Tasdiqlayman” Angren tibbiyot kolleji direktori G’. A. Tojiyev


BURUN YoN BO’SH LIQLARI ALLERGIK TUMOVI (SINUSOPATIYaLAR)



Download 4,02 Mb.
bet72/134
Sana12.06.2022
Hajmi4,02 Mb.
#657001
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   134
Bog'liq
KATTALARDA PARVARISH XUSUSIYATLARI

BURUN YoN BO’SH LIQLARI ALLERGIK TUMOVI (SINUSOPATIYaLAR) Allergik sinusolatiyalar asosan vazomotor rinopatiyalar bilan birga kechadi (rinosinusopatiya). Allergik sinusopatiyalarni ham allergik tumovda qo’llaniladigan dorilar qo’llaniladi.
D a v o l a sh : mahalliy va umumiy davolash muolajalaridan iborat. Dorilar aerozollar holida elektroforez usulida yuboriladi, ayrim allergiyaga qarshi dorilar burun yon bo’shliqlari ichiga yuboriladi. Burun yon bo’shliqlarining yiringli yalliglanishi allergik ko’rinishda (bakterial allergiya) kechsa, burun bo’shlig’idagi mikroblarning antibiotik dorilarga sezuvchanligini aniqlagan holda antibiotiklar va allergiyaga qarshi dorilar birgalikda ishlatiladi.
Allergik sinusopatiyalarning kuchaygan vaqtida kortikosteroidlar bir vaqtda burun yon bo’shliqlariga yuborish bilan birga tabletka holida ichiladi, agarda bemorning ahvoli og’irlashsa, xuruj boshlansa, parenteral yo’l bilan dorilar qabul qilinadi. Oz miqdorda seziladigan polipozli etmoiditda dikain 3% eritmasi bilan mahalliy og’riqsizlantirilgandan so’ng polipning yo’g’on joyiga yoki polipning asosiga 0,5-1 ml 2,5% li gidrogortizon atsetat suspenziyasi yuboriladi yoki polip asosiga 1 ml. 25% li magneziya sulьfat eritmasi bir haftada 2-3 marotaba yuboriladi. Bundan tashqari yon bo’shliqlar ichiga ham yuborish yaxshi natija beradi (gidrokortizon atsetat suspenziyasi, 25% - 5 mg). Yu qori j ag’ bo’shlig’i punktsiya qilinib yuvilgandan so’ng, igna bilan 0,5-1 ml gidrokortizon atsetat 1-2 ml tozalangan izotonik eritma bilan aralashtirilib yoki natriy xlor eritmasi aralashtirilib, 3-4 kun qilinadi. SH uningdek, dimedrol 1% -1,0 ml., natriy tiosulьfat 30% -5,0 bilan aralashtirilgan holda qilinadi. M ikroblar natijasida rivojlangan allergik tumovda 0,5% lizotsim eritmasi kortikosteroidlar bilan birgalikda yu qori j ag’ bo’shlig’iga yuboriladi.
BODOMCHA BEZLARI GIPERTROFIYaSI.Bodomcha bezlarini gipertrofiyasi halqum bezi gipertrofiyasiga o’xshaydi va yosh bolalarda kup uchraydi. Limfadenoid to’qimani umumiy giperplaziyasi ko’rinishida kechadi. Gipertrofiyalangan bodomcha bezlari ayrim bolalarda yalliglanish belgilarisiz uchraydi. Vaqt o’tishi bilan kattalashgan bodomcha bezlari o’z shakliga qaytadi. Biroq bu involyutsiya jarayoni ushlanib qoladi, shuning uchun ayrim katta yoshdagilarda ham kattalashgan bodomcha bezlarini ko’rish mumkin. Ko’pincha bu yoshda bodomcha bezlarini gipertrofiyasi ikkilamchi, ya’ni yalliglanishdan so’ng kattalashuvi kuzatiladi. Bunday holda bodomcha bezlari qattiq, xususiy qavatida limfoid to’qimalar kam, qo’shuvchi to’qimalar esa ko’p bo’ladi. Keyinchalik qo’shuvchi to’qima birikishib, bezlarning kichrayishiga va atrofiyasiga olib keladi. Gipertrofiyalangan bodomcha bezlari ma’lum darajada mexanik ravishda nafas olishga to’sqinlik qiladi, shuningdek, ovqat yutish, tovush hosil qilish jarayoniga ham to’sqinlik qiladi. Yosh bolalarda reflektor yo’talga sabab bo’ladi (bezsimon yo’tal), asosan tunda kuchayadi. Tekshirishlar natijalariga asosan halqum bezi va bodomcha bezlari kattalashganda bolalar turli infektsiyaga ta’sirchan bo’lib, kasallikning kechishi ogirlashadi. Ayniqsa, skarlatina, bo’g’ma kabi yuqumli kasalliklar juda ogir kechadi. Tash his: faringoskopiyaga asosan qo’yiladi. B.S.Preobrajenskiy bodomcha bezlarining kattalashuvini shartli ravishda 3 darajada bo’lgan. Oldingi tanglay yoyi qirg’og’i va kichik til o’rtasidan o’tkazilgan chiziq orasidagi masofa 3 ga bo’linadi: bezlarni 1/3 oraliqdagi kattalashuvi 1 daraja, 2/3 oraliqdagi kattalashuv II daraja, kichik tilgacha bo’lgan kattalashuv III daraja hisoblanadi. Bodomcha bezlarini oddiy shaklida f iziologik kattalashuvini, surunkali tonzillitda bodomcha bezlarini kattalashuvidan farqlash lozim. Surunkali tonzillitlarda bemor anamnezida tez-tez angina bilan ogriganligi va surunkali tonzillitga xos tomoqda f aringoskopik o’zgarishlar bo’ladi. Bundan tashqari bezlarni kattalashuvini bodomcha bezlari o’smalari - limfosarkomadan, limfogranulomatozdan va leykomikozdan farqlash zarur. O’smalar asosan bir tomonlama bo’lishi bilan biopsiya va qon tahlili natijalariga asoslanib, bu kasalliklar taqqoslanadi.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish