O l d i n gi r i n o s k o p i ya d a bemorni boshi 3 xil holatda bo’lishi kerak: 1-bosh to’gri ushlanadi, 2-bosh orqaga qayrilgan, 3- bosh orqaga qayrilib, biroz tashqariga tomon egiladi. Birinchi holat pastki burun yo’li va pastki burun chig’anog’ini tekshirishra, ikkinchisi o’rta burun yo’li va ba’zida yu qori burun chig’anog’i, uchinchi holat - burun bo’shliqlari, burunga ochilgan qismi, o’rta burun yo’lini tekshirishga imkon beradi. Burun shilliq qavati normada chaqaloqlarda va yosh bolalarda yaltiroq, pushti yuzasi tekis bo’ladi, gipertrofik o’zgarishlar va notekisliklar bo’lishi mumkin emas, burun yo’llari o’ta keng, lekin halqumni yu qori devori ko’rinadigan darajada emas, allergik rinitlarga xos bo’lgan och ko’k rangli shilliq qavat bo’lmasligiga e’tibor berish kerak, o’ta emotsional sezish qobiliyatiga ega bo’lgan bolalarda tomirli reaktsiyalar bilan kuzatilganligi sababli, burun chiganoqlarining reflektorli qisqarishi asosan g’orsimon tana hajmi kichrayganligi tufayli pastki chig’anoqlar qisqaradi, bu refleksga javoban burun yo’llari kengayadi - burunni o’tkazuvchanligi buziladi, bunda kasalni shikoyati, kasallik tarixi tekshirish natijasi to’g’ri kelmaganda ko’p marotaba qayta tekshirib ko’riladi. Orqangi rinoskopiya (rinoscopia posterior) - oldingi rinoskopiyaga qo’shimcha bo’lib, kichik oyna orqali tekshiriladi, orqangi rinoskopiya yosh bolalarda ularning tinch turmasligi tufayli ancha qiyinchilik tug’diradi. Orqangi rinoskopiyada xoana, dimog’ suyagi, burun yo’llari (tepa, o’rta, pastki) burun chig’anoqlarining orqangi qismlari burun halqum gumbazi, uchinchi burun halqum bezi, halqum yon devori, eshituv nayining halqum teshigi, tubar aylanasi, tubar bezlari ko’rinadi. Ta’sirchan bolalarda 5% dikain eritmasi bilan halqum shilliq qavati ogriqsizlantiriladi, kattalarda esa og’riqsizlantirish kam ishlatilib, faqat qayt qilish refleksi kuch l i bo’lgan bemorlardagina ishlatiladi. Burunni funktsional holatini tekshirish ko’p hollarda davolash turini aniqlashda katta ahamiyatga ega, burunni havo o’tkazuvchanligi barmoq bilan burun teshiklari navbat bilan berkitilib tekshiriladi. Eng oddiy usul V.I.Voyachek usul idi r. Burunning normal o’tkazuvchanligida burun teshigi oldiga qo’yilgan ip tolasi harakati aniq, ravon bo’ladi, burunni bitishida yoki burun bo’shlig’ini kengayishida ip kuchsiz yoki tez harakatda bo’ladi. Undan tashqari burun halqumni ko’rsatkich barmoq yordamida tekshirish usuli qo’llaniladi. Yon bo’shliqlarni tekshirishda ba’zan yonbosh holda olingan suratlardan foydalaniladi: bunday suratlar peshona va g’alvirsimon bo’shliqlar holatini aniqlab beradi. Yonbosh suratni olish uchun tekshiriluvchining boshi kassetaga shunday joylashtiriladiki, bunda uning saggital yuzasi kassetaga paralell joylashadi. Markaziy nur frontal yo’nalishda biroz oldinga yo’naltiriladi (barmoq kengligida) bu bitemporal surat deyilib, asosan peshona va g’alvirsimon bo’shliqlarning holatini aniqlashda qo’llaniladi. Burun yon bo’shliqlari rentgenografiyasi bo’shliqni holati haqida aniq tasavvur beradi. Kasallangan bo’shliqlar sog’ bo’shliqlar bilan solishtirilganda o’zining aniq chegarasi bilan ajralib turadi. Bo’shliqning konturlarini diqqat bilan tekshirish frontitlar tashhisida katta yordam beradi. Yiring turli kasallangan bo’shliqdan burun bo’shlig’iga qarab oqadi va bo’shliqlarda qisman havo ushlanib, tor yoriqsimon joylarda, oldingi va orqangi devorlarni birlashgan joylarida yiringli ajralmalar yig’ilib qoladi. Bunday bo’shliqlar konturlari surtilganga o’xshab, dog ko’rinishida sog’ tomondan f arq qiladi. Yot jismlarda, o’q bilan yaralanganda uch xil proektsiyalarda rentgenogramma qilinadi: ensa-peshona, engak vertikal, bitemporal. Bunday 3 o’zaro perpendikulyar tomonlardan qilingan surat yot jismning joylashuvini aniqlaydi. Ayrim hollarda maqsadga muvofiq burun va burun yon bo’shliqlarini g’alvirsimon suyak va ponasimon bo’shliqning suratini olishda Fastovskiy usuli bo’yicha rentgenologik tekshiruv o’tkaziladi. Burun bo’shliqlarini funktsiyasidan yoki zond orqali bo’shliq tozalangandan so’ng tabiiy teshiklar orqali rentgenkontrast moddalar kiritilib tomograf ik tekshirishlar qilinadi. Bunday tekshirish usullaridan tashqari hozirgi vaqtda rinof ibroskopiya, ulьtratovushli biolokatsiya, rentgenokompьyuterli tomografiya, yadro-magnitli rezonans, mikrorinoskopiya keng qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |