«T A S D I Q L A Y M A N»
Termiz shahar hokimi
1-sektor rahbari
I.B.Xudoyberdiev
«____»_______2022 yil
Surxondaryo viloyati Termiz shahar «Tuproqqo’rg’on» mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan yig‘ilishning
_____-sonli bayoni
“ ”_________ 2022 yil Termiz shahar
Raislik qiluvchi:
|
1-sektor rahbari, Termiz shahar hokimi I.B.Xudoyberdiev
|
Qatnashdilar:
|
1-sektor kotibi O.Jumaev, Termiz shahar hokimi o‘rinbosari Z.Mengliev, profilaktika inspektori leytenant I.Bozorov, Termiz shaxar hokimining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Pardaev, Termiz shahar «Tuproqqo’rg’on» MFY raisi B.To’raev, 30 nafar maxalla fuqarolari.
|
K U N T A R T I B I:
|
Termiz shaxar « Tuproqqo’rg’on » mahallasida 2022 yil «26» aprel kuni JKning 168-moddasi 3-qismi “б” банди bilan qo‘zg‘atilgan 224011-2022-105 sonli jinoyatining sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarning muhokamasi.
|
Sektor rahbari axboroti: Yig‘ilishni Termiz shahar hokimi I.B.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan to‘xtalib, 2022 йил 26 апрел куни шаҳар ИИБ ТБдан тушган ҳужжатларга кўра, шаҳарнинг “Гулистон” маҳалласи Миришкор кўчаси 31-уйда яшовчи, ёлланма ишчи, муқаддам 22.02.2022 йил ЖИБ Денов тумани судининг 168-м. 3-қ. “б” банди билан 3 йил 6 ой озодликдан чеклаш жазоси тайинланган, 2000 й.т. Турсунқулов Умид ўзига тегишли ижобий хулоса чиқармасдан, Термиз тумани “Гулбахор” маҳалласи Ибн-Сино кўчаси 16-уйда яшовчи, уй бекаси, 1994 й.т. Худойназарова Озоданинг аризаси юзасидан, 16 апрел куни соат 14.00 да, шаҳарнинг “Тупроққўрғон” маҳалласида жойлашган “Умид” меҳмонхона яқинида ўтказилган тадбир давомида, У.Турсунқулов аризачи О.Худойназаровага танишлари орқали 18 фоизли кредит чиқариб бериш эвазига жами 2.350.000 сўм кимёвий ишлов берилган пулларни фирибгарлик йўли билан олган вақтида ушланган. 2022 йил 26 апрел куни У.Турсунқуловга нисбатан ЎзР ЖКнинг 168-м. 3-қ. “б” банди билан 224011-2022-105-сонли жиноят иши қўзғатилган jinoyat ishi bo‘yicha sodir etilgan jinoyatning sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘rganish muhokamasida.
2022 yil «26» aprel kuni fuqaro Umid Tursunqulovga nisbatan Jkning 168-moddasi 3-qismi “б” банди bilan qo‘zg‘atilgan 224011-2022-105 -sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilayotganligi haqida yetkazildi.
Shuningdek, 1-sektorga qarashli bo‘lgan 9 ta mahallalar bo‘lib, ushbu mahallalarda barcha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kunlik targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borilayotganligini, hozirgi kunda barcha keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar olib borilayotganligini, mahalla faollari bilan hamkorlikda doimiy jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularning ro‘yxatlarini shakllantirish, javobgarlik oqibati, yuzaga kelgan jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, davlat organlari, korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, har hafta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan mehnat yarmarkalari o‘tkazish choralarini ko‘rish, mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirilgan shaxslarni haqiqatda ishlayotganligini, mehnat sharoitlari yaratilganligini va ishga kirishib ketganligini o‘rganib borish, ularning huquqiy muammolari hal etilishiga ko‘maklashishni, «Yoshlar tarbiyasiga salbiy tasir ko‘rsatayotgan oilalar» ning xonadoniga shaxsan borib, har birining ro‘yxatini tuzish, ularni barqaror oilaga aylantirish, notinch oilalar qatoriga kirib qolishini oldini olish, ularning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda ijtimoiy yordam ko‘rsatish va kelishmovchiliklarning oldini olish kabi profilaktik tadbirlarning manzilli o‘tkazish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar bo‘yicha uqtirib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |