Tasdiqlayman” Angren tibbiyot kolleji direktori G’. A. Tojiyev


F a r i n g o s ko p i ya



Download 4,02 Mb.
bet74/134
Sana12.06.2022
Hajmi4,02 Mb.
#657001
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134
Bog'liq
KATTALARDA PARVARISH XUSUSIYATLARI

F a r i n g o s ko p i ya : ogiz halqum qismidagi shilliq qavatlar qizargan, shishgan, shilliq qavat joylarda shilimshiq yiringli ajralma bilan qoplangan. Halqum orqa devori nam, shilliq qavati qizargan shishgan va ba’zan qizil donachalar holida follikulalar ko’zga tashlanadi. Kichik til shilliq qavati qizargan, shishgan. Yallig’lanish jarayoni ba’zan hiqildoqqa ham tarqaladi. Bunda ovoz o’zgarib, yo’tal pay do bo’ladi. Tana harorati. normada yoki biroz yuqori. Bemorni umumiy ahvoli kam o’zgaradi. O’tkir faringitni tashxisi sub’ektiv va ob’ektiv ma’lumotlarga asoslanadi. D a v o l a sh : yumshoq suyuq iliq ovqatlar tavsiya qilinadi, tomoq iliq ishqoriy eritmalar bilan chayqaladi. Ishqorlar bilan ingalyatsiyalar, pulьverizatsiyalar qilinadi, bo’yinga yarim spirtli isituvchi bog’lov qo’yiladi. Agarda ogriq kuchli bo’lsa, og’riq qoldiruvchi dorilardan foydalaniladi. Kasallikning kelib chiqishiga sharoit tug’diruvchi omillar bartaraf qilinadi.
O’TKIR VA SURUNKALI OTITLARDA YuZ NERVINING SH IKASTLANISH I. Bolalarda yuz nervining falaji har xil sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin. Hatto bu falajlik tugma bo’lishi ham mumkin. Bunday falajlar yuz nervining hamma tarmoqlarida uchrashi mumkin. Ammo ko’p hollarda yuz nervi falaji o’tkir otit (kamdan-kam) va surunkali o’rta quloq yallig’lanishida yuzaga keladi. Agar falajlik o’tkir yalliglanishning boshlanishida paydo bo’lsa, yalliglanishning nervga ta’siri, tugilgandagi suyak nuqsoni (defekti) orqali bo’ladi. Bunday holatlarda nogora pardani keng sun’iy kesish (paratsintez) kerakligi ko’rsatilgan. A garda VII nervning falaji o’rta quloq yalliglanishining 2-3 haftasida paydo bo’lsa, bu holatda nerv kanali atrofidagi suyakning patologik o’zgarishi, yemirilishi natijasida kelib chiqadi Bunday holatlarda esa so’rgichsimon o’simta sohasida tashrixga ko’rsatma beriladi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, yuz nervining falaji kattalarga qaraganda kichik yoshdagi bolalarda ko’p uchraydi. Bunday holatlar tashrixdan so’ng (paratsentez yoki so’rgichsimon o’simtada radikal tashrix) antibiotiklar va kortikosteroidli dori-darmondan so’ng sogayish bilan tugaydi. Emizikli chaqaloqlarda yuz nervi falajining paydo bo’lishi o’rta quloqning yiringli yalliglanishini bosh miyaga asorat berishdan, ko’proq entsefalitdan darak beradi. O’rta quloqning surunkali yallig’lanishida VII - nerv falajini paydo bo’lishi suyak yemirilishining xolesteotoma yoki bosh miya asoratlarining dastlabki belgisi hisoblanadi. O’rta quloqning surunkali yallig’lanishida yuz nervi falajining boshlanishi, quloqda radikal jarrohlik o’tkazishni talab qiladi. O’rta quloqdagi radikal jarrohlikdan keyin ham yuz nervi falajini yaxshilanmasligi, bu nervni suyak nayidan ajratib yalangochlashni talab etadi (dekompressiya). Davolashda tashrixdan tashqari dori-darmon bilan davolash (antibiotiklar, kortikosteroidlar, strixnin, vitamin V1, V 12) keyinroq esa yuzni massaji qo’llaniladi. Yuz nervida o’tkaziladigan jarrohlik paytida nevroliz, ehtiyotkorlik bilan mayda chandiqlar ajratiladi va yon nevromalar olib tashlanadi yoki yuz nervining patologik o’zgargan qismi qirqib olib tashlanadi. So’ngra autonerv ko’chirib o’tkaziladi (transplantatsiya) Tim panoplastika. O’rta quloqning surunkali yallig’lanishidan so’ng hosil bo’luvchi eshitishning pasayishida (karlik) qo’llaniladigan, eshitishni yaxshilashga olib keluvchi bir qancha tashrixlar yig’indisiga, timpanoplastika nomi berilgan. Bu usul Vatanimiz hamda chet el otoxirurglari orasida keng qo’llaniladi. Otoxirurgiyani rivojlanishida hozirgi zamon apparatlari va aniq o’lchagichlariga suyangan holda quloqni tovush o’tkazuvchi va tovush qabul qiluvchi qismlarini aniq maqsadga intilgan holda o’rganish katta ahamiyatga ega. Bu o’rganish va tekshirishlar jarrohlik mikroskopi ostida 5-20 marotaba katgalashtirilgan holatda o’tkaziladi. Tovush o’tkazuvchi sistemaning yo’q qismlari (asosan eshitish suyakchalari) har xil protezlar, polietilenlar, plastmassalarning bosh qa turlari bilan almashtiriladi. Bu jarrohlik surunkali o’rta quloq yalliglanishining davolashni hamma tomonlarini: yalliglanishning tugatilishi, bosh miya asoratlaridan saqlash va eshitishni yaxshilashni qamrab oladi. Eshitishni yaxshilash maqsadida qo’llaniladigan timpanoplastika bemorda chig’anoqning funktsional rezervi saqlanganda qo’llaniladi. Bu rezerv audiogrammada havo suyak o’tkazuvchanlik bilan belgilanuvchi chiziq orasidagi farqda aniqlanadi. Surunkali otitlarning qaytalanishi, ayniqsa, labirintitlar, bosh miya asoratlanishi va septikopiemik asoratlar bo’lganda timpanoplastika jarrohligi o’tkaziladi. Tovush qabul qiluvchi tizimning o’ta yallig’lanishida, eshituv nayining o’tkazuvchanligi buzilganda, timpanoplastikaning Vulьshteyn va CHelьner usuli qo’llaniladi. Ko’rsat ma: eshituv suyakchalarini to’la saqlagan va ularning harakatini buzmagan holda nogora parda teshiladi. Bu turdagi tashrixga ko’rsatma - o’rta quloqda yalliglanish yo’q, lekin nog’ora pardaning nuqsoni bor. Timpanoplastikaning II turi: bu turdagi jarrohlik eshitishni o’tkazish tizimi sog’lomligida o’tkaziladi. Timpanoplastikaning III turi: ovoz o’tkazuvchi tizimning sandoncha va bolgacha sopi yemirilganda qo’llaniladi. Bunda nogora parda yoki uning o’rnini bosuvchi material to’gridan to’gri uzangichaning tanasiga yopishtiriladi va tovush to’lqinlari o’rtadagi sandoncha va bolg’achasiz uzangicha orqali ichki quloqqa uzatiladi. Faqat bunda uzangichaning harakat faoliyati saqlangan bo’lishi kerak. Bu turdagi tashrix sandoncha va bolgachaning yemirilishidan tashqari ular atrofini granulyatsiya va xolesteotoma o’rab olganda ham qo’llaniladi. Timpanoplastikaning IV turidagi tashrix tovush o’tkazuvchi suyakchalarning yemirilishida faqat uzangicha dumaloq darchani tovush to’lqinlaridan himoya qilishi uchun qo’llaniladi. Timpanoplastikaning V turidagi tashrix uzangicha oval darcha bilan jipslashib ketgan va ularni bir-biridan ajratish mumkin bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Tashrixdan asosiy maqsad yangi oval darcha hosil qilishdir yoki stapedektomiya. Timpanoplastikaning asoratlari: I tashrix o’tkazilayotgan vaqtida ro’y berishi mumkin bo’lgan asoratlar: yuz nervining shikastlanishi, uzangichani bexosdan olib tashlash, vestibulyar apparatni ta’sirlanishi. II tashrixdan so’nggi davrdagi asoratlar (jarrohlikdan so’nggi birinchi va ikkinchi hafta) yuz nervining atrofi va shu nerv ezilishi natijasida shikastlanishi, jarrohlikdan so’nggi infektsiya natijasida labirintit belgilari paydo bo’ladi.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish