“TASDIQLAYMAN”
14-sonli ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilagan maktab-internati direktori
_______________N.Xaydarova
“___”__________2021 yil
Qumqo`rg`on tumani 14-sonli ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilagan maktab-internatida “Maktab-internati xotin-qizlar qo’mitasi faoliyati”ni tashkil qilish yuzasidan yig’ilish
BAYONNOMASI
“08” sentabr 2021 yil “Do`stlik” MFY
Yig’ilish raisi:
|
|
N.Xaydarova
|
Kotib:
|
|
Z.Gadaymuradov
|
Qatnashdilar:
|
|
O`TIBDO`, maktab ruxshunosi, “Do`stlik” mahallasi a`zolari yoshlar yetakchisi, barcha pedagog xodimlar.
|
|
|
|
KUN TARTIBI
Maktab-internatida “Maktab-internati xotin-qizlar qo’mitasi faoliyati”ni tashkil qilish, chora-tadbirlari dasturi, ishchi guruhi tarkibini tasdiqlansin.
ESHITILDI:
Yig’ilishni maktab-internati direktori N.Xaydarova ochib, bugungi yig’ilishni mazmun mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so`ng MMIBDO` Z.Gadaymuradov Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini tashkil etadigan ayollar ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilayotganligini, Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini, Biroq ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi to`g`risida to`xtalib o`tdi.
Shundan so`ng, so`zga maktab-internati direktori N.Xaydarova chiqib, maktab-internati xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimiga nomzodlar A.Safarova, T.Kazanseva, S.Normurodova, D.To`rayevalarni tavsiya qildi.
Yig`ilish qatnashchilari ovoz berish yo`li bilan bir ovozda ovoz berish yo`li bilan maktab-internati xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimiga S.Normurodovani, uning yordamchilari lavozimiga A.Safarova, D.To`rayevalarni sayladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, yig’ilish
QAROR QILADI
Yuqorida o`qib eshittirilgan ma’ruzalardagi masalalar raxbarlik va ijro uchun qabul qilinsin;
Maktab-internati xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimiga S.Normurodova tayinlansin. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish MMIBDO` Z.Gadaymuradov zimmasiga yuklatilsin.
Maktab-internatida “Maktab xotin-qizlar qo’mitasini tashkil etish to’g’rsida”gi chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga, ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu qaror ijorosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: N.Xaydarova
Kotib: Z.Gadaymuradov
Do'stlaringiz bilan baham: |