“tasdiqlayman ” Bulung’r tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori n mamadiyarova



Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/61
Sana17.01.2022
Hajmi3,78 Mb.
#383283
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Erkaklar va ayollar sartaroshi

 

 


10-Mavzu:Sochni bo’yashdagi qoidalar 

Reja: 

1.Sochni bo'yashdagi qoidalar 

2.Sochni oziqlantirish. 

Ruhshunoslar  fikricha,  ayol  kishining  soch  rangini  o`zgartirishi  yangilikka  intilish  ifodasi 

ekan.  Chindan  ham,  bo`yoq  soch  tolalarimizni  zararlashiga  qaramay,  u  tashqi 

ko`rinishimizga maftunkorlik baxsh etadi. Bilamizki, sochni uy sharoitida mustaqil bo`yash 

mumkin. Ammo sartarosh yordamisiz bu borada bir qancha kamchiliklarga yo`l qo`yishimiz 

ham  bor  gap.  Shu  bois  bugun  sizga 

Stilist  Sanobar  QUDRATOVA  tavsiyalari 

asosida 

sochni to`g`ri bo`yash qoidalarini o`rgatmoqchimiz.

 

1.  Tayyorgarlikni  bir  oy  avvaldan  boshlash  lozim.  Sochni  bo`yagunimizga  qadar 



oziqlantiruvchi niqoblar bilan  vitaminlarga to`yintirsangiz u kamroq zarar ko`radi. 

2.  Bo`yoqni  to`g`ri  tanlash  darkor.  Ko`pchilik  bo`yoq  qadog`idagi  suratga  tayanadi.  Shu 

rangga bo`yasam, mening ham sochim xuddi shunday bo`ladi, degan fikrga borish noto`g`ri. 

Yaxshisi, sochingizning asl rangini hisobga oling. Masalan, tim qora sochlar boshqa rangni 

o`zlashtira  olmaydi.  Ularni  ochartirish  uchun  avval  tabiiy  rangni  “yuvish”  (“kuydirish”) 

kerak. Keyin esa bo`yoqda istalgan rangni berish mumkin. 

3.  Nam  sochni  bo`yash  oson,  ammo  samarasiz.  Rang  yaxshi   chiqishi  uchun  bo`yashdan 

avval sochni obdon quriting. 

4.  Cochni  qismlarga  bo`lib  bo`yasangiz,  rang  bir  xil  bo`ladi.  Bo`yoqni  ildizlardan  boshlab 

surtish kerak. 

5.  Bo`yashda  sochlar  toza  emas,  kirlangan  bo`lishi  kerak,  degan  gapga  tayanib,  ba`zi 

go`zallik  saloni  mutaxassislari  bo`yashdan  bir  necha  kun  avval  sochni  shampun  bilan 

yuvmaslikni maslahat berishadi. Ammo bu noto`g`ri! Shunchaki bir-ikki kun avval yuvilgan 

sochga  bo`yoq  surtilsa,  bosh  terisini  qoplab  olgan  yog`lar  tufayli  soch  ildizi  kamroq  zarar 

ko`radi.   

6. Sochni bo`yagach, oradan ikki-uch kun o`tmay turib,  yuvmaslik kerakligi haqiqat. Nega 

deganda, rang soch tolalariga singib olishi uchun imkon berish kerak. 

7.  Bo`yoqni  yuvib  tashlashda  suvning  iliqligiga  ahamiyat  berish  kerak.  Issiq  suv  soch 

rangini xiralashtiradi, shuningdek, bosh terisini zararlaydi. 

8.  Sochni  yuvgach,  oynaga  qaraganingizda  rang  istaganingizdan  to`qroq  ko`rinishi  tabiiy. 

Bunga  namlik  sabab  bo`lishi  mumkin.  Quritib  ko`ring.  Hamon  ko`nglingiz  to`lmayotgan 

bo`lsa, tezda shampun va kondisioner bilan sochni yuving. 

9.  Sochingizning  yangi  rangi  yoqmayotgan  bo`lsa,  darhol  boshqa  bo`yoq  bilan  tajriba 

o`tkazishga tushmang. Aks holda bosh terisiga qattiq zarar etadi. Hech bo`lmasa, ikki hafta 

sabr qilib, bu vaqt ichida sochingizni oziqlantirish bilan shug`ullaning. 



10. Istalgan rang uzoq saqlanishi uchun doimiy ravishda bo`yalgan sochlarga mo`ljallangan 

maxsus shampun, balzam va kondisionerlardan foydalangan ma`qul. 

11.  Bo`yoqdan  yuvilgan  sochlarni  fen  bilan  emas,  tabiiy  quritishga  harakat  qiling.  Fen 

bo`yoq bergan elastiklik va yaltiroq jiloga putur etkazadi. Shuningdek, bo`yalgan sochlarni 

doimo fenda quritib yurish ham rangning tez o`zgarishiga olib keladi. 

12.  Yangi  nomdagi  bo`yoqni  ishlatishdan  avval  uni  bosh  terisining  kichik  bir  qismida 

qo`llab ko`rib, allergik reaksiyalarga ta`sirchanlikni tekshirish kerak. 

13. Soch rangi to`q bo`lishi uchun bo`yoqni instruksiyada ko`rsatilgan muddatdan uzoq vaqt 

ushlab turish foydasiz bo`libgina qolmay, bosh terisi uchun koni zarar hamdir. 

14. Sochlaringiz uzun bo`lsa, hech ikkilanmay, bo`yoqdan 2 ta xarid qiling. Uni ko`paytirish 

uchun shampun yoki boshqa suyuqlik qo`shish mumkin emas. 

15.  Bo`yalgan  soch  parvarishga  muhtoj  bo`lib  qoladi.  Sochingiz  rangini  o`zgartirish 

barobarida  uning  mustahkamligi  va  sog`lomligini  saqlab  qolish  niyatida  bo`lsangiz,  endi 

tabiiy  mahsulotlardan  tez-tez  niqob  tayyorlab  turing.  Masalan,  tuxum,  asal,  limon,  qatiq, 

bodom yog`i qo`shib tayyorlangan niqob bo`yalgan soch uchun juda foydalidir.  

 

Mustaxkamlash uchun savollar 



 

1.Sochlarni bo’yashdan oldin qanday vositalardan foydalaniladi 

2.soch bo’yashda ishlatiladigan asbob  nomini ayting 

3.Oqargan sochlarni qanday bo’yash mumkin 

 

 

 



 

 

 



 

Download 3,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish