’lim fakulteti dekani
_____________Sh.A.Abdullayeva
_____”_________________2021-yil

TASDIQLAYMAN”
Boshlangʻich ta’lim
fanlari kafedrasi mudiri
_____________A.A.Xalikov
_____”_________________2021-yil



ONA TILI FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI VA METODIK KOʻRSATMALAR
(2-kurslar uchun)



Fanning kodi:

355OTNA

Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi:

60110500

Semestr:

3- 4

Kreditlar soni:

4







Mashgʻulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

III

IV

Nazariy (ma’ruza)

54

26

28

Amaliy

66

34

32

Mustaqil ta’lim

120

60

60

Kurs ishi

-

-

-

Jami auditoriya soatlari

120

60

60

Mustaqil ta’lim

120

60

60

Umumiy oʻquv soatlari

240

120

120



TOSHKENT – 2021

Tuzuvchilar:

f.f.n., dots. M.A.HAMRAYEV
p.f.n., dots. Sh.YULDASHEVA



Taqrizchi:

f.f.n., dotsent D.T. AYTBAYEV





MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Mustaqil ta’lim topshiriqlari mazkur kurs mazmunini toʻliq qamrab olish maqsadida tayyorlangan boʻlib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga asoslangan.
Mustaqil topshiriqlari talabaning oʻquv yuklamasining tarkibiy qismiga kirib, unda talaba tomonidan minimal 4 kredit (120 soat hajmda) toʻplanishi lozim. Mazkur kursdagi modullar yuzasidan topshiriqlar amaliy xarakterda boʻlib talaba tomonidan mustaqil oʻzlashtirilishi va topshirilishi shart.


Mustaqil ta`limni bajarish va topshirish tartibi
1.1. Talabaning mustaqil ta’lim yuklamasi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
1.2. Talabaning mustaqil ta’limi auditoriyada va auditoriyadan tashqarida bevosita o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ish yoki talabaning fan (modul) bo‘yicha mavzularni mustaqil o‘qib-o‘rganishi tarzida amalga oshiriladigan o‘quv ishlari majmuini anglatadi.
1.3. Mustaqil ta’lim – auditoriyada olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni
mustahkamlash hamda fanga oid (xususiy) kompetensiyalarini rivojlantirish, qo‘shimcha ma’lumot yoki materialni mustaqil o‘rganish maqsadida tashkil etiladigan o‘qitish shakli.
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarninganiq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatidir.
1.4. Mustaqil ish turi va shakli muayyan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) hamda fan(modul)larning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
1.5. Mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish topshiriqlari va ularni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan ishchi dastur (Sillabus)da o‘z aksini topishi lozim. Mustaqil ish uchun taqdim etilgan o‘quv topshiriqlari variativ tavsifga ega bo‘lishi tavsiya etiladi.
1.6. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash fan (modul)ning umumiy baholash (100 ballik) tizimida aks ettiriladi va ishchi dastur (Sillabus)ning baholash mezonlarida unga ajratilgan ball aniq ko‘rsatib qo‘yiladi.
1.7. Fan(modul) bo‘yicha mustaqil ta’limga ajratilgan soatlarning mustaqil ish tarzida bajarilishi ko‘zda tutilgan o‘quv birligi hajmi (kredit) mas’ul kafedra muhokamasidan o‘tkazilishi, yig‘ilish qarori bilan tasdiqlanishi hamda professor-o‘qituvchi tomonidan tuzilgan Sillabusda mustaqil ish shakli va turi mazkur qarorga mos kelishi lozim.
1.8. Didaktik jarayonlarni jadallashtirish, talabalarning mustaqil ta’ lim olish samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv davrining I semestrida tyutorlar, ARM xodimlari tomonidan mazkur jarayonni amalga oshirish tartibi bo‘yicha davriy ravishda (shu jumladan, kredit haftaligi doirasida) o‘quv seminarlari tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
1.9. Mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qat’iy belgilanadi. Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini o‘tkazib yuborgan talabaning o‘quv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa, dekanat (registrator ofis) tomonidan o‘rganib chiqilishi, dekan rezolyutsiyasi bilan inobatga olinishi hamda topshiriq bajarilishi uchun yakuniy nazorat o‘tkazilishiga qadar qayta topshirish muddati belgilanishi mumkin.
1.10. Mustaqil ta’lim bo‘yicha o‘quv faoliyati natijalari baholanmagan talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi.
1.11. Fan(modul) bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat savollarining 1/2 qismi mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun tavsiya etilgan mavzular asosida tuzilishi tavsiya etiladi.
1.12. Fan(modul)ning auditoriya yuklamasini bajarish vaqtida talabalarning mustaqil ishlari nazorat qilinmaydi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan ishchi dastur (Sillabus)da ko‘rsatilgan kontakt soatida offlayn yoki onlayn tarzda maslahat olishi mumkin.
1.13. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va etik talablarga rioya etishi (plagiatga yo‘l qo‘ymaslik, professor-o‘qituvchilar, talabalar bilan tolerant munosabatda bo‘lish, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash, mas’uliyatlilik) shart.
1.14. Fan(modul) yuzasidan talabalar bajaradigan mustaqil ish topshiriqlari variativ tavsifga ega bo‘lishi lozim. Mustaqil ish topshiriqlarining 1/3 qismi kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash (kooperativlik)ga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
1.15. Mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun taklif etiladigan mavzular va mustaqil ish topshiriqlari fan(modul)ga ajratilgan kreditlar soni va talabaning vaqt budjetini inobatga olgan holda belgilanishi lozim.
1.16. Talaba tomonidan elektron tizim(platforma)ga yuklangan mustaqil ish
topshiriqlari aniq belgilangan muddatda professor-o‘qituvchi tomonidan tekshirilishi va natijasi talabaga ma’lum qilinishi shart.
1.17. Professor-o‘qituvchi fan(modul)ning ishchi dasturi (Sillabus)da belgilangan kontakt vaqtida mustaqil ish bo‘yicha talaba murojaati asosida maslahat va amaliy tavsiyalar berib borishi shart.
1.18. Fan(modul)ni qayta o‘zlashtirish davrida o‘quv rejada ko‘zda tutilgan umumiy yuklamani saqlab qolingan holda kafedra qarori bilan auditoriya va mustaqil ta’lim soatlari 30/70 nisbatgacha bo‘lishi mumkin.
1.19. Mustaqil ishga qo‘yilgan ballar bo‘yicha e’tirozlar bo‘lgan taqdirda, talaba belgilangan muddat tugaganidan keyin 24 (yigirma to`rt) soat (1 sutka) davomida dekanat(registrator ofis)ga elektron platforma orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda kafedra mudiri tomonidan tuzilgan appelyatsiya komissiyasi talabaning mustaqil ish natijalarini 2 (ikki) ish kuni muddatida appelyatsiyadan o‘tkazishi va elektron platforma orqali talabaga asoslangan xulosani taqdim etishi lozim.
1.20. O‘qishi ko‘chirilgan yoki tiklangan talabalar o‘zlashtirilmagan fan(modul)larni qayta o‘qish tartibida o‘zlashtiradi. Istisno tariqasida, fanning semestrdagi yuklamasi 6 (olti) kreditdan oshmaydigan akademik farqli fan(modul)lar talabaning arizasiga ko‘ra, dekan roziligi bilan 100% mustaqil ta’lim shaklida o‘zlashtirilishi mumkin.
Talabalarning mustaqil ta’limi quyidagi turlarda tashkil etilishi lozim:
- auditoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish;
- auditoriyadan tashqari vaqtda mustaqil ish topshiriqlarini bajarish;
- fan (modul) bo‘yicha mavzularni mustaqil ravishda Axborot-resurs markazlari, uy (talabalar turar joylari)da o‘qib-o‘rganish.
Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
- esse – dolzarb mavzu bo‘yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda yozma bayon qilish;
- dokladlar tayyorlash;
- kurs ishi yozish;
- konspekt yozish;
- glossariy tuzish;
- individual va guruhiy o‘quv loyihasi;
- keys-topshiriqlarini bajarish;
- mavzuli portfoliolar tuzish;
- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;
- manbalar bilan ishlash;
- infografika tuzish;
- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;
- multimediali taqdimotlar yaratish;
- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlar ishlanmalarini tayyorlash;
ta`lim yo’nalishi(mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan quyidagi
maqsadlarda foydalanish tavsiya etiladi:
1. Tarmoqdan axborot izlash – web-brauzer, ma’lumlotlar bazasidan foydalanish, axborot-qidiruv, axborot-ma’lumotnoma tizimlari, avtomatlashgan kutubxona tizimlari, elektron jurnallardan foydalanish.Axborot izlash va unga ishlov berishga doir mustaqil ishlarga quyidagilar kiradi: referatsharhlar yozish; mavzu bilan bog‘liq saytlarga taqriz yozish; ma’lum mavzu ga doir
tarmoqdagi mavjud referatlarni tahlil etish, ularni baholash; ma’ruza rejasiga doir o‘z variantini yoki uning ma’lum bir qismini yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish; amaliy mashg‘ulotlardan lavha tayyorlash; mavzuga doir doklad tayyorlash; mavzuga doir munozara o‘tkazish; professor-o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki tarmoqdan topilgan web-kvestda ishlash.
2. Tarmoqda dialogni amalga oshirish – elektron pochta, sinxron telekonferensiyalardan
foydalanish. Tarmoqda dialogni amalga oshirishni quyidagicha ko‘rinishda tashkil etish
mumkin: o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan ma’ruzalarni muhokama qilish; mutaxassis yoki talabalar bilan sinxron telekonferensiya(chat)da muloqotni amalga oshirish.
3. Tematik web-sahifa, web-kvest(topshiriq)lar yaratish – html-muharriri, web-brauzer,grafik muharrirlardan foydalanish. Tematik web-sahifa, web-kvest (topshiriq)lar yaratishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: saytda talabalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarni joylashtirish; mavzuga doir adabiyotlar ro‘yxatini chop etish; indiviudal va kichik guruhlarda ishlashga doir mavzuli web-sahifalarni yaratish; mavzu bo‘yicha ishlash uchun web-kvestlar yaratish va ularni kursga doir saytda joylashtirish.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish