75
tanlaganimizning tom ma’nosi, tub sababi bizga ayon bo‘lmaydi.
Anglanmagan
xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha
“attitud”
) deb ataladi.
Motivlar va xulq-atvor oʻrtasidagi bogʻliqlikning bir yaqqol dalili
talabalarning ta’lim olishlaridagi turlicha yondashuvlarni tadqiq qilish orqali
koʻriladi. Hozirgi kunga kelib oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan
izlanishlarning koʻp qismi inventar oʻrganish yondashuvlarini qoʻllashga tegishli
boʻlib qolmoqda (Entwistle va Ramsden, 1983).
Ushbu izlanishning asosiy jihati ta’limda chuqur va yuzaki yondashuv
oʻrtasidagi farq bilan bogʻliq boʻlgan. Chuqur ilm olish yondashuvi oʻqish
materiallarini nazariy jihatdan tushunish hamda mavjud bilim bilan solishtirish
mulohazasini yuritadi. Yuzaki yondashuvda esa, olingan bilim va malakani boshqa
konteksda qoʻllash orqali materiallarni davomli tarzda oʻrganishni kasb etadi. Har
bir mazkur yondashub motivatisiya turkumlari bilan bogʻlangan, ya’ni chuqur ilm
olish ichki motivatisyaga hamda yuzaki yondashuv tashqi motivatisyaga
yaqinlashtirib olinadi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu bogʻliqliklar omilli tahlillarni amalga
oshirish orqali bir necha kuzatuvlar natijasida shakllantirilgan. Motivatsiyaning
aniq turkumi va ta’lim olishning aniq yondashuvlari oʻrtasidagi bogʻliqliklar
talabalar savolnomasi natijalari yordamida ifodalab berilgan. Keyingi izlanishga
koʻra asosiy omillar ma’lum ma’noda sogʻlomroq natijalarni aks ettirgan. Shunday
boʻlishiga qaramasdan, motivlar va strategiyalar oʻrtasidagi bogʻliqliklar birinchi
qarashdagi kabi mukammal boʻlmasligi ham mumkin. Pintrich va Garcialarning
(1991) izlanishlari natijalariga binoan, ichki motivatsiyaga ega talabalar
materiallarni konseptual anglash holatini rivojlantirish strategiyalarini koʻproq
qoʻllaganlar. Aslida esa bu kabi talabalarning takroriy strategiyalarni koʻproq
qoʻllashlari bashorat qilingan edi.
49
30-rasm
Insonning jamiyatdagi faolligi haqida gap ketganda,
uning qandaydir shaxsiy tashabbusi tufayli tashqi
muhitga, o‘zga shaxslarga va o‘ziga o‘zi ta’sir eta
olishi tushuniladi, va bu xolatlar
barchasining
asosida unga turtki beruvchi qandaydir kuchlar,
omillar, xulq motivlari, dunyoqarash, qadriyatlar
tizimi va temperament yotadi.
SHunga ko‘ra inson faolligi turlicha bo‘lishi mumkin: masalan, ijtimoiy
ahamiyatli, progressiv,
yoki aksincha, zararli, o‘zgalarga moddiy va ma’naviy
jihatdan yomon ta’sir ko‘rsatuvchi. Aksariyat xolatlarda bu o‘rinda gap motivatsiya
to‘g‘risida ketadi.
Har qanday xatti-harakat yoki xulq-atvorning asosini bir emas, bir nechta
motivlar tashkil etadi. SHu bois ham shaxs xulq-atvorining sabablarini ko‘plab
49
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 115,116.
76
motivlar hosil qiladi (polimotivlashgan), deb hisoblanadi.
Turli motivlar sabab
bo‘lgan harakatlarda ham ijobiy, ham salbiy qirralarning mavjudligi ayni shu xolat
bilan tushuntiriladi.
Motiv muayyan faoliyat va harakatlarga nisbatan insondagi yo‘nalish bo‘lib,
uning asosida asosan
Do'stlaringiz bilan baham: