Mavzu:
Yuzni soqol va mo'ylov yordamida korresiya qilish
Reja:
1.Soqol olish texnologiyasi
2.Mo’ylovning turlari
Soqol olishning ikki xil usuli mavjud – quruq va nam.
Birinchisi, elektr soqol olish uskunasi yordamida soqol olish hisoblanadi. Bu usul
odatiy ustara bilan soqol olishdan ko‘ra oddiyroq va xavfsiz bo‘lib, nisbatan kam vaqt
oladi ham. Biroq bunday vositalarni sotib olishda e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
Chunki ba’zi soqollarni ustaralari aylanasiga harakatlanuvchi elektr ustaralar oson va
yaxshi tozalasa, ba’zilarini tishlari to‘g‘ri harakat qiluvchi britvalar tozalay oladi.
Nam usulda soqol olish esa yuz terisini top-toza qilib qirtishlashga yordam beradi. Bu
ayniqsa moyli va har xil toshma, chandiq yoki yara izlari ko‘p bo‘lgan terilar uchun
qo‘l keladi. Bunda ustara har doim o‘tkir bo‘lishi kerak. Shu bois ularni o‘z vaqtida
almashtirib turing.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, soqol olish terini kuchli ta’sirlantirmasligi kerak.
Buning uchun ko‘pgina zamonaviy kosmetik vositalardan foydalanish mumkin.
Masalan, soqol olish uchun mo‘ljallangan krem, ko‘pik va gellar.
Krem soqol tuklari follikulalarini yumshatadi va soqol olish vaqtida terining nam
bo‘lib turishini ta’minlaydi. Agarda teri ta’sirchan bo‘lsa, geldan foydalangan
ma’qulroq. Yog‘li yuz terilari uchun esa maxsus ko‘piklar qo‘l keladi.
Agarda elektr ustara bilan soqol olsangiz, kosmetik vositalarning moy yoki spirt
asosida tayyorlangan bo‘lishiga e’tibor qarating. Yaxshisi, soqol olishdan avval issiq
kompress qilgan ma’qul. Buning uchun salfetka yoki sochiq ikki buklanadi va issiq
suvga botirilib, yengilgina siqiladi. Shundan so‘ng yuzga 2-3 daqiqa bosib
turiladi.Kosmetologlar ta’sirchan yuzlarga moychechak (romashka), kalendula yoki
yalpiz o‘tlari damlamasidan foydalanishni tavsiya etishadi.
Har kuni soqol olish qanchalik og‘ir tuyulsada, uning foydali jihatlari ham yo‘q emas.
Avvalo kun davomida soch-soqol tartibga olib yurilsa, kayfiyatga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi, qolaversa, atrofdagilarning sizga bo‘lgan munosabati ham yaxshi tomonga
o‘zgaradi. Shu bilan birga, ushbu mashg‘ulot yuzga ajin tushishidan himoyalaydi.
Soqol olinayotganda yuz terisi o‘lik teri hujayralaridan xalos bo‘ladi.
Soqol olish massaj yo‘nalishi bo‘ylab amalga oshirilishi kerak: iyakdan quloq
solinchagiga, bo‘yindan yuqoriga — iyak va yanoqlarga. Biroq bunda oddiy qoidani
yodda tuting: soqol tuklar o‘sgan tomon bo‘ylab olinishi kerak. Iyak va og‘iz
atrofidagi tuklar qattiq bo‘lgani sababli soqol olishga mo‘ljallangan vositalar teriga
ozroq shimilishi uchun bu yer ular oxirida olinishi maqsadga muvofiq.
Agarda yuzda husnbuzarlar bo‘lsa, terining bu qismi shikastlanmasligiga diqqat
qiling. Aks holda yuz terisi jarohat olishi, bu yer turli infeksiyalardan zararlanishi
mumkin. Shuningdek, ustarani biror spirt asosli vosita bilan zararsizlantirib turish
ham foydadan holi bo‘lmaydi.
Soqol olish uchun kosmetik vositalar tanlashda imkon qadar kam spirtli, turli hid
taratuvchi moddalarsizini tanlagan ma’qul. Soqol olib bo‘lgandan so‘ng E vitamini,
moychechak, aloye, yalpiz ekstraktlari mavjud kremdan yuzga yupqa qilib surtish
mumkin. Ular terining achishishi, ta’sirchanligini kamaytiradi, behosdan kesib
olingan joylar bo‘lsa, qon oqishini to‘xtatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: