D a v o l a sh : bodomcha bezlarini oz miqdordagi gipertrofiyasida bezlarni shishini kamaytirish maqsadida ishqorli yoki burishtiruvchi eritmalar bilan (5 % natriy bikorbonat, tanin eritmasi 1:1000) chayqash tavsiya etiladi. Bezlarga lyugol eritmasi yoki 3-5 % lyapis surtiladi. Kerakli hollarda qo’shimcha ravishda umumiy davolash tadbirlari qo’llaniladi. Temir, mishьyak, yod, vitaminlardan iborat dorilar qo’llaniladi. SH uningdek, iqlim almashtirish ham yaxshi natija beradi. Agar bodomcha bezlari qattiq bo’lib, qo’shuvchi to’qimalar sezilarli darajada o’sgan bo’lsa, konservativ davolash foyda bermaydi. Bunday hollarda jarrohlik yo’li, qon kasalliklari bo’lsa tonzillotomiya vaqtinchalik qilinmaydi.
HALQUM NING YaLLIG’LANISH KASALLIKLARI .Burun halqumining o’tkir yallig’lanishi. O’tkir epifaringit yoki o’tkir rinofaringitni boshlanishida kasallikni halqumning pastki bo’limlari, burun va burun yondosh bo’shliqlariga tarqalishi katta ahamiyatga ega. Ba’zan halqum yu qori qismini o’tkir yalliglanishi alohida kasallik bo’lib, burun va halqumning pastki qismi shilliq qavatlariga tarqaladi. Bunga yuqori nafas yo’llarining mavsumiy katari misol bo’la oladi. Rinofaringitni etiologik faktori o’tkir rinit faktorlari bilan bir xil. Ko’pincha bu kasallik kichik yoshdagi bolalarda va o’rta yoshdagilarda uchraydi, asosan adenoid vegetatsiyasi bor bolalarda, diatezni ogir shakllarini kechirgan bolalarda kasallikka beriluvchanlik yu qori darajada. Qizamiq, skarlatina kabi o’tkir yuqumli kasalliklar o’tkir rinofaringitni keltirib chiqarish mumkin. Qo’zg’atuvchilar: kokklar, streptokokk, diploko kk va boshqalar. M orf ologik o’zgarishlar shilliq qavatining xujayra elementlari bilan infilьtratsiyasi tomirlarini kengayishi, epiteliyni deskvamatsiyasi, shilliq qavatlarni eshitish nayigacha tarqaluvchi shishidan iborat. Burun halqumda noxush sezgi, achishish, ko’rish, shilimshiq ajralmaga ba’zan qon arala shishi, shilimshiq ajralmani burun halqumdan qiyinchilik bilan ko’chishi, burundan nafas olishni qiyinlashishi kasallik belgilarini tashkil qiladi. Yallig’lanish jarayonini eshitish nayining shilliq qavatlarga tarqalishi natijasida tovush o’tkazuvchi yo’llari vazifasini buzilishi o’rta quloqda bosimni ortish sezigisi, quloqni bitib qolishi va eshitishni pasayishi bezovta qiladi. Katta yoshdagi bemorlarda tana haroratining ko’tarilishi kuzatilmaydi, yosh bolalarda esa tana harorati yu qori darajada ko’tarilib turadi. Ko’rik vaqtida burun shilliq qavati qizargan, halqumning orqa devori bo’ylab quyu q ajralma oqishi ko’rinadi. Yosh bolalarda kichik til biroz shishadi. Bo’yin va halqum orti regionar limfa tugunlari kattalashadi. Rinofaringitni asosiy bo’shliq va galvirsimon labirint kasalliklari bilan taqqoslanadi, bunday holda tashhis rentgenologik tekshirishlar natijalariga asoslanib qo’yi-ladi. O’tkir rinofaringitni kechishi 10-12 kungacha davom etadi. O’tkir rinofaringitni davolash asosan o’tkir tumovni davolagandek, ya’ni burunga kattalarga 5% li, yosh bolalarga esa 2% li protorgol eritmasi bilan 3-5 tomchidan tomiziladi, tana harorati ko’tarilganda isitma tushuruvchi dorilar, antibiotiklar buyuriladi. Bundan tashqari vitaminlar, fizioterapevtik muolajalardan kvarts, burun sohasiga UVCH kabi qo’shimcha davolar qo’llaniladi. Halqum o’rta qismining o’tkir yalliglanishi, Mezofaringit alohida ko’rinishda kam uchraydi. Ko’pincha burun halqum kasalliklaridan so’ng kelib chiqadi. Bundan tashqari birlamchi mezofaringitni keltirib chiqaruvchi sabablarga chang, kasb zararligi, spirtli ichimliklar, chekish, sovuq havoda uzoq gapirish va boshqalarni aytib o’tish mumkin. Belgilari: o’tkir faringit har xil sub’ektiv belgilar bilan boshlanadi, tomoqda quruqshash, kuchsiz og’riq, halqumda bosim sezgisi, tomoqda qichishish, yo’talish kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |